Mamatyusupov Bunyodbek Ulug‘bekovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Huquqiy madaniyat endogen xususiyatlarining shaxs ijtimoiy faolligiga ta’siri», 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fal81.

Ilmiy rahbar: Nurmatova Mukaram Axmedovna, falsafa fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05

Rasmiy opponentlar: Muxtorov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor; Berdikulov Sirojjon Nasipkulovich, falsafa fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: huquqiy madaniyatning endogen xususiyatlarini shaxs ijtimoiy faolligiga ta’sirini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

shaxsda huquqiy madaniyat shakllanishining endogen xususiyatlari (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy), huquqiy madaniyatning rivojlanish dinamikasi ochib berilgan;

deaktivlik va faollikning shaxs ijtimoiylashuvida namoyon bo‘lishi tavsiflanib, deaktivlik moslashuvchanlik funksiyalarni bajarishi, faollik esa vaziyatni nazorat qilishga qaratilganligi ochib berilgan;

huquqiy madaniyat tuzilmasi modellarining genetik (huquqiy madaniyatning jamiyat tuzilmalari bilan munosabati), funksional (huquqiy madaniyat elementlari o‘rtasidagi funksional aloqalar), mantiqiy (huquqiy madaniyat tuzilmalarining mazmunan hamda shaklan mutanosibligi), psixologik (huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan fikrlash faoliyatining tahliliy, intuitivligi) jihatlari falsafiy jihatdan takomillashtirilgan;

huquqiy madaniyatni yuksaltirishning progressiv, regressiv va gnoseologik omillari asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Huquqiy madaniyat endogen xususiyatlarining shaxs ijtimoiy faolligiga ta’siri bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:

shaxsda huquqiy madaniyat shakllanishining endogen xususiyatlari (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy) va huquqiy madaniyatning rivojlanish dinamikasiga doir taklif va tavsiyalardan «Axloqiy va estetik madaniyat» nomli o‘quv qo‘llanmasining «Axloqiy-estetik madaniyatning boshqa madaniyat shakllari bilan o‘zaro munosabati», «Axloqiy estetik madaniyatni shakllantirishning tarbiyaviy vositalari va yo‘llari», «An’anaviy tarbiya usullari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari» hamda «Axloqiy-estetik madaniyatni rivojlantirishda oila, mahalla, jamoatchilikning roli» mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 10 apreldagi 89-03-1359-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu qo‘llanma orqali ahloqiy va huquqiy madaniyatning o‘zaro integratsiyasi, shaxs axloqiy madaniyatining yuksalishida ijtimoiy faollikning ahamiyati bilan bog‘liq masalalarni talabalarga etkazish imkonini bergan;

shaxs innovatsion faolligining mezonlari hamda huquqiy madaniyat tuzilmasi modellarining genetik, funksional, mantiqiy va psixologik tuzilmalariga doir takliflardan YoA-1-18 raqamli «Globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni saqlash muammosini hal etishda ijtimoiy va ma’naviy-mafkuraviy targ‘ibot texnologiyalarining ahamiyati» mavzusidagi yoshlar amaliy loyihasi doirasida chop etilgan «O‘zbekistonning ma’naviy taraqqiyot evolyusiyasi va yoshlar tarbiyasi» nomli monografiyaning «Globallashuv sharoitida ma’naviyat va ma’naviy inqirozning o‘zaro aloqadorlikda aks etishi», «Demokratik taraqqiyot va ma’naviy qadriyatlarning o‘zgarishi» hamda «Global o‘zgarishlar sharoitida jamiyatning ma’naviy taraqqiyot yo‘li va uning o‘ziga xos yo‘nalishlari» mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 10 apreldagi 89-03-1359-son ma’lumotnomasi). Shu bois, ushbu amaliy loyiha doirasida olingan ma’lumotlar huquqiy madaniyat va shaxs faolligi bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan boyitilgan;

huquqiy madaniyatni yuksaltirishning gnoseologik va didaktik omillari hamda huquqiy madaniyatni rivojlantirish mexanizmlariga oid taklif-tavsiyalardan «SOS – O‘zbekiston bolalar mahallalari» assotsiatsiya tomonidan bajarilgan «Himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash» mavzusidagi xalqaro amaliy grantda foydalanilgan («SOS – O‘zbekiston bolalar mahallalari» assotsiatsiyaning 2018 yil 12 apreldagi 47-I-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, «SOS – O‘zbekiston bolalar mahallalari» assotsiatsiyaning yillik vazifalarini bajarishda, o‘tkazilgan tadbir va seminarlarda huquqiy madaniyat bilan bog‘liq tadqiqotlar yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish