Karimova Nafisa Baxadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Adabiyotshunoslikda ijodkor laboratoriyasi masalalari tadqiqi”, 10.00.07 - Adabiyot nazariyasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil3013
Ilmiy rahbar: To‘laboev Olim Oltinovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01
Rasmiy opponentlar: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qo‘chqorova Marhabo Xudoyberganovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi:
Adabiyotshunoslikdagi ijodkor laboratoriyasi masalalarini o‘zbek adiblarining amaliy-nazariy faoliyati asosida o‘rganish, unga xos unsurlarni muhokama etish va mavzusi yuzasidan kengaytirilgan ilmiy-nazariy xulosalar chiqarish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Adabiyotshunoslikdagi ijodkor laboratoriyasiga tegishli masalalarning ilmiy-nazariy jihatlari, uning tarkibi hamda elementlar muammoning genezisi sifatida o‘rganib chiqilgan;
ijodkorlarning adabiyotshunoslikka doir nazariy qarashlari, ijodkorlarning suhbatlari, badia va esselari, muallif haqidagi xotiranomalar orqali ijod laboratoriyasiga xos sifat va mezonlar nazariy-psixologik yondashuv asosida baholangan;
tadqiqotda ijodkor laboratoriyasi tarkibini tashkil etuvchi unsurlar, jumladan, ijodkorlik simptomi, dunyoqarash, iste’dod, g‘oya, ilhom, reja, ish vaqti, intuisiya, uslubning talqini nazariy jihatdan boyitilgan;
ijodiy jarayonni vujudga keltiruvchi omillar va hodisalar, xususan, so‘z quvvatining sarfi, dunyoqarash, ijodiy tayyorgarlik, mutolaaning ahamiyati, ta’sirlanish hodisasi, imitatorlik, badiiy matn ustida ishlash, mavzushunoslikda tretumlik kabilar tadqiq etilgan;
iste’dodning shakllanishi va rivojlantirishga oid masalalar tahlilga olinib, adiblar mutolaasining ijodiy ish jarayoniga ta’siri dalillar bilan yoritilgan;
ijodkor laboratoriyasiga yozish vaqti, ijodiy reja turlari, ijodkor “men”i, material tayyorlash, muallif va adabiy muhit masalasiga oid e’tiroflar umumiy va xususiy jihatdan o‘rganilgan;
tadqiqotda qo‘yilgan masalalar yaxlit nazariy aspektda o‘rganilib, ijod laboratoriyasi unsurlari va omillari tavsifi, ta’rifi, tahlillari misollar yordamida dalillangan;
har bir ijodkorning alohida laboratoriyasini o‘rganish, chiqarilgan ilmiy natijalar bilan yosh ijodkorlarga amaliy yordam berish maqsad qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Adabiyotshunoslikdagi ijodkor laboratoriyasiga tegishli masalalarni o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar va xulosalari asosida:
ijodkor laboratoriyasining tarkibiy unsurlari, ijod bilan bog‘liq qarashlarning ahamiyati, dunyoqarash, ta’sirlanish, iste’dod takomili, ijodiy reja turlari va ijrosi, mutolaa hamda sayohatlarning yozuvchilar faoliyatiga ta’siri xususida olib borilgan ilmiy tahlillarga oid natijalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi, 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida hamda 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172- “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024 yil, 3 dekabrdagi 04/1-4002 hamda 04/1-4003-son ma’lumotnomalari). Natijada, tadqiqotchining ilmiy-nazariy fikr va ma’lumotlari elektron platforma hamda ta’limiy korpus kabi ishlarga nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi dalillangan;
adabiyotshunoslikka doir nazariy ma’lumotlar, ijodkor laboratoriyasi tarkibi va xos xususiyatlari to‘g‘risidagi qarashlarning o‘rganilishi, badiiy adabiyotda yozuvchi va kitobxon munosabati kabilar yuzasidan chiqarilgan ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida namoyish etiladigan “Hamma uchun” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 02-31-1243-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv materiallari adabiyotshunoslikda ijodkor laboratoriyasi masalalari, asar yozish jarayonida badiiy va biografik manbalardan foydalanish hamda ularning batafsil yoritilishiga doir ma’lumotlar bilan boyitilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi adabiy to‘garaklar faoliyatida, Adiblar xiyobonida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda yosh ijodkorlarga yozish ko‘nikmasini shakllantirish, badiiy matnda so‘z qo‘llash, xalq tilidan so‘z birikmalar va iboralarni yig‘ish, ustoz adiblarning ijodiy tajribalarini o‘rganish, ijodkorlik simptomi, g‘oya va mavzuning ahamiyati, dunyoqarashni shakllantiruvchi omillar, ijodiy rag‘bat haqida ma’ruzalar qilishda tadqiqot natijalaridan unumli foydalanilgan(O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 01-03/963-son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiyotshunoslikda ijodkor laboratoriyasi masalalari tadqiqi haqidagi xulosalar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda qilingan ma’ruzalarning izchilligini ta’minlashga xizmat qilgan.