Shevchenko Ol`ga Igorevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir leykozli bemorlarda infeksion asoratlarni davolashni hamda tashxislashni optimallashtirish», 14.00.29–Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib699.
Ilmiy rahbar: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi,DSc.27.06.2017.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Suleymanova Dilora Nagalovna, tibbiyot fanlari doktori; Xudaykulova Gul`nara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: FDBT Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasi Gematologiya ilmiy-tadqiqot markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yunalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: febril neytropeniya holatidagi o‘tkir leykozli bemorlarda infeksiya qo‘zg‘atuvchilarining chidamlilik tarkibini baholash va antibiotiklar bilan davolash tamoyillarini takomillashtrishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda o‘tkir leykozli bemorlarda infeksion asoratlar qo‘zg‘atuvchisining etiologik strukturasidan kelib chiqish sabablarining mexanizmlari isbotalangan;
o‘tkir leykozlarning rivojlanish mexanizmida grammusbat mikroorganizmlar ustunligi, bakteriyalarning qo‘zg‘atuvchilari Staphylococcuse pidermidis, burun xalqum infeksiyasida Streptococcus haemolyticus nisbatan yuqoriligi asoslangan;
ajratilgan grammusbat bakteriya shtammlari sefalosporinlar – sefoperazon, sefoperazon/sul`baktam hamda sefepimlarga va aminoglikozid-amikatsin grammanfiy bakteriyalarga nisbatan yuqori faollikni ko‘rsatishi darajasi isbotlangan;
bakterial sepsisning rivojlanishi o‘tkir limfoblast leykozli bemorlarga nisbatan o‘tkir nolimfoblast leykozli bemorlarda ko‘proq uchrashi qayd etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir leykozli infeksion asoratlarni davolashni hamda tashxislashni optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«O‘tkir leykozlarning infeksion asortlarini tashxislash va davolash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 14 fevraldagi 8m-/43-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma o‘tkir leykozlarni tashxislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
«O‘tkir leykozlarning infeksion asoratini etiologiya, patogenezi va davolash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 14 fevraldagi 8m-/43-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma o‘tkir leykozlarning yuqumli asoratlar etiologiyasi, tashxislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
O‘tkir leykozli infeksion asoratlarni davolashni hamda tashxislashni optimallashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti va Toshkent shahar onkologik dispanserining klinik amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 iyundagi 8n-d/147-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.