Xatamova Dilfuza Abduvaxabovnaning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Adabiyotshunoslik terminologiyasida identifikatsiya jihatlari», 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil560.
Ilmiy maslahatchi: Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Qahramonov Qurdosh Yanglashevich, filologiya fanlari doktori, professor; Axmedova Shoira Nematovna, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot:  Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi adabiyotshunoslik terminologiyasining identifikatsiyasi, transformatsiyasi va muqobillik muammolarini rus hamda o‘zbek adabiyotshunosligi aspektida tahlil kilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiyotshunoslik terminologiyasida o‘zaro aloqadorlik, nazariy asoslanganlik, o‘zlashtirmalar ma’no qamrovi chegaralarining noaniqligi, definisiya bilan bog‘liqligi, tarix bilan aloqadorligi, unifikatsiya va relyativizm kabi identifikatsiya va muqobillik tamoyillari hamda badiiy asar tahlili jarayonida faol qo‘llaniladigan terminlar paradigmasi terminologik tizimning semantik va tarkibiy tuzilishidagi mantiqiy yaxlitlik tasniflash, tavsiflash, unifikatsiyalash, rivojlanish qonuniyatlari negizida dalillangan;
poetik terminlar tizimidagi faol adabiyotshunoslik terminlari – poeziya, muallif, voqea (fabula, syujet), badiiy so‘z, badiiy asar, reseptiv estetikaning ma’no qamrovi chegaralari transformatsiyasi identifikasion jihatdan asoslangan;
adabiyotshunoslik terminlarining identifikatsiya, transformatsiya va muqobillik jihatlarini aniqlash orqali badiiy asar tahlili jarayonida faol qo‘llaniladigan va yangi metodologiyaga mansub tayanch tushunchalar vazifasini bajaradigan terminlar tizimining paradigmasi isbotlangan; 
semiotika, reseptiv estetika, narratologiya, strukturalizm, germenevtika, feminizm, posstrukturalizm, mifologik tanqid kabi adabiy maktablarning mohiyatini ifodalovchi tayanch terminlar tizimi yangi tahlil metodologiyalari negizida izchillikka tayangan holda asoslangan; 
muallif – roviy – hikoyachi – muallif obrazi – auktor munosabatlarini tizimlashtirish orqali yaratuvchi-ijodkor → bayonchi → bayonchi-personaj → ijodkorning biografik proobrazi → asar voqeligining yaratuvchisi kabi muallif instansiyasiga oid zamonaviy terminlar tizimining ma’no qamrovi chegaralari isbotlangan;    
adabiyotshunoslik terminlari tarjimasidagi muammoli vaziyatlarni tahlil qilish hamda asliyat va muqobillik muvofiqligi yoki nomutanosibligi va ulardan foydalanish tamoyillarini ilmiy tizimga solish orqali adabiyotshunoslik terminlari ma’nolarini tenglashtirish muammolari nazariy manbalar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Adabiyotshunoslik terminlogiyasida identifikatsiya jihatlari tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida: 
adabiyotshunoslik terminologiyasida o‘zaro aloqadorlik, nazariy asoslanganlik, o‘zlashtirmalar ma’no qamrovi chegaralarining noaniqligi, definisiya bilan bog‘liqligi, tarix bilan aloqadorligi, unifikatsiya va relyativizm kabi identifikatsiya va muqobillik tamoyillari hamda badiiy asar tahlili jarayonida faol qo‘llaniladigan terminlar paradigmasi to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy fikr va xulosalardan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida  bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020) fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 14-noyabrdagi 535/2-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning mazmun-mohiyati zamonaviy adabiyotshunoslik terminologiyasida identifikatsiya va muqobillik tamoyillarini ilmiy jihatdan asoslash, adabiyotshunoslik terminlari tizimining rivojlanishidagi asosiy tendensiyalar, tarjima muammolari yuzasidan bildirilgan mulohazalar bilan boyitilgan; 
poetik terminlar tizimidagi faol adabiyotshunoslik terminlari – poeziya, muallif, voqea (fabula, syujet), badiiy so‘z, badiiy asar, reseptiv estetikaning ma’no qamrovi chegaralari transformatsiyasi identifikasion jihatdan aniqlangani xususidagi mulohazalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan F3-2016-0908165532 “Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyhada foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 28-oktyabrdagi 430-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotshunoslik terminlarining ilmiy muomalada ishlatish tamoyillarini nazariy jihatdan asoslash, terminlar ma’no qamrovi chegaralarining transformatsiyasini identifikasion jihatdan moslashtirish borasida takliflar ishlab chiqilgan;
adabiyotshunoslik terminlarining identifikatsiya, transformatsiya va muqobillik jihatlarini aniqlash orqali badiiy asar tahlili jarayonida faol qo‘llaniladigan va yangi metodologiyaga mansub tayanch tushunchalar vazifasini bajaradigan terminlar tizimining paradigmasiga oid xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan AI-XT-0-92997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 28-oktyabrdagi 431-son ma’lumotnomasi). Natijada filolog-talabalarning adabiyotshunoslik terminlari bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirishga oid metodik ko‘rsatmalar izchillik kasb etgan; 
adabiy ta’sir va adabiy til aloqa hodisalari, bir ijodkorning keyingi davr turkiy til va adabiyotiga, shuningdek, ikki qardosh tillar terminologiyasiga ta’sir kabi masalalarga oid xulosalarni; turkiy tillardagi tahlilga tortilgan adabiyotshunoslik terminlarining muqobil variantlari aniqlanganligi va ayrim tarjimalar; jahon adabiyotshunosligidagi faol adabiyotshunoslik termin va tushunchalar lug‘atiga ilmiy-nazariy asoslarini yaratish; dissertatsiyaning mavzu doirasidagi  turkiy adabiyotshunosligidagi faol termin va tushunchalar lug‘atining dasturiy ilovasini yaratish haqidagi fikr-mulohazalari O‘zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi 2021-2024-yillar uchun mo‘ljallangan O‘A-21-24 raqamli “O‘zbek-ozarbayjon adabiy tili va aloqalari” mavzusidagi fundamental loyihasida  foydalanilgan. 
semiotika, reseptiv estetika, narratologiya, strukturalizm, germenevtika, feminizm, posstrukturalizm, mifologik tanqid kabi adabiy maktablarning mohiyatini ifodalovchi tayanch terminlar tizimi yangi tahlil metodologiyalari negizida izchillikka tayangan holda asoslanganli xususidagi nazariy mulohazalardan “Adabiyotshunoslik terminlarining identifikasion elektron lug‘at-tezaurusini yaratish konsepsiyasi” ilmiy ishlanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zR Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining 2024-yil  30-oktyabrdagi 008047-son “Mualliflik huquqi obektlarini deponentlash to‘g‘risida”gi   guvohnomasi). Natijada “Adabiyotshunoslik terminlarining identifikasion elektron lug‘at-tezaurusi” mobil ilovasi yaratilgan;
muallif – roviy – hikoyachi – muallif obrazi – auktor munosabatlarini tizimlashtirish orqali yaratuvchi-ijodkor → bayonchi → bayonchi-personaj → ijodkorning biografik proobrazi → asar voqeligining yaratuvchisi kabi muallif instansiyasiga oid zamonaviy terminlar tizimining ma’no qamrovi chegaralari borasidagi mulohazalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan turli ijodiy loyihalarda, yosh ijodkorlar to‘garaklari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022-yil 9-oktyabrdagi 01-03/858-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh yozuvchilarning adabiy maktablar mohiyatini ifodalovchi tayanch terminlar tizimi, badiiy ijodning mohiyati va uslub haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga erishilgan;
adabiyotshunoslik terminlari tarjimasidagi muammoli vaziyatlarni tahlil qilish hamda asliyat va muqobillik muvofiqligi yoki nomutanosibligi va ulardan foydalanish tamoyillarini ilmiy tizimga solish orqali adabiyotshunoslik terminlari ma’nolarini tenglashtirish muammolari nazariy manbalar asosida dalillanganligi haqidagi umumlashma xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot”, “Mavzu” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 06-28-976-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlik darajasi va madaniyatini oshirish hamda adabiyotshunoslik terminologiyasidan foydalanishdagi ko‘nikmasini yaxshilashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish