Obidjonov Jahongir Toxir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Monolit qurilish uchun fibrobetonlarning samarador tarkiblarini ishlab chiqish”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3401
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Raximov Shavkat Turdimurotovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01
Rasmiy opponentlar: Bahodirov Azizbek Abdulazizovich, texnika fanlari doktori, professor; Majidov Samariddin Rashid o‘g‘li – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi monolit qurilish uchun samarador fibrobeton tarkibini optimallashtirish va xossalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fibrobetonning egilishga va siqilishga bo‘lgan mustahkamligi tolalarning uzunligi va miqdoriga bog‘liqligini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;
fibrobetonning fizik-mexanik xossalarini yaxshilash uchun komponentlarni qo‘shishning turli ketma-ketliklarga ega bo‘lgan qorishmalarni tayyorlashning texnologik sxemalari ishlab chiqilgan, natijada tolalarning beton matritsa hajmi bo‘ylab bir jinsli taqsimlanishi ta’minlangan;
beton matritsasi bilan o‘zaro ta’siri jarayonida tolalarning tuzilishi va sement gidratatsiyasida hosil bo‘lgan ishqoriy muhitning ta’siri natijasida bazalt tolalarining to'yingan Ca(OH)2 eritmasiga nisbatan 2M NaOH eritmasida sezilarli darajada ko'proq korroziyaga uchraganligi aniqlangan;
fibrobetonlarning fizik-mexanik xossalari tolalar va superplastifikatorning kompleks ta’siri hisobiga oshirilgan va harakatchanligi vaqt davomiyligida saqlanishi ta’minlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Monolit qurilish uchun fibrobetonlarning samarador tarkiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
portlandsement, chaqiq tosh, qum, basalt va polipropilen tolalari va superplastifikator asosidagi fibrobetonlarning ishlab chiqilgan tarkibi, uni tayyorlash texnologiyasi “DSK BINOKOR” MChJ da (2024 yil 15 avgustdagi dalolatnoma) joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23 oktyabrdagi 24-06/10693-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fibrobetonning siqilishga mustahkamligini 38,8-39,8 MPa dan 50,49-57,48 MPa gacha oshirish, qorishmaning harakatchanligini P1 dan P5 gacha oshirish, suvga talabchanligini 25-30 % gacha kamaytirish, qorishmalarni quvurlarda jo‘natishni tezlashtirish imkonini bergan;
«Monolit qurilish uchun og'ir fibrobeton tarkibini hisoblash va modellashtirish» kompyuter dasturi “Kommunal LITI” davlat muassasasida (2024 yil 18 martdagi dalolatnoma) joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23 oktyabrdagi 24-06/10693-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fibrobetonning suvga talabchanligini 25% ga kamaytirishga, siqilishga mustahkamligini oshirishga hamda an'anaviy betonga nisbatan 27–38% iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
portlandsement, chaqiq tosh, qum, basalt va polipropilen tolalari va superplastifikator asosidagi fibrobetonlarning optimal tarkibi “STROYTEST SERVICE” ATL MChJ da (2024 yil 13 avgust) va “SINOV SERTIFIKAT SERVIS” ATL MChJ korxonasida (2024 yil 3 avgustdagi dalolatnoma) laboratoriyalarida sinovdan o‘tkazilgan va joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23 oktyabrdagi 24-06/10693-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fibrobetonlarning mustahkamlik ko‘rsatkichlari yaxshilangan, qorishmaning harakatchanligini P1 dan P5 gacha oshirishga erishilgan.