Toshboev Bobomurot Eshboevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy xarakter shakllanishi va takomillashuvining ijtimoiy-falsafiy masalalari», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Fal135.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.

Ilmiy rahbar: Ochilova Baxti Murodovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.

Rasmiy opponentlar: Xudoyberdiev Ismatulla Egamberdievich, falsafa fanlari doktori, professor; Norqulov Do‘smurod Toshpo‘latovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: milliy xarakter, uning shakllanishi va takomillashishi va milliy xarakterning milliy mentalitet, milliy qiyofa, individual va ijtimoiy kayfiyat, urf-odat va an’analar bilan o‘zaro aloqadorligini aniqlash shular orqali  milliy xarakterning millat hayotidagi o‘ziga xos o‘rnini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

milliy xarakterning millatga xos bo‘lgan til, urf-odat va an’analar, qadriyatlar hamda mentalitetni saqlash, qayta ishlash va takomillashtirish xususiyati aniqlangan;

milliy xarakter strukturasiga kiruvchi xulq-atvor, urf-odat, ehtiyoj va did kabi elementlarning diniy madaniyat unsurlari bilan uyg‘unlashishi asoslangan;

milliy xarakterning milliy mentalitet, milliy qiyofa, individual va ijtimoiy kayfiyat va tabiiy omillar bilan deterministik aloqadorligi ochib berilgan;

o‘zbek milliy xarakteridagi bunyodkorlik, konsensuslik, jamoaviylik, tolerantlik kabi mental xususiyatlarning iqtisodiy faollikka ta’siri ko‘rsatib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Milliy xarakter shakllanishi va takomillashuvining ijtimoiy-falsafiy masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

milliy xarakterning milliy mentalitet, milliy qiyofa, individual va ijtimoiy kayfiyat, urf-odat va an’analar bilan deterministik aloqadorlikda takomillashib borishi haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashining 2017 yil 2- yarim yillik uchun tuzilgan ish rejasining 60-, 73- bandlari ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil 1 noyabrdagi 04-13/5685-son ma’lumotnomasi). Mazkur yo‘nalishdagi ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarning ma’naviy-madaniy salohiyati ko‘tarilishiga xizmat qilgan;

o‘zbek milliy xarakteridagi bunyodkorlik, konsensuslik, jamoaviylik, tolerantlik va tadbirkorlik kabi mental xususiyatlarni tadqiq qilish orqali jamoatchilikda milliy g‘oya haqida tasavvurlarning kengayishi to‘g‘risidagi nazariy xuloslaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2016–2017 yillarda amalga oshirilgan fundamental loyihasi doirasida: I-2016-1-33 raqamli “Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limining 2018 yil uchun tuzilgan ish rejasining II. 2.18, VII. 7.46 bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 12 noyabrdagi 01/09-1208-18-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy-nazariy g‘oyalar yoshlarda milliy urf-odat va marosimlarga aksiologik munosabatni, mas’ullik  hissini tarbiyalashga amaliy ko‘mak bergan;

milliy xarakter shakllanishi va takomillashuviga ta’sir etuvchi institutlar faoliyatining milliy xarakter strukturasini tashkil etuvchi elementlar orqali yanada rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalaridan “Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi”ning 2018 yil uchun tuzilgan yillik rejasi II.17-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2018 yil 12 noyabrdagi 01-11-08-7826-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar muzey xodimlari va unga tashrif buyuruvchilarda milliy xarakter bilan bog‘liq milliy mentalitet, milliy qiyofa, milliy psixologiya va milliy o‘zlikni anglash haqidagi nazariy bilimlarining ortishiga samarali ta’sir qilgan;

mustaqillik yillarida milliy axloqiy qadriyatlar tizimida sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy hamda mafkuraviy o‘zgarishlarning shaxs milliy xarakterida namoyon bo‘lish xususiyatlariga oid ilmiy tadqiqot natijalaridan Jizzax viloyat «Istiqbol» mintaqaviy tadqiqot markazida «Joylarda ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish» deb nomlangan 46-11/50 raqamli fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan («Istiqbol» mintaqaviy tadqiqot markazining 2018 yil 12 yanvardagi 1-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari grantning 8-bandida ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarishga nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish