Pirimbetov Azamat Oserbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Tomografik ma’lumotlar bo‘yicha obektning ichki tuzilishini qayta tiklashning matematik modellari va usullari”, 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” (fizika–matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM1041.
Ilmiy rahbar: Uteuliev Nietbay Uteulievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univesiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/03.06.2023.FM/T.73.08 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hayotov Abdulla Raxmonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Azamov Siroj Sobirovich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi: siniq chiziqlar, parabolalar va giperbolalar oilalarida integral va tomografik ma’lumotlardan foydalanib obektlarning ichki tuzilmalarini tiklash modellari, usullari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xevisayda vazn funksiyasiga ega bo‘lgan siniq chiziqlar oilasi uchun integral geometriya masalasining echimi mavjudligi, yagonaligi hamda barqarorligi haqidagi teoremalar isbotlanib, teskarilanish formulasi keltirib chiqarilgan hamda masalaning kuchsiz korrektmas qo‘yilganligi aniqlangan;
parabolalar oilasida integral geometriya masalasi echimining yagonaligi haqidagi teoremasi isbotlanib, Fure almashtirishiga asosida integral ma’lumotlarga bog‘liq bo‘lgan teskarilanish formulasi topilgan;
siniq chiziqlar oilasida integral ma’lumotlardan funksiyani tiklash jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan va diskret regulyarizatsiya usuli asosida ob’ektlar kesimlarini tiklashning hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
siniq chiziqlar oilasida olingan teskarilanish formulalari va diskret regulyarizatsiya usuli asosida obektlarning ichki tuzilishini tiklashga imkon beruvchi dasturiy majmua yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya ishida siniq chiziqlar oilalari uchun integral geometriya masalalarining sonli va analitik echimlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy etilgan:
Maxsus vazn funksiyasi bilan siniq chiziqlar oilasida obektlarning ichki tuzilishini tiklash usuli asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Respublika bolalar stomatologiya” poliklinikasiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 7-maydagi 01/2570-sonli ma’lumotnomasi). Regularizatsiya asosida ishlab chiqilgan algoritmni joriy etish natijasida obektlar kesimlarida zichlik taqsimotini tiklash aniqligini oshirish, shuningdek davolashni rejalashtirish paytida tishlarning joylashishi, shakli va o‘lchamlarini aniqlash imkonini bergan.
Suyak to‘qimasi zichligini aniqlash va tish ildizlari tuzilishini tahlil qilish uchun Xevisayda vazn funksiyasi bilan siniq chiziqlar oilasi asosida ishlab chiqilgan algoritm Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan “Xaliq Stom” MChJ klinikasiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 7-maydagi 01/2570-sonli ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan algoritmni joriy etish diagnostika samaradorligini oshirish, suyak to‘qimasi zichligi va tish ildizlari tuzilishini tiklash aniqligini oshirish va natijalar sifatini yaxshilash imkonini bergan.