Il`yasov Allanazar Torexanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xom ashyo asosida samarali devorbop keramik buyumlarning strukturasi, tarkibi va xossalarini shakllantirish», 05.09.05 – «Qurilish materiallari va buyumlari» (texnika fanlari bo‘yicha).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T381

Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Adilxodjaev Anvar Ishanovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.T.11.01.

Rasmiy opponentlar: Tulaganov Abdukabil Abdunabievich, texnika fanlari doktori, professor; Gaziev Uchkun Abdullaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi past sifatli mahalliy lyossimon giltuproqlar, seolittarkibli tog‘ jinsi va maydalangan g‘o‘zapoyadan foydalanib samarali keramik devorbop buyumlarning tarkibi va strukturasini takomillashtirishdan iborat.

III. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

«lyossimon giltuproq, seolittarkibli jins va maydalangan g‘o‘zapoya» tizimi asosidagi keramik kompozisiyalarning g‘ovakli va aralash strukturasi shakllanishining mexanizmi nazariy jixatdan asoslangan;

kuydirish sharoitida olingan keramik devorbop materiallarning fizik-mexanik xossalariga komponentlarning ta’sir darajasi texnologik omillarni hisobga olgan holda aniqlangan;

keramik massa tarkiblari sopolagida faza va struktura hosil bo‘lishi jarayonining tezlashishiga komponentlar ta’sirini ularning miqdorini hisobga olgan holda aniqlangan;

mahalliy xomashyolar asosida devorbop keramik serg‘ovak g‘isht olishning energiyasamarador texnologiyasi struktura hosil qiladigan qo‘shimchalardan foydalanish orqali takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining mineral-xomashyo resruslaridan foydalanishni ko‘zda tutuvchi keramik massalarning optimal tarkiblarini ishlab chiqish va samarali keramik devorbop g‘ishtlarni ishlab chiqarishning energiya tejamkor texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

mahalliy xomashyolar asosida olingan keramik massa tarkibi “ETALONKIRPICH” MChJ g‘isht zavodida joriy qilindi. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vazirligining 2018 yil 10 oktyabrdagi 01-07/01-2798-son ma’lumotnomasi). Natijada keramik serg‘ovak g‘isht  ishlab chiqarish unumdorligini 20-25 %ga oshirishga imkon bergan;

samarali devorbop keramik buyumlarni olishning energiya tejamkor texnologiyasi “QIZKETKENKIRPICH” MChJda joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2018 yil 10 oktyabrdagi 01-07/01-2798-son ma’lumotnomasi). Natijada keramik serg‘ovak g‘isht ishlab chiqarishda pishirish haroratini 50-100 0S ga pasaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini mavjud texnologiyaga nisbatan 20-25 %ga oshirish imkonini bergan;

“ETALONKIRPICH” va “QIZKETKENKIRPICH” MChJda keramik massaning ishlab chiqilgan optimal tarkibi mahalliy xom ashyodan zichligi 1000-1200 kg/m3; siqilishga mustahkamligi 8,5-10,5 MPa, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti 0,2-0,3 Vt/m·0S ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan samarali keramik material ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish