Qo‘ylieva Gulchehra Nazarqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek nasrida trilogiya”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil129.
Ilmiy rahbar: Rahimjonov No‘’mon Karimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Umurov Hotam Ikromovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ulug‘ov Abdulla O‘zbekovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek adabiyotida trilogik asarlarning badiiy-estetik tabiatini, syujet va kompozision qurilishi, qahramon konsepsiyasi masalalari, xususan, badiiy o‘ziga xosligini va taraqqiyot tendensiyasini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
trilogiyaning yuzaga kelish omillari, genezisi, spesifik belgilari, badiiyati, mazkur shaklning tipologik xususiyatlari, adib ijodiy individualligi, uning o‘zbek nasrida alohida adabiy hodisa ekanligi istiqlol davri o‘zbek adabiyotshunosligining asosiy xususiyatlari sifatida ochib berilgan;
tarixiy va zamonaviy mavzuda yaratilgan trilogiyalarda milliy koloritning paydo bo‘lishi, ularning yetakchi xususiyatlarini ifodalovchi badiiy ramzlar, detallar va timsollarning yangicha talqini, insonning o‘zini o‘zi taftish etish usuli yozuvchi individualligini belgilovchi yetakchi xususiyat ekanligi dalillangan;
trilogiyaning kompozision qurilishidagi o‘ziga xoslik, syujet yo‘nalishlari jihatidan nisbatan mustaqil uchta asar hisoblanishi, syujet chiziqlarining davomiyligi yoritilgan;
trilogiyaga xos xronikali syujetning o‘rni, syujetda asarning “badiiy vaqt”i epik asarlarda qo‘llanilishi qulayligi va imkoniyatlari kengligi aniqlangan;
tadqiq etilgan asar qahramonlarining o‘ziga xos milliy va ma’naviy olami, ularning asar voqealari tizimida yuritgan faoliyati hamda taqdirining badiiy echimi tarixiy ma’lumotlar kesimida izchil qiyoslangan, modernistik yo‘nalishda yozilgan trilogiyadagi obrazlarning hayotiy, xayoliy tasvirlari adabiyot nazariyasining uslubiy o‘lchovlari va rakurslarida asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek nasrida trilogik asarlarni o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek adabiyotida yaratilgan trilogiyalarning g‘oyaviy-badiiy, ilmiy-estetik vazifalari yuzasidan olingan ilmiy natijalardan OT-F1-77 raqamli “O‘zbek adabiyoti durdonalari” mvzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 17 sentyabrdagi 89-03-3378-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari roman-trilogiyalarning o‘ziga xos janr xususiyatlari va badiiyati tahliliga doir qarashlarni ochib berilishiga xizmat qilgan;
trilogiyaning janr tabiati yuzasidan chiqargan nazariy xulosalardan XT-F-2-004 raqamli “O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 17 sentyabrdagi 89-03-3378-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan adabiyotshunoslikda badiiy shakllarning tarixiy ildizlari, genezisi, yangicha tafakkur tarzining namoyon bo‘lishida badiiy detal va dalillarning o‘rniga oid masalalarga oydinlik kiritilgan;
tadqiqot materiallari va xulosalaridan Turkiya Respublikasi Karabuk davlat universiteti Adabiyot fakul`tetida o‘qitilayotgan qardosh turk lahjalari va adabiyotlari fanida foydalanilgan (Turkiya Karabuk universitetining 2018 21 iyundagi ma’lumotnomasi). Izlanishlar natijasida olingan tezislardan epik asarlarda trilogiyalarning alohida mavqe egallashi, romanlarning dilogiya, tetralogiya va boshqa ko‘rinishlari bilan o‘xshashlik, yaqinlik hamda o‘ziga xoslik tamoyillariga aniqlik kiritilgan;
o‘zbek nasrida yaratilgan dastlabki trilogiyaga oid romanlar, shuningdek, modernistik yo‘nalishdagi trilogiyalar haqida Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Yuzma-yuz” va “Adabiy muhit” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2016 yil 15 oktyabrdagi 01.018/138-son va 2017 yil 9 yanvardagi 01.08/112-son ma’lumotnomalari). Natijada mazkur ko‘rsatuvlarning badiiy saviyasini oshirishga, tomoshabinlar auditoriyasining kengayishiga erishilgan.