Hasanov Jahongir Hikmatilloevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolardan muhim yog‘ kislotalariga boy moylar olishning maqbul texnologiyalarini ishlab chiqish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/T297.
Ilmiy maslahatchi: Salixov Shavkat Ismoilovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Azimjon Normo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor; Abduraximov Ahror Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simlik moddalar kimyosi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zig‘ir va na’matak urug‘laridan to‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy moylar olishning maqbul texnologiyalarini ishlab chiqishni ilmiy amaliy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
na’matak urug‘ining 0,27 mm<d2,3<1,4 mm zarracha o‘lchamlarida «kanallanish» va «segregatsiya» xodisasi isbotlanib, ilk bor yuqori kritik ekstraksiyalash tizimida 94,7 % moy olingan;
YuKE texnologiyasida na’matak urig‘idan moy olishning maqbul ko‘rsatkichlari ilmiy asoslangan;
na’matak urug‘idan YuKE orqali moy olishda diffuziya koeffisientini aniqlash usuli asoslangan;
ilk bor YuKE texnologiyasi orqali olingan na’matak urugi moyining texnik iqtisodiy bashoratlari asoslangan;
presslashda urug‘ namligining zig‘ir moyi sifati va miqdoriga ta’siri nazariy asoslangan;
YuKE orqali zig‘ir urug‘idan moy olishda adsorbsion kuchlar gradienti kamayishi isbotlangan;
zig‘ir urug‘idan ikki bosqichli harorat ta’sirisiz presslash va YuKE usullarida olingan moylarning omega-6:omega-3 yog‘ kislotalari nisbati maqbul qiymatlardan iboratligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zig‘ir va na’matak urug‘laridan to‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy moylar olish texnologiyalarini maqbullashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zig‘ir urug‘i moyi va CO2-ekstrakti ishlab chiqarishga texnik shart «Uzstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (S 03535693-45:2023). Natijada, zig‘ir moyi substansiyalarini mahalliylashtirish imkonini bergan;
na’matak urug‘i moyi va CO2-ekstrakti ishlab chiqarishga texnik shart «Uzstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (S 03535693-44:2023). Natijada, zig‘ir moyi substansiyalarini mahalliylashtirish imkonini bergan;
harorat ta’sirisiz presslash orqali moy olish texnologiyasi «Baqqol don Savdo» MChJning «2023-2025 yillarda joriy etishga qabul qilingan ishlanmalar» ro‘yxatiga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» korxonalari uyushmasining 2023 yil 5 iyulidagi KS/3-332-son ma’lumotnomasi). Natijada, zig‘ir urug‘idan birinchi bosqichda 40,99 %, ikkinchi bosqichda 62,2 % moy olish imkonini bergan;
harorat ta’sirisiz presslash orqali moy olish texnologiyasi «Baqqol don Savdo» MchJning «2023-2025 yillarda joriy etishga qabul qilingan ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» korxonalari uyushmasining 2023 yil 5 iyulidagi KS/3-332-son ma’lumotnomasi). Natijada, zig‘ir urug‘idan birinchi bosqichda kislota soni 1,79 mg KOH/g moy, perekis soni 2,34 mekv/kg moy va erkin yog‘ kislotalari 0,9 %, ikkinchi bosqich orqali mos ravishda kislota soni 2,11 mg KOH/g moy, 1,89 mekv/kg moy va 1,1 % erkin yog‘ kislotalariga ega moy olish imkonini bergan.