Fazliev Jamoliddin Sharofiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bog‘larni tomchilatib sug‘orishning ilmiy asoslangan texnologiyasini ishlab chiqish (Buxoro viloyati misolida)” 06.01.02–“Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3197
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Xudayev Ismayil Jumaqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Suvanov Boymurod Uralovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Utaev Abduxoliq Abdurashidovich, katta ilmiy xodi, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
II.Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial, mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta kumoq tuproqlar sharoitida “Golden” navli olma bog‘larni tomchilatib sug‘orish texnologiyasi elementlarini takomillashtirish xamda ilmiy asoslangan sug‘orish tartibini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro viloyati o‘rta qumoq tuproqlari sharoitida bog‘larni tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etishda tomchilatib sug‘orish texnikasi elementlarini tomizg‘ichli sug‘orish quvuri uzunliklarini optimal tanlash asosida takomillashtirilgan;
Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial, o‘rta kumoq tuproqlari sharoitida “Golden” navli olma bog‘larini maqbul tomchilatib sug‘orish me’yori, davomiyligi va muddatlari ishlab chiqilgan;
olma bog‘larini tomchilatib sug‘orish texnologiyasida tuproqdagi namlanish konturining shakllanishiga, tuproqning suvni singdirish tezligining bog‘liqligi matematik modeli ishlab chiqilgan;
“Golden” navli olma bog‘larini tomchilatib sug‘orish texnologiyasi orqali sug‘orishda meliorativ va iqlim sharoitlari hamda mineral o‘g‘itlarning o‘zaro bog‘liqligining hosildorlik ko‘rsatkichlariga ta’sirining matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bog‘larni tomchilatib sug‘orishning ilmiy asoslangan texnologiyasini ishlab chiqish (buxoro viloyati misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro viloyati sharoitida bog‘larni tomchilatib sug‘orish quvuri uzunliklarini optimal tanlash asosida tomchilatib sug‘orish texnikasi elementlari takomillashtirish “Garden Buxoro Agroklaster” MChJ va Kogon tumani “Jaxongir Ne’mat Shodi bog‘i” fermer xo‘jaligi erlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 10.12.2022 yildagi № 03/37-2714-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tomchilatib sug‘orish usuli an’anaviy sug‘orishga nisbatan sug‘orish suvi 48 % ga tejalishi va mineral o‘g‘itlar sarfi 50 % ga qisqarishiga erishilgan.
ishlab chiqilgan Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial, o‘rta kumoq tuproqlari sharoitida “Golden” navli olma bog‘larini tomchilatib sug‘orish tartibi “Garden Buxoro Agroklaster” MChJ va Kogon tumani “Jaxongir Ne’mat Shodi bog‘i” fermer xo‘jaligi erlarida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 10.12.2022 yildagi № 03/37- 2714-sonli ma’lumotnomasi). Natijada er osti suvlarining ko‘tarilishiga ta’sir etmaydi, mavjud suv resurslarini 48 % iqtisod qilishga erishilgan.
ishlab chiqilgan tuproqdagi namlanish konturining shakllanishi qonuniyati “Garden Buxoro Agroklaster” MChJ va Kogon tumani “Jaxongir Ne’mat Shodi bog‘i” fermer xo‘jaligi erlarida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 10.12.2022 yildagi № 03/37-2714-sonli ma’lumotnomasi). Natijada olma hosildorligi qo‘shimcha 106 s/ga oshirilishiga erishilgan.