Tuxtaxo‘jaev Xanjarbek Boxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalar ta’limini individuallashtirish (jismoniy tarbiya misolida)”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped169.
Ilmiy rahbarlar: Sharipova Dilara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Musaev Baxrom Baxtiyorovichpedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017 Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Xankel`diev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardonov Shukur Qo‘ldashevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalar ta’limini individuallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy madaniyat jarayonida ta’limni individuallashtirish asosida pedagogika oliy ta’lim muassasalari o‘quv faoliyatida talabalarda jismoniy harakat faolligiga oid motivatsiyasi rivojlantirilgan;
bo‘lajak jismoniy madaniyat mutaxassislarini shaxsiy, umumiy madaniyat va maxsus kompetentliligi xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi, funksional holatining individual ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi aniqlangan;
jismoniy madaniyat mutaxassislarining kasbiy kompetentligini (ishchanlik, harakatchanlik o‘z-o‘zini anglash, bilim, tajriba, xabardorlik qobiliyatlari) shakllantirishda individuallashtirish yondashuv ta’limi asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatida sog‘lomlashtirish ta’limini individuallashtirish modeli (jismoniy sifatlar, mustaqillilik ko‘nikmasi va psixofiziologik, salomatlik holati hamda ishchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish) takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalar ta’limini individual-lashtirish (jismoniy tarbiya misolida) yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Andijon davlat universiteti “Jismoniy madaniyat” fakul`teti talabalarining jismoniy harakat faolligiga oid motivatsiyasini rivojlantirishda individual yondashuv ta’limi joriy etilgan (OO‘MTVning 2017 yil 15 noyabrdagi 89-03-2799-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak jismoniy madaniyat mutaxassislarining sportga oid motivatsiyasi 13,2%ga, jismoniy takomillashuvi motivatsiyasi 15,5%ga rivojlanishiga xizmat qilgan;
Toshkent davlat pedagogika universiteti “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” fakul`teti jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalarining jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini, funksional holatining individual ko‘rsatkich-larining o‘zgarishini aniqlashda individuallashtirish ta’limi tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017 yil 1 noyabrdagi 01-07-06-3185-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim oluvchilar ta’limini individuallashtirish 16,3% ga va shaxsning shakllantirish asoslari 14,4% ga hamda bilim olishga jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mashg‘ulotlar jarayoni 17,2% ga takomillashtirilgan;
Jizzax davlat pedagogika instituti “Jismoniy madaniyat” fakul`teti talabalarining kasbiy kompetentligini (ishchanlik, harakatchanlik o‘z-o‘zini anglash, bilim, tajriba, xabardorlik qobiliyatlari) shakllantirishda individuallashtirish ta’limi joriy etilgan (OO‘MTVning 2017 yil 15 noyabrdagi 89-03-2799-son ma’lumotnomasi). Natijada individual ta’lim jarayonini samaradorligini 9,6% ga, talabalarninig qiziqishini 8,4% ga, jismoniy tarbiyaga moyilliklarini 7,2% ga, jismoniy rivojlanishini 7,6% ga va jismoniy tayyorgarliklarini 20,2%ga hamda jismoniy qobiliyatlarini mustaqil rivojlantirishni 16,8% ga oshirishga imkon ergan;
Farg‘ona davlat universiteti “Jismoniy madaniyat” fakul`teti talabalarining jismoniy sifatlar, mustaqillilik ko‘nikmasi va jismoniy, psixofiziologik, salomatlik holatlari hamda ishchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatida sog‘lomlashtirish ta’limini individual-lashtirish modelidan foydalanilgan (OO‘MTVning 2017 yil 15 noyabrdagi 89-03-2799-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda salomatlik holati 9,6% ga, jismoniy rivojlanishi 8,6% ga, jismoniy tayyorgarlik dinamikasini oshirish 22,8% ga hamda harakat faolligi darajasini 15,2% ga ko‘tarishga xizmat qilgan.