Xamraeva Nargiza Lutfullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasasida badiiy asarni o'rganish jarayonida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5168.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent Magdieva Saodat Sagdievna 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01. 2020. Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent  Lagay Elena Aleksandrovna 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida badiiy asarni o‘rganish jarayonida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiy asarni o‘rganish jarayonida talabalar mustaqil ishini tashkil etishning didaktik imkoniyatlari pedagogik yordam jarayonida mahsuldorlikni bosqichma-bosqich shakllantirish, shuningdek, talabalar badiiy asarlar bilan ishlash davrida o‘quv motivatsiyasiga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun didaktik muhitni optimallashtirish asosida aniqlangan;
badiy asarni o‘rganish jarayonida talabalar mustaqil ishini takomillashtirish metodikasining samaradorligi ijodiy topshiriqlarni bajarish orqali talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, tashqi va ichki omillar bilan qayta aloqada bo‘lish darajasi aniqlangan;
badiy asarni o‘rganish jarayonida talabalar mustaqil ishini tashkil etish metodikasi takomillashtirildi. Mazkur metodika ta’lim jarayonining konstruktivligi hamda talabalarning LMS-platformadagi faoliyatini faollashtirish nuqtayi nazaridan mobil, kognitiv, integrativ va kommunikativ tamoyillarni transformatsiya va kollaboratsiya qilishga asoslangan;
badiy adabiyotlarni o‘rganish jarayonida talabalar mustaqil ishini tashkil etish modeli shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, zarur ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish hamda amaliy faoliyatga asoslangan holda, badiiy asarni o‘rganish davomida t’alim oluvchilar faoliyatini baholash mezonlariga muvofiq ilg‘or pedagogik texnologiyalar modellaridan foydalanish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy asarni o‘rganish jarayonida talabalarning adabiyot bo‘yicha mustaqil ishini tashkil etish metodikasi yuzasidan olingan natijalar asosida, produktiv topshiriqlar tizimi yordamida quyidagilar joriy etildi:
talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning didaktik imkoniyatlari badiiy asarni o‘rganish jarayonida pedagogik qo‘llab-quvvatlash jarayonining bosqichma-bosqich mahsuldorligini shakllantirish, shuningdek, talabalarning badiiy asarlar bilan ishlash jarayonida o‘quv motivatsiyasini o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik muhitni optimallashtirish orqali belgilandi hamda «Adabiyot o‘qitish metodikasi bo‘yicha talabalar mustaqil ishi» nomli o‘quv qo‘llanmasiga kiritilgan  (Toshkent davlat pedagogika universiteting 2025-yil 31 yanvardagi 11-05-693/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilar sifatidagi talabalar adabiyotshunoslik kompetensiyalarini egallash darajasini oshirish imkoniyatlari kengaydi;
talabalarning badiiy asarni o‘rganish jarayonida ijodiy, ta’limiy xususiyatga ega topshiriqlarni bajarish asosida, o‘qitiluvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga yo‘naltirilgan va tashqi hamda ichki omillar bilan qayta aloqa darajasi inobatga olingan holda mustaqil ishni takomillashtirish metodikasining samaradorligi aniqlandi va «Adabiyot o‘qitish metodikasi bo‘yicha talabalar mustaqil ishi» nomli o‘quv qo‘llanmasiga kiritilgan  (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 31 yanvardagi 11-05-693/04 raqamli dalolatnomasi).Natijada, talabalarning zamonaviy pedagogik texnologiyalar usullaridan foydalanish darajasini oshirish uchun sharoit yaratildi;
mustaqil ishni tashkil etish metodikasi, badiiy asarni o‘rganish jarayonida mobillilik, kognitivlik, integrativlik, kommunikativlik prinsiplarini transformatsiya va kollaboratsiya qilish asosida, ta’lim jarayonining konstruktivligi hamda talabalarning LMS-platformasi formatida faoliyatini faollashtirish nuqtayi nazaridan takomillashtirildi va «Adabiyot o‘qitish metodikasi bo‘yicha talabalar mustaqil ishi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 31 yanvardagi 11-05-693/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, talabalar mustaqil tayyorgarlik soatlarida umumiy bilim darajasi oshirildi, ular badiiy asarning mavzusi, g‘oyasi, mazmunini yaxshiroq tushuna boshladilar, matnni adabiy tahlil qilish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar usullaridan to‘g‘ri foydalanish, syujet va kompozisiyani tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlandi;
talabalar mustaqil ish modelining takomillashtirilishi badiiy adabiyotlarni o‘rganish jarayonida shaxsiy orientatsiya, zarur ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish va amaliy faoliyat asosida, ta’lim oluvchilarning faoliyatini baholash mezonlariga muvofiq, ilg‘or pedagogik texnologiyalar modellari yordamida amalga oshirilib, «Adabiyot o‘qitish metodikasi bo‘yicha talabalar mustaqil ishi nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 31 yanvardagi 11-05-693/04 raqamli dalolatnomasi).Natijada, Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarining talabalarining kommunikativ kompetensiyasi va filologik tayyorgarlik darajasi bosqichma-bosqich takomillashtirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish