Muzaffarova Maujuda Kadirbaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy ishlab chiqarish materiallari bilan ko‘chuvchan qumlarni resurstejamkor mustahkamlash», 05.09.05 –Qurilish materiallari va buyumlari.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2017.1.PhD/T128.

Ilmiy rahbar: Miraxmedov Maxamadjon Miraxmedovich,texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Samarkand Davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti, DSc 27.06.2017. T.11.01.

Rasmiy opponentlar: Xodjaev Saidaglam Agloevich, texnika fanlari doktori, professor; Maxamataliev Irkin Muminovich, texnika fanlari nomzodi, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘chuvchan qumlarni mustahkamlash uchun mahalliy ishlab chiqarilgan bog‘lovchi materiallaridan kompleks resurs iqtisod qiluvchi, belgilangan xossalarga ega deflyasiyaga qarshi qobiq tarkibi va ushbu qobiqni hosil qilish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

deflyasiyaga qarshi qum-bog‘lovchi himoya qobig‘ini shamolga qarshi turg‘unligini baholashning yangicha yondoshuvi hosil qilinadigan qobiqning xossalarini hisobga olgan xolda  ishlab chiqilgan;

fizik modellashtirish asosida quruq va nam holatdagi ko‘chuvchan qumlarni mustahkamlash uchun maxalliy ikkilamchi xomashyodan (dekstrin, KP-001 poliakrilamid elimi) eritma sifatida bog‘lovchilarning ishchi tarkiblari ishlab chiqilgan;

qobiq hosil qilish uchun shimdirish ishchi tarkibdagi bog‘lovchining qonsentratsiyasi va qoplanadigan yuza birligiga sarfi qumning namligiga bog‘liqligi qum-bog‘lovchi qobiqni strukturaviy tuzilishini rentgen nurlari ta’sirida va spektroskopiya tadqiqotlari asosida aniqlangan;

nam ko‘chuvchan qumlarga bog‘lovchi moddalarni singdirish jarayonida kapillyar kuchlarning gravitatsion kuchlarga nisbatan ustunligi fizik modellashtirish, kuzatuv va o‘lchovlar orqali aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mahalliy ishlab chiqarilgan bog‘lovchi materiallari bilan ko‘chuvchi qumlarni resurstejamkor mustahkamlovchi qobiqni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

mahalliy ishlab chiqarishning ikkilamchi xomashyosidan (dekstrin, KP-001 poliakrilamid elimi) eritma sifatida bog‘lovchilarining ishchi tarkiblari «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tassarufidagi temir yo‘l maydonlari, xususan, Navoiy-Uchquduq-Miskin Km273, Km274 maydonlariga quruq va nam xolatdagi ko‘chuvchan qumlarni mustahkamlash jarayoniga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2018 yil 1 fevraldagi 208-son ma’lumotnomasi). Natijada muayyan talablarga ega himoya qobig‘i yaratilishi va mustahkamlash ishlarini mexanizatsiyalash darajasini oshirish orqali mehnat sarfini 60% ga kamaytirish imkonini bergan;

ko‘chuvchan qumlarni mustahkamlash bo‘yicha resurstejamkor texnologiya «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tassarufidagi temir yo‘l maydonlari, xususan, Navoiy-Uchquduq-Miskin temir yo‘lining Km273, Km274 maydonlarida joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2018 yil 1 fevraldagi 208-son ma’lumotnomasi). Natijada material sarfini 50%ga kamaytirish, ko‘chuvchan qumlarni biologik usulida mustahkamlash uchun ekilgan qumli xududlardagi  o‘simliklar urug‘larini o‘sib-o‘nib chiqishi 15%ga oshirish imkonini bergan;

ishlab chiqarilgan ekspress-usuli «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tassarufidagi temir yo‘l maydonlari, xususan, Navoiy-Uchquduq-Miskin Km273, Km274 maydonlarida deflyasiyaga qarshi ximoya qum-bog‘lovchi qobiqni turg‘unligini  baholash jarayoniga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2018 yil 1 fevraldagi 208-son ma’lumotnomasi). Natijada ekspress-tadqiqot qo‘llanishi orqali polimerqumli qobiqning fizik-mexanik, fizik-kimyoviy xossalarini baxolash va tadqiqot bajarilish vaqtini 2 barobarga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish