Karaev Sherali Tuxtaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Polietilen uchun yangi yuqori samarali stabilizator antioksidantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘llash», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T2775.
Ilmiy rahbar: Karimov Ma’sud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Yodgorov Normuhammad, texnika fanlari doktori; Vafoev Oybek Shukrullaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: polietilen materiallari uchun uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlaydigan yangi, yuqori samarali stabilizator antioksidantlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
fenol, pentaeritrit, ftal angidrid, salisil kislota hamda tereftal kislotaning katalitik reaksiyasi asosida polietilenning oksidlanish va UF nurlarga chidamliligini oshiruvchi stabilizator antioksidantlar sintez qilingan;
sintez qilingan stabilizator antioksidantlarning stabillash samaradorligi gidrooksil, karbonil, amin guruhlari va aromatik halqaga bog‘liqligi aniqlangan;
stabillangan polietilenlarning stabillanmagan polietilenlarga nisbatan uzilishdagi kuchi 259 N ga, elastiklik moduli 33 N/mm2 gacha ortganligi asoslangan;
stabilizator antioksidant bilan stabillangan polietilenlarning tarkibidagi dispers zarrachalarning uzunligi 2 mikrongacha va balandlik taqsimoti 244 nm ekanligi aniqlangan;
stabilizator antioksidantlar olish prinsipial texnologik sxemasi va texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sintez qilingan stabilizator antioksidant olish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
eterifikatsiya usuli yordamida stabilizator antioksidant olish texnologiyasi Shurtan gaz-kimyo majmuasi MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan (Shurtan gaz-kimyo majmuasi MChJ ning 2023 yil 10 noyabrdagi 030/4314-son ma’lumotnomasi). Natijada, stabilizator antioksidantni polietilen suyuqlanmasiga 0,5-3,0 % miqdorda qo’llaganda polimerlarni ultrabinafsha nurlariga barqarorligi va xizmat muddatini oshirish imkonini bergan; 
olingan AO1 markali antioksidant Shurtan gaz-kimyo majmuasi MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan (Shurtan gaz-kimyo majmuasi MChJ ning 2023 yil 10 noyabrdagi 030/4314-son ma’lumotnomasi). Natijada, F-0220S, I-1561 va P-Y342 markali polietilenlar uchun import o’rnini bosuvchi yuqori sifatli stabilizator antioksidantlarni mahalliylashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish