Tuychiev Anvar Pardabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qovuq mushak-invaziv saratonini davolashda trimodal terapiya» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib564.
Ilmiy rahbar: Boyko Elena Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Gafur-Axunov Mirza-Ali Aliyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximov Nodir Maxammatkulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiet akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mushak-invaziv qovuq saratoni trimodal terapiyaning ilmiy asoslangan protokolini ishlab chiqish va tadbiq etish orqali davolash natijalarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mushak-invaziv qovuq saratonining T2 bosqichidagi sistektomiyaga qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xolatlarda TUR va radiomodifikatorlar fonida nur terapiya qo‘llash o‘smaning chegaralanishi va davomli o‘sishini kamaytirishi hisobiga samaradorligi isbotlangan;
mushak-invaziv qovuq saratonida trimodal terapiya qo‘llanilganda qovuqning detruzor funksiyasi saqlangani hisobiga pastki peshob yo‘llar sindromi rivojlanmasligi va peshob stomasi bo‘lmasligi hisobiga xayot sifati yahshilanishi isbotlangan;
T2a mushak-invaziv bosqichida va G1 gradatsiyali qovuq saratonida trimodal terapiyani davoga yuqori sezgirligi hisobiga qo‘llanilishi samaradorligi isbotlangan;
T2N1M0 mushak-invaziv qovuq saratonda radikal xirurgik davoga qarshi bo‘lgan xolatlarda neoad’yuvant PXT o‘tkazish regionar limfa tugunlarni kichraytirishi va o‘sma hajmini kamaytirishi hisobiga davo-taktikasida trimodal terapiyani qo‘llanilishi samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/50-sonli xulosasiga muvofiq:
birinchi ilmiy yangilik: mushak-invaziv qovuq saratonining T2 bosqichidagi sistektomiyaga qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xolatlarda TUR va radiomodifikatorlar fonida nur terapiya qo‘llash o‘smaning chegaralanishi va davomli o‘sishini kamaytirishi hisobiga samaradorligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali umumiy xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 27 sentyabrdagi №76-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 27 sentyabrdagi №67-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: mushak-invaziv qovuq saratonining T2 bosqichidagi sistektomiyaga qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xolatlarda TUR va radiomodifikatorlar fonida nur terapiya qo‘llash o‘smaning chegaralanishi va davomli o‘sishini kamaytirishi hisobiga qovuq saratoni bilan og‘rigan bemorlarning reabilitatsiyasini tezlashtirishi va hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: TUR va radiomodifikatorlar fonida nur terapiya qo‘llash o‘smaning chegaralanishi va davomli o‘sishini kamaytirishi hisobiga mushak-invaziv qovuq saratonining T2 bosqichidagi sistektomiyaga qarshi ko‘rsatma bo‘lgan bemorlarning statsionarda qolishini 2 barobarga qisqartirgan, qo‘shimcha dori-darmon davolashga bo‘lgan ehtiyojni 50 foizga qisqartirishiga va 1 nafar davolangan bemor uchun umumiy xarajatlardan qariyb 17% gacha iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: mushak-invaziv qovuq saratonining T2 bosqichidagi sistektomiyaga qarshi ko‘rsatma bo‘lgan bemorlarda TUR va radiomodifikatorlar fonida nur terapiya qo‘llash o‘smaning chegaralanishi va davomli o‘sishini kamaytirishi hisobiga 1 nafar bemor hisobiga mablag‘larni 17%ga iqtisod qilish natijasida bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: mushak-invaziv qovuq saratonida trimodal terapiya qo‘llanilganda qovuqning detruzor funksiyasi saqlangani hisobiga pastki peshob yo‘llar sindromi rivojlanmasligi va peshob stomasi bo‘lmasligi hisobiga xayot sifati yahshilanishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali umumiy xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 27 sentyabrdagi №76-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 27 sentyabrdagi №67-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: mushak-invaziv qovuq saratonida trimodal terapiya qo‘llanilganda qovuqning detruzor funksiyasi saqlangani hisobiga pastki peshob yo‘llar sindromi rivojlanmasligi va peshob stomasi bo‘lmasligi hisobiga xayot sifati yaxshilanishi o‘z navbatida tibbiy reabilitatsiya ko‘rsatkichlari oshirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: qovuqning detruzor funksiyasi saqlangani hisobiga pastki peshob yo‘llar sindromi rivojlanmasligi va peshob stomasi bo‘lmasligi hisobiga mushak-invaziv qovuq saratonida trimodal terapiya qo‘llanilganda bemorlarning xayot sifati yaxshilanishi hamda mehnatga layoqatlik qobiliyatini erta tiklanishi va nogironlik ko‘rsatkichlarini kamayishi evaziga byudjetdan bo‘ladigan xarajatlarni 25% iqtisod qilishiga erishilgan. Xulosa: mushak-invaziv qovuq saratonida trimodal terapiya qo‘llanilganda bemorlarning xayot sifati yaxshilanishi hamda mehnatga layoqatlik qobiliyatini erta tiklanishi va nogironlik ko‘rsatkichlarini kamayishi evaziga byudjetdan bo‘ladigan xarajatlarni 25% iqtisod qilishiga, o‘rin kunlar sonining 1-2 kunga qisqarishiga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: T2a mushak-invaziv bosqichida va G1 gradatsiyali qovuq saratonida trimodal terapiyani davoga yuqori sezgirligi hisobiga qo‘llanilishi samaradorligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali umumiy xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 27 sentyabrdagi №76-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 27 sentyabrdagi №67-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: T2a mushak-invaziv bosqichida va G1 gradatsiyali qovuq saratonida davoga yuqori sezgirligi hisobiga trimodal terapiyani qo‘llanilishi yuqori samaraliligi natijasida bemorlarni erta faollashtirish, statsionarda bo‘lish kunlarini qisqartirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: T2a mushak-invaziv bosqichida va G1 gradatsiyali qovuq saratonida davoga yuqori sezgirligi hisobiga trimodal terapiyani qo‘llanilishi yuqori samaraliligi natijasida bemorlarni erta faollashtirish, statsionarda bo‘lish kunlarini qisqartirish va hayot sifatini yaxshilash evaziga byudjetdan sarf xarajatlarni 15%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: T2a mushak-invaziv bosqichida va G1 gradatsiyali qovuq saratonida davoga yuqori sezgirligi hisobiga trimodal terapiyani qo‘llanilishi yuqori samaraliligi natijasida bemorlarni erta faollashtirish, statsionarda bo‘lish kunlarini qisqartirish evaziga byudjetdan sarf xarajatlarni 15%ga iqtisod qilish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish va o‘rin kunlar sonini 1-2 kunga qisqartirishga erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: T2N1M0 mushak-invaziv qovuq saratonda radikal xirurgik davoga qarshi bo‘lgan xolatlarda neoad’yuvant PXT o‘tkazish regionar limfa tugunlarni kichraytirishi va o‘sma hajmini kamaytirishi hisobiga davo-taktikasida trimodal terapiyani qo‘llanilishi samaradorligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali umumiy xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 27 sentyabrdagi №76-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 27 sentyabrdagi №67-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: neoad’yuvant PXT o‘tkazish regionar limfa tugunlarni kichraytirishi va o‘sma hajmini kamaytirishi hisobiga davo-taktikasida trimodal terapiyani qo‘llanilishi samaraliligi natijasida T2N1M0 mushak-invaziv qovuq saratonda radikal xirurgik davoga qarshi bo‘lgan bemorlarda hayot sifatini yaxshilash va reabilitatsiyani tezlashtirishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: neoad’yuvant PXT o‘tkazish regionar limfa tugunlarni kichraytirishi va o‘sma hajmini kamaytirishi hisobiga davo-taktikasida trimodal terapiyani qo‘llanilishi samaraliligi natijasida bemorlarda hayot sifatini yaxshilash va reabilitatsiyani tezlashtirishi sababli byudjetdan bo‘ladigan sarflarni 1 bemor uchun qariyb 10% gacha iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: neoad’yuvant PXT o‘tkazish regionar limfa tugunlarni kichraytirishi va o‘sma hajmini kamaytirishi hisobiga davo-taktikasida trimodal terapiyani qo‘llanilishi samaraliligi natijasida T2N1M0 mushak-invaziv qovuq saratonda radikal xirurgik davoga qarshi bo‘lgan bemorlarda byudjet xarajatlarini 1 bemor uchun qariyb 10% gacha iqtisod qilishga erishilgan va bu orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish va o‘rin kunlar sonini 2-3 kunga qisqartirish imkonini bergan.