Rizaerv Sherdil Alisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gazlarni absorbsion quritish jarayonlari uchun ko‘pik so‘ndirgichlar olish va ularni qo‘llash», 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4368.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Saydaxmedov Shamshidin Muxtorovich, texnika fanlari doktori, dotsent; To‘raev Tolib Bozorovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: gazlarni absorbsion quritish jarayonlari uchun ko‘pik so‘ndirgichlar olish va ularni gazlarni absorbsion quritish qurilmalari bilan birgalikdagi kombinatsion texnologik sxemasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
assimetrik plyonka ma’lum bir qalinlikda muvozanatga erishsa, uning ko‘pikli plyonkaning barqarorligiga ta’siri birlashtiruvchi bosimi izotermasidagi to‘siq balandligiga bir xil balandlikda bog‘liq bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor tarkibida polimetilen selakson 38% (PMS-100), 46% metil spirit, 24% li xlorid kislota 5%, Navbahor bentoniti 8%, metil dietanolamin 3% dan iborat bo‘lgan ko‘pik so‘ndirgich GQKS-4 olingan;
GQKS-4 ko‘pik so‘ndirgichi 1,0% miqdorda ko‘pik hosil qiluvchiga qo‘shilganda, uning ko‘pik so‘ndirish ko‘rsatkichi 83,3% ni tashkil etgan bo‘lsa, GQKS-5 ko‘pik so‘ndirgichining samaradorligi 73,3% ni, GQKS-3 ko‘pik so‘ndirgichining samaradorlik ko‘rsatkichi esa 65% ni tashkil etgan bo‘lsa, ko‘pik so‘ndirgich va ko‘pik hosil qiluvchilarning 30 daqiqa va undan ortiq vaqtlar oraliqlarida kontaktlashishi ushbu ko‘pik so‘ndirgichlarning samaradorligi 100% ga yetishi aniqlangan;
0,3% konsentratsiyadagi Penta-480B va GQKS tipdagi ko‘pik so‘ndirgichlarning makro- va mikroko‘piklarni so‘ndirish vaqti natijalari, Penta-480B ko‘pik so‘ndirgichi makroko‘piklarni so‘ndirish vaqti 42 daqiqani, mikroko‘piklarni buzilishi esa 32 daqiqani tashkil etgan bo‘lsa, ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan GQKS-4 ko‘pik so‘ndirgich namunasida esa ushbu ko‘rsatkich mos ravishda 40 va 28 daqiqani tashkil etishi aniqlangan;
GQKS-4 ko‘pik so‘ndirgich yordamida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari esa, 0-270 daqiqa oralig‘ida DEG eritmasining ko‘pik hosil qilmagan bo‘lsa, 270 dan keyin 5 mm balandlikdagi ko‘pik hosil bo‘lib, 360 daqiqaga kelib ushbu ko‘pik balandligi 35 mm ni tashkil etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gazlarni absorbsion quritish jarayonlari uchun ko‘pik so‘ndirgichlar olish hamda qo‘llash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
PMS-100, metil spirti, 24% li xlorid kislotasi, Navbahor bentonit va MDEA asosida GQKS-4 ko‘pik so‘ndirgich olish texnologiyasi Muborak gazni qayta ishlash zavodining “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2024 yil 23 oktyabrdagi 14-03/EQ-4613-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 0,3% konsentratsiyadagi GQKS tipdagi ko‘pik so‘ndirgichi makro- va mikroko‘piklarni so‘ndirish vaqti 28 minutgacha kamaytirish imkonini beradi;
GQKS-4 olish va ularni gazlarni glikollar yordamida tozalashda qo‘llashning kombinatsion texnologiyasi Muborak gazni qayta ishlash zavodining “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2024 yil 23 oktyabrdagi 14-03/EQ-4613-sonli ma’lumotnomasi). Natijada GQKS-4 ko‘pik so‘ndirgich yordamida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari esa, 0-270 minut oralig‘ida DEG eritmasining ko‘pik hosil qilmagan bo‘lsa, 270 dan keyin 5 mm balandlikdagi ko‘pik hosil bo‘lib, 360 minutga kelib ushbu ko‘pik balandligi 35 mm gacha pasaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish