Zaynabitdinova Safura Nosirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sovid-19 dan qeyingi zotiljamning cho‘zilgan kechishi bilan kasallangan bolalarni klinik va laborator aspektlari va olib borish taktikasi», 14.00.09– «Pediatriya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3155.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/07.06.2024.Tib.95.03.
Rasmiy opponentlar: Raxmanova Lola Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Aliev Axmadjon Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 dan keyingi shifoxonadan tashqari  zotiljam aniqlangan erta yoshli bolalarda kasallikning cho‘ziluvchan kechishini oldini olish maqsadida, uning klinik-anamnestik, biokimyoviy, mikrobiologik va immunologik jixatlarini inobatga olgan holda olib borish taktikasini takomillashtirishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erta yoshli bolalarda postkovid davrda shifoxonadan tashqari zotiljamning uchrash darajasi aniqlangan va uning rivojlanishida perinatal omillar (RR=1,9), og‘irlashgan premorbid fon (RR=2,7), hamroh va o‘tkazgan kasalliklari (RR=2,2) kabi ahamiyatli prognostik omillarning roli isbotlangan; 
shifoxonadan tashqari cho‘ziluvchan zotiljam asosiy qo‘zg‘atuvchilarining makrolidlar va aminoglikozidlarga rezistentligi (40,0% va 33,3% hollarda), III va IV avlod sefalosporinlar, karbopenemlar kabi antibakterial preparatlarga nisbatan esa yuqori sezuvchanligi (85,0%,  87,5% va 90,0% hollarda) aniqlangan; 
postkovid davrda shifoxonadan tashqari zotiljam aniqlangan erta yoshli bolalar ichak mikrobiotasida stafilokokklar, patogen esherixiyalarning 2 marta ko‘p, enterokokklarning 3 marta kam aniqlanishi va lakto-bifidobakteriyalarning to‘liq yo‘qolishi (3,5±0,9 va 2,0±0,3 lgKOE/g), shartli patogen mikrofloraning yuqori faolligi bilan namoyon bo‘luvchi  ichak mikrobiotasi disbalansining ko‘p uchrashi va yuqori ko‘lami isbotlangan;  
postkovid davrda shifoxonadan tashqari zotiljam aniqlangan bolalarda S-reaktiv oqsil miqdorining 12 barobar, prokal`sitoninning esa 42,8 marta  ortishi (p<0,001) bilan ifodalanuvchi yallig‘lanish biomarkerlarining diagnostik va prognostik ahamiyati, shuningdek kasallikni tashxislashda qo‘shimcha mezon sifatida IL-1â, IL-4, IL-6, IL-8, TNFá faolligining ortishi, IFNã konsentratsiyasining pasayishi kabi sitokin statusining xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir gerpetik stomatit kasalligi mavjud erta yoshdagi bolalarda zotiljamni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: erta yoshli bolalarda COVID-19 dan keyingi shifoxonadan tashqari zotiljam rivojlanishida perinatal omillar, og‘irlashgan premorbid fon, hamroh va o‘tkazgan kasalliklari kabi prognostik omillarning ahamiyati isbotlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2024 yil 30 yanvarda 6i-08/u son bilan tasdiqlangan «Bolalarda postkovid davrda shifoxonadan tashqari zotiljamning cho‘ziluvchan kechishini tashxislash va davolashning takomillashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Namangan viloyat bolalap ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazining 2024 yil 3 fevraldagi 155-son va Andijon shahar bolalar shifoxonasining 2024 yil 2 fevraldagi 98/21-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/121-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: koviddan keyingi davrda shifoxonadan tashqari zotiljam aniqlangan erta yoshdagi bolalarni davolashda kasallikning klinik xususiyatlarini, uning cho‘ziluvchan kechishi rivojlanish ehtimolini oshiruvchi xavf omillarini inobatga olish kasallikning asoratlangan shakllari ulushini kamaytirishga, shifoxonada qolish muddatlarini qisqartirishga va davolash natijalarini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: erta yoshli bolalarda COVID-19 keyingi shifoxonadan tashqari zotiljamning cho‘ziluvchan kechishi rivojlanishiga sabab bo‘luvchi perinatal xavf omillari, premorbid fon, hamda hamrox kasalliklarini baholashni qo‘llash orqali bemorlarning statsionarda bo‘lish muddati 2 kunga qisqartirildi. Buning natijasida 1 nafar bemorning statsionarda bo‘lishi 1 kunlik jami xarajatlarining o‘rtacha miqdori (dori-darmonlar, tekshiruvlar bilan birgalikda) 421540 so‘mni tashkil etgani holda 843080 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni davolash standartlariga kiritish o‘rin-kunlarni qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=110) 92738800 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: shifoxonadan tashqari cho‘ziluvchan zotiljam asosiy qo‘zg‘atuvchilarining makrolidlarga nisbatan 40,0%, aminoglikozidlarga esa 33,3% rezistentligi, III va IV avlod sefalosporinlar, karbopenemlar kabi antibakterial preparatlarga nisbatan esa mos ravishda 85,0%,  87,5% va 90,0% hollarda yuqori sezuvchanligi qayd qilinganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2024 yil 30 yanvarda 6i-08/u son bilan tasdiqlangan «Bolalarda postkovid davrda shifoxonadan tashqari zotiljamning cho‘ziluvchan kechishini tashxislash va davolashning takomillashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Namangan viloyat bolalap ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazining 2024 yil 3 fevraldagi 155-son va Andijon shahar bolalar shifoxonasining 2024 yil 2 fevraldagi 98/21-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/121-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: erta yoshdagi bolalarda koviddan keyingi shifoxonadan tashqari zotiljamning cho‘ziluvchan kechishida St. aureus, pneumonia, Klebsiella pneumoniae, Candida kabi qo‘zg‘atuvchilarini o‘z vaqtida etiologik tasdiqlash, ularning mikrobiologik xususiyatlarini inobatga olish samarali antibakterial terapiya usulini belgilashga, natijada asoratlar sonini kamaytirishga, reabilitatsiya muddatlarini qisqartirishga va bemorlarning xayot sifatini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: koviddan keyingi davrda cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljam aniqlangan bolalarda antibakterial davoni qo‘llash uchun xarajatlar kunlik 228435 so‘mni tashkil etib, 190262 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: erta yoshli bolalarda shifoxonadan tashqari zotiljamning cho‘ziluvchan kechishida to‘g‘ri tanlangan antibiotiklarni qo‘llash tufayli byudjet mablag‘laridan 16469938 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘larni esa 4458882 so‘mga iqtisod qilishga imkon bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: postkovid davrda shifoxonadan tashqari zotiljam aniqlangan erta yoshli bolalar ichak mikrobiotasida  stafilokokklar, patogen esherixiyalarning 2 marta ko‘p, enterokokklarning 3 marta kam aniqlanishi va lakto-bifidobakteriyalarning to‘liq yo‘qolishi (3,5±0,9 va 2,0±0,3 lgKOE/g), shartli patogen mikrofloraning yuqori faolligi bilan namoyon bo‘luvchi  ichak mikrobiotasi disbalansining ko‘p uchrashi va yuqori ko‘lami o‘z isbotini topganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2024 yil 30 yanvarda 6i-08/u son bilan tasdiqlangan «Bolalarda postkovid davrda shifoxonadan tashqari zotiljamning cho‘ziluvchan kechishini tashxislash va davolashning takomillashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmunida o‘z aksini topgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Namangan viloyat bolalap ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazining 2024 yil 3 fevraldagi 155-son va Andijon shahar bolalar shifoxonasining 2024 yil 2 fevraldagi 98/21-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/121-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: shifoxonadan tashqari cho‘ziluvchan kechuvchi zotiljam bilan kasallangan bolalarni davolashdan oldin va keyingi davrda ichak mikrobiotasi ko‘rsatkichlarini baholash  natijasida shaxsga yo‘naltirilgan davo choralarini qo‘llash ularni erta reabilitatsiya qilish, jismoniy va ruhiy barqarorlikni ta’minlash va kasallikning suraunkali shakliga o‘tish holatlarini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: koviddan keyingi davrda cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljam aniqlangan bolalarda ichak mikrobiotasi xususiyatlariga ko‘ra shaxsga yo‘naltirilgan aniq davolash taktikasini belgilash natijasida 147214 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: erta yoshli bolalarda shifoxonadan tashqari zotiljamning cho‘ziluvchan kechishida ichak mikrobiotasi xususiyatlaridan kelib chiqib shaxsga yo‘naltirilgan davo sxemalarini qo‘llash orqali tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=110) byudjet mablag‘larni jami 12854000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni esa 3339540 so‘mga iqtisod qilishga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: postkovid davrda shifoxonadan tashqari zotiljam aniqlangan bolalarda S-reaktiv oqsil miqdorining 12 barobar, prokal`sitoninning esa 42,8 marta  ortishi bilan ifodalanuvchi yallig‘lanish biomarkerlarining diagnostik va prognostik ahamiyati, shuningdek kasallikni tashxislashda qo‘shimcha mezon sifatida IL-1â, IL-4, IL-6, IL-8, TNFá faolligining ortishi, IFNã konsentratsiyasining pasayishi kabi sitokin statusining xususiyatlarining ochib berilganligi  Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2024 yil 30 yanvarda 6i-08/u son bilan tasdiqlangan «Bolalarda postkovid davrda shifoxonadan tashqari zotiljamning cho‘ziluvchan kechishini tashxislash va davolashning takomillashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Usháó yangilik Namangan viloyat bolalap ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazining 2024 yil 3 fevraldagi 155-son va Andijon shahar bolalar shifoxonasining 2024 yil 2 fevraldagi 98/21-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-tåõíèê kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/121-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: koviddan keyingi shifoxonadan tashqari zotiljamda yallig‘lanish biomarkerlari va sitokinlar konsentratsiyasini aniqlashning diagnostik va prongostik õóñóñèÿòëàðèíè inobatga olgan holda probiotiklardan bioterol, immunokorrektor sifatida esa defensikan preparatini  qo‘llash bolalarda asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish va tanlangan davolash usulining samaradorligini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: koviddan keyingi davrda shifoxonadan tashqari zotiljamning cho‘ziluvchan kechishini oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan shaxsga yo‘naltirilgan davolash sxemasini qo‘llash orqali erta yoshli bemor bolalarning shifoxonada davolanish muääàòè 10 kundan 8 kungacha qisqarib, shifoxonada qolish to‘lovi taxminan 66355 so‘mga kamaygan, shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqarishi xisobiga 110 nafar bemorni davolashda 14598100 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: koviddan keyingi davrda shifoxonadan tashqari  cho‘ziluvchan zotiljam bilan kasallangan erta yoshli bolalarni statsionar sharoitda davolashda ilmiy yangilikdan foydalanish 1 nafar bemor xisobiga 1 kunga 66355 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish