Xujaxmedov Jamoliddin Djololovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda o‘tkir limfoblast leykozda BCR/ABL ximeri onkogenining molekulyar tahlili», 14.00.29–Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib698.

Ilmiy rahbar: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gematologiya va qon quyish  ilmiy-tekshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi,DSc.27.06.2017.Tib30.02.

Rasmiy opponentlar: Babadjanova Shoira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gil`dieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: FDBTFTBA Gematologiya va transfuziologiya ITI (Rossiya).

Dissertatsiya yunalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: BCR/ABL ximer onkogenining genetik variantlarini va uchrash darajasini o‘rganish hamda O‘zbekistonda Rh-pozitiv o‘tkir limfoblast leykozning solishtirma tashxislash va davolash tizmini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

O‘zbekistonda ilk marotaba genetik markerining BCR/ABL p190 turining uchrash darajasi va uning r210 turi aniqlangan;

o‘tkir limfoblast leykozni davolashda qo‘llanilgan standart protokollarning retrospektiv tahlili asosida yuqori xavf guruhidagi bemorlar standart xavf guruhidagilar bilan solishtirilganda birinchisida kasallik qaytalanishini yuqori darajasi isbotlangan;

o‘tkir limfoblast leykozli BCR/ABL-musbat bemorlarda Glivek bilan kimyoterapiya birgalikda o‘tkazilganda remissiya darajasi ushbu preparatni olmaganlarga nisbatan 8 marta ko‘proq ekanligi χ2=7,2; r=0,003;OR=8,25 isbotlangan;

o‘tkir limfoblast leykozli bemorlarda Glivek bilan kimyoterapiya birgalikda o‘tkazish samaradorligining oshishi, kasallikning asoratlarni kamaytirish mexanizmini yaratishga asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘tkir limfoblast leykozda bcr/abl ximer onkogenining molekulyar tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«O‘zbekistonda Ph-pozitivli o‘tkir limfablost leykozning molekulyar tashxisoti» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 14 fevraldagi 8m-/43-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma o‘tkir limfoblast leykozda BCR/ABL ximer onkogenini molekulyar tahlil qilish va tashxislash imkonini bergan;

o‘tkir limfoblast leykozda bcr/abl ximer onkogenining molekulyar tahliliga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutining gematologiya bo‘limlarida Ph-musbat o‘tkir limfoblast leykoz bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash klinik amaliyotiga, Toshkent shahar onkologik dispanserining klinik amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 iyundagi 8n-z/146-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkoniyatini oshirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish