Xamdamov Shaxzod Ilxom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qashqadaryo viloyati qishloq joylarida kambag‘allikni qisqartirish yo‘llari”, 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot”(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1729
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nazarova Fotima Hakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, DSc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Valiev Bobur Botirovich, fan doktori (DSc), professor; G‘ofurov Bunyod Baxtiyarovich, falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatida aholi turmush darajasini monitoring qilish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
viloyat tumanlaridagi kam ta’minlangan oilalarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga asbob-uskunalar va xomashyo xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni qoplashlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish zarurati asoslangan;
viloyatda kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan Dehqonobod tumanida bodomzorlar barpo qilish, kaliy zavodi shoxobchalarini tashkil qilish, Ko‘kdala tumanida chorvachilikni (echkichilik) va uning mahsulotlarini qayta ishlash asosida junni tayyorlash sexini qurish, Chiroqchi tumanida ipak etishtirish va undan shoyi matolar ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish orqali hududiy bandlikni rag‘batlantirish natijasida kambag‘allikni qisqartirish taklif etilgan;
Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘, Qamashi tumanlariga turizm salohiyatidan samarali foydalanish va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 50 mln. dollar kredit mablag‘lari 5 foiz imtiyozli stavkada ajratish orqali sayyohlik qishloqlari, uy-lagerlar, oilaviy mehmon uylari tashkil etish asosida kambag‘al oilalarda qo‘shimcha daromad olish imkoniyati yaratilishi asoslangan;
viloyat va tumanlarining o‘ziga xos salohiyatini inobatga olgan holda, 2030 yilgacha kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Viloyat qishloq joylarida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha berilgan takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
qishloq hududlari va daromadlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash, dehqon xo‘jaligi (tomorqa), ijtimoiy xizmatlar mezonlari asosida hisoblangan kambag‘allik darajasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2022 yil, 20 aprel` 201-son) Qarorning 1-ilovasini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorning (2023 yil 14 dekabr` 389-son), 1-ilovasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 23 sentyabr` 01/00-03/26-9160-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash tumanlardagi kambag‘allik darajasini ob’ektiv baholash va uni asoslangan mezonlar asosida qisqartirish imkonini beradi;
qishloq tumanlarida kichik sanoat korxonalarini ustuvor rivojlantirish asosida kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisordiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risi da”gi (2023 yil 14 dekabr`, 389-son) Qarorni 1-ilovasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 13 sentyabr` 01/00-03/26-9160-son ma’lumotnomasi).
Mazkur taklif viloyat qishloq joylarida kichik sanoat korxonalarini mavjud salohiyat va imkoniyatlar asosida tashkil qilish orqali kambag‘al oilalarning bandligini ta’minlash va daromadlarini ko‘paytirishga olib keladi;
Viloyatning kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan Ko‘kdala, Dehqonobod va Chiroqchi tumanlarini kompleks rivojlantirish asosida xalq farovonligini oshirishga qaratilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2024 yillarda Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (2022 yil 3 noyabr`, 640-son) qarorining 1 va 2 ilovalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 13 sentyabr` 01/00-03/26-9160-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalga amaliyotda qo‘llash kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan tumanlarda, mahalliy salohiyatdan samarali foydalangan holda kambag‘al oilalar sonini keskin qisqartirish uchun turtki vazifasini bajaradi;
Viloyat va uning qishloq tumanlarida 2030 yilgacha kambag‘allikni qisqartirishning maqsadli prognoz parametrlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2022 yil, 20 aprel`, 201-son) qarorining 1-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 13 sentyabr` 01/00-03/26-9160-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan kambag‘allikni qisqartirishni maqsadli parametrlariga erishishni ta’minlash viloyat va tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish joylarini tashkil etish, oilalar daromadlarini oshirishga olib keladi.