Ergasheva Chinora Ergash qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek kasbiy musiqasida nazira an’analari” (“Ushshoq” namunalari misolida), 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/San42.
Ilmiy rahbar: Ibrohimov Oqilxon Akbarovich, san’atshunoslik fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi,PhD29.11.2017.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Nizamov Asliddin, san’atshunoslik fanlari doktori; Muxtarova Flora Shaaxmedovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nazira an’analarining o‘zbek milliy musiqasi rivojidagi o‘rni va bastakorlik ijodiyotida o‘ziga xos namoyon bo‘lish shakllarini tizimli yoritish va hozirgi davr o‘zbek madaniyatidagi ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazira estetikasining milliy mumtoz musiqada “namuna-o‘xshatma” uslubi yuzaga kelishidagi muhim o‘rni va shu asosda bastakorlik ijodiyotida yaratilgan “Ushshoq” namunalari aniqlangan;
nazira estetikasining musiqa risolalari mazmunida aks etishi aniq misollar bilan ilmiy asoslangan;
o‘n ikki maqom tizimi, shuningdek Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari tarkibidan o‘rin olgan Ushshoq namunalari ijodiy nazira asosida yaratilganligi isbotlangan;
XIX–XX asrlarda bastakorlar tomonidan yaratilgan Ushshoqlar qadimdan kelayotgan shu nomli mumtoz namunalar asosida ijodiy ko‘rinishlari ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek kasbiy musiqasida nazira an’analari tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bastakorlik ijodiyoti va unda nazira qirralarining namoyon bo‘lishi, an’analari va namoyandalari haqida olingan natijalar “O‘zbek musiqasi tarixi” (II jild) darsligining “XX asrning 20–40 yillarida madaniy-musiqiy hayot” deb nomlangan 2-mavzusida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 4 iyuldagi 89-02-1660-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar mumtoz musiqiy qadriyatlar hamda bastakorlik ijodiyotining tarixiy va nazariy masalalari haqida aniq bilimga ega bo‘lganlar;
Shashmaqom tarkibidan o‘rin olgan Ushshoq namunalari ijodiy an’analar asosida yaratilganligi haqida olingan natijalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” davlat unitar korxonasining “Maqom alifbosi” teleko‘rsatuvi orqali efirga uzatilgan “Shashmaqom tarkibidagi Ushshoq yo‘llari” mavzusi ochib berilishida foydalanilgan (O‘zbek milliy maqom san’ati markazining 2018 yil 30 maydagi 101-son, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 11 iyundagi 02-14/325-son ma’lumotnomalari). Pirovardida teletomoshabinlar Shashmaqom tarkibidan o‘rin olgan Ushshoqlar xususida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan;
nazira an’analari musiqa risolalari mazmunida, maqom turkumlarida, bastakorlar yaratgan mumtoz namunalarda namoyon bo‘lishi holatlari haqida olingan natijalari “O‘zbekiston 24” teleradiokanali» davlat unitar korxonasining “O‘zbekiston 24” radio tarmog‘i orqali efirga uzatilgan “Fan” eshittirishida muhim fikrlar bildirilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 4 iyuldagi 03-09-683-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar shu asosda musiqa san’atidagi nazira an’analari haqida muayyan tasavvurga ega bo‘ldgan;
nazira estetikasining milliy mumtoz musiqada “namuna-o‘xshatma” uslubi yuzaga kelishidagi muhim o‘rni va shu asosda yuzaga kelgan Ushshoqlar haqida olingan natijalar OXUS Culture hamda O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi hamkorlikda o‘tkazgan Birinchi “Shashmaqom” festivalining 9 fevral` sanasidagi konserti hamda Kirish so‘zini tayyorlanshda foydalanilgan (OXUS Culture mas’uliyati cheklangan jamiyatning 2018 yil 26 iyundagi 32-son ma’lumotnomasi). Bu festivalda hozir bo‘lgan tinglovchilarga Shashmaqom ushshoqlari haqida yangi ilmiy ma’lumot ega bo‘lishlariga asos bo‘lgan.