Ismonova Yorqinoy Abdumutalib qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek romanlarida bola obrazining poetik funksiyasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3745
Ilmiy rahbar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01
Rasmiy opponentlar: Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ahmedov Hoshimjon Hakimovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi:
Roman janrida bola obrazining shakllanish omillari, badiiy vazifalari, o‘rni va ahamiyatini XX asr o‘zbek romani misolida yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy-poetik, ijtimoiy-falsafiy, psixologik va muhabbat romanlarida bola obrazining tarixiy-estetik asoslari va badiiy vazifasi tadqiq qilinib, XX asr o‘zbek romanlarida ayni obrazining o‘rni va ahamiyati aniqlangan, uning ilmiy tavsifi hamda tasnifi amalga oshirilgan;
Abdulla Qodiriy, Oybek, Rahmat Fayziy romanlaridagi bola obrazining maydonga kelishi, takomilida biografik omillarning o‘rni ochib berilgan.“Mehrobdan chayon” romani bosh qahramoni Anvar obrazining bolalik syujetida muallifga xos jihatlar uchrashi biografik asoslangan. “Quyosh qoraymas” va “Hazrati inson” romanlaridagi bola obrazlari ham hayotiy misollardan olingan degan xulosaga kelingan;
“Ikki eshik orasi”, “Jaziramadagi odamlar” romanlari tahlili asosida o‘zbek romanlaridagi bola obrazining oila muhiti, davr voqeligi va milliy psixologiya bilan poetik munosabati masalasi dalillangan;
O‘zbek romanlarida bola obrazining milliy va umumbashariy qadriyatlar negizida shakllangani, uning maishiy muhit va milliy psixologiya bilan poetik munosabati aniqlangan, badiiy vazifasiga doir nazariy xulosalar chiqarilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Hozirgi o‘zbek romanlarida bola obrazining poetik funksiyasi” mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
Abdulla Qodiriy, Oybek, Rahmat Fayziy romanlaridagi bola obrazining maydonga kelishi, takomilida biografik omillarning o‘rganilgani va aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 23-oktyabrdagi 04/1-2994-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarixiy-poetik, ijtimoiy-falsafiy, psixologik va muhabbat romanlarida bola obrazining tarixiy-estetik asoslari va badiiy vazifasi, o‘zbek romanlarida bola obrazining o‘rni va ahamiyati muammosiga doir ilmiy materiallar tayyorlashga asos bo‘lgan;
O‘zbek romanlarida bola obrazining milliy va umumbashariy qadriyatlar negizida shakllangani, uning maishiy muhit va milliy psixologiya bilan poetik munosabati aniqlanganligi, badiiy vazifasiga doir nazariy xulosalar chiqarilganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan I-OT-2019-42 “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 23-oktyabrdagi 04/1-2995-son ma’lumotnomasi). Natijada, Abdulla Qodiriy, Oybek, Rahmat Fayziy romanlaridagi bola obrazining maydonga kelishi, takomilida biografik omillarni o‘rganishga, o‘zbek romanlaridagi bola obrazining oila muhiti, davr voqeligi va milliy psixologiya bilan badiiy munosabati masalasiga doir materiallar bilan boyishiga xizmat qilgan;
“Ikki eshik orasi”, “Jaziramadagi odamlar” romanlari tahlili asosida o‘zbek romanlaridagi bola obrazining oila muhiti, davr voqeligi va milliy psixologiya bilan poetik munosabati masalasi hamda badiiy asarlar tahlili asosida chiqarilgan nazariy va amaliy xulosalardan Namangan viloyati televideniesida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilgan “Guldasta” informatsion musiqiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-siyosiy sport dasturida va “Oltin zamin” radiosining ma’naviy-ma’rifiy dasturida foydalanilgan. (Namangan viloyati televideniesi 2023-yil 26-iyuldagi 04/1-1414-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, teledastur va radioeshittirish uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
tarixiy-poetik, ijtimoiy-falsafiy, psixologik va muhabbat romanlarida bola obrazining tarixiy-estetik asoslari, XX asr o‘zbek romanlarida bola obrazining o‘rni va ahamiyati, ilmiy tavsifi va tasnifi hamda badiiy vazifasi aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan I-OT-2019-42 “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 23-oktyabrdagi 04/1-2995-son ma’lumotnomasi). Natijada, Abdulla Qodiriy, Oybek, Rahmat Fayziy romanlaridagi bola obrazining maydonga kelishi, takomilida biografik omillarni o‘rganishga, o‘zbek romanlaridagi bola obrazining oila muhiti, davr voqeligi va milliy psixologiya bilan badiiy munosabati masalasiga doir materiallar bilan boyishiga xizmat qilgan.