Amanov Baxodir Sharifovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Benzoksazolin-2-tion karbon kislotalarining kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi va xossalari», 02.00.01 – Noorganik kimyo, 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K481.
Ilmiy rahbarlar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ashurov Jamshid Mengnorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zimurodov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, professor; Raxmonova Dilnoza Salamovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: α-(N-benzoksazolin-2-tion) sirka kislota va β-(N-benzoksazolin-2-tion) propion kislotalarining Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II) ionlari bilan kompleks birikmalarining sintezi, ularning tarkibi, kristall tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalarini hamda biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor α-(N-benzoksazolin-2-tion) sirka kislota va β-(N-benzoksazolin-2-tion) propion kislotalarining Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II) metall kationlari bilan    8 ta yangi kompleks birikmalari sintez qilingan;
sintez qilingan yangi kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari va metall ionlarining ligand donor atomlari bilan koordinatsiyalanish qonuniyatlari element, RTT, IQ-spektroskopiya usullari yordamida aniqlangan;
[Cu(BSK)4(H2O)2]n va [Cu3(BPK)4(TEA)2]∙H2O tarkibli kompleksdagi stereokimyoviy va elektron ta’sirlar hamda Yan-Teller effekti hisobiga metall-kislorod bog‘larining uzayishi tufayli oktaedr tuzilishidagi markaziy atomning koordinasion soni oltiga teng bo‘lgan sp3d2 gibridlanishli polimer va triyadroli komplekslar hosil bo‘lishi isbotlangan;
Hirshfeld sirt tahlilida H∙∙∙H, O∙∙∙H/H∙∙∙O, H···S/S···H va H···C/C···H ta’sirlari ko‘proq kuzatilgan hamda molekulalararo ta’sirlashish energiyalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. α-(N-benzoksazolin-2-tion)sirka kislota va β-(N-benzoksazolin-2-tion)propion kislotalarining biometallar bilan komplekslari kompleks birikmalari sintezi, tarkibi, kristall tuzilishi, individualligi, fizik-kimyoviy hamda biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan kompleks birikmalarning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam.ac.uk/cons/retrievihg.html CCDC depozit raqami  №2374923, №2374922, №2374921, №2420797, №2420796, №2420795, №2420794, №2420793). Natijada, bazaga kiritilgan kimyoviy birikmalar o‘xshash birikmalarni sintez qilishda, tuzilishini tavsiflashda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan;
Benzoksazolin-2-tion propion kislotasining Cu(II) ioni saqlagan aralash ligandli kompleks birikmasining 0.05% li eritmasi “NOVA FARM” MChJ O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasida dizenfeksiyalovchi vositalar tayyorlashda amaliyotga joriy etilgan (“NOVA FARM” MChJ ning 2024 yil 9 avgustdagi 34-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali dizenfeksiyalovchi vositalar olish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish