Baxramov Furkat Shuxratovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘n besh yillik retro- va prospektiv tadqiqotlarga asoslangan Toshkent shahri aholisi orasida narkotiklarga qaramlikning kliniko-epidemiologik xususiyatlari dinamikasi», 14.00.18–Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib210.

Ilmiy rahbar: Tursunxodjaeva Lyudmila Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish  instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.

Rasmiy opponentlar: Imamov Akbar Xadjaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjaeva Nazira Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: narkotiklarga qaramlikning tarqalganligiga ta’sir etuvchi omillar majmuini belgilash, uning kechishi va oqibatlari prognozini erta baholash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Toshkent shahrida opiy narkomaniyalari tarqalganligining kamayishi ular bilan birlamchi kasallanish ko‘rsatkichlarining pasayib borishi hisobiga ro‘y berayotganligi aniqlangan;

narkomaniya bo‘yicha vaziyat dinamikasida narkotiklardan butunlay voz kechish holatlarining nisbatan ortishi, narkotiklarga tobe bemorlarning narkotiklar dozasini keskin oshirib yuborish va parenteral infeksiyalarga yo‘liqish (gepatit S) bilan bog‘liq bo‘lgan xavfli xulq-atvorining kamayishi isbotlangan;

opioidlar va kannabinoidlarga tobe bemorlardagi turg‘un remissiyalarning shakllanishi ijtimoiy-psixologik va biologik omillarga bog‘liqligi aniqlangan;

narkotiklar iste’mol qilinishining hozirgi kundagi usullari, opioidlarga qaramlikning kechishi va oqibatlarining variantlari belgilangan, uning dinamikasiga ta’sir etuvchi premorbiddagi biologik, psixologik va ijtimoiy omillar asoslangan;

opiy narkomaniyasi kechishining erta prognozlash uchun ilk bor biologik, psixologik va ijtimoiy mezonlar aniqlangan;

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Toshkent shahri aholisi orasidanarkotiklarga qaramlikning 15 yillik retro- va prospektiv tadqiqot natijalari asosida:

«Opioidlarga qaramlikning kechishi va oqibatlarini ehtimollik prognozining omillarini integral baholash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 yanvardagi 8n-r/4-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma opioidlarga qaramlik kechishini erta prognozlashga va uning salbiy oqibatlarining oldini olishga yondashuvlarni optimallashtirishga imkon bergan.

15 yillik retro- va prospektiv tadqiqotlarga asoslangan Toshkent shahrida narkomaniyalarning klinik-epidemiologik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash tizimi, jumladan, Respublika narkologiya markazi faoliyatiga, Toshkent shahar majburiy davolash narkologiya shifoxonasining amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 25 yanvardagi 8n-d/17-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar hech qanday qo‘shimcha sarf-xarajatlarsiz, turg‘un remissiyalarga erishishga va opioidlarga qaramlikning salbiy oqibatlarining oldini olishga yo‘naltirilgan davolash-reabilitatsiyalash va profilaktika dasturlari samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish