Xaydarova Malika Djamshitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich ta’lim jarayoniga individual yondashuvni tadbiq etish mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika  nazariyasi. Pedagogik  ta’limotlar  tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped.4889. 
Ilmiy rahbar: Ma’murov Bahodir Baxshulloevich pedagogika fanlari doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlar doktori, professori; Tajbenova Saule Sarsengalievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich ta’lim jarayoniga individual yondashuvni tadbiq etish mexanizmini takomillashtirish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich ta’lim jarayoniga individual yondashuvni tatbiq etish mexanizmlari o‘quvchilarga ijodiy intellektual sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan individual ijodiy-variativ topshiriqlarni kiritish hamda ish mustaqil faoliyatiga doir pedagogik vazifalar mazmuni va mohiyatini individual o‘rganish shakllari dinamikasini o‘sib borish tartibida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim jarayoniga individual yondashuvni tatbiq etishga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik omillar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning psixo-fiziologik jihatlari, ekstremal vaziyatlarda individual sifatlarini namoyon etish, o‘z-o‘zini obektiv baholash layoqati, individual faoliyat ko‘nikmalari uyg‘unligini izchil ta’minlash asosida dalillandi; 
Boshlang‘ich ta’lim jarayoniga individual yondashuvni tatbiq etishning metodik ta’minoti (reproduktiv, qisman izlanish, kreativlik bosqichlari mazmuni) individual yondashuv darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan pedagogic parametrlarning pragnostik xususiyatlariga erkinlik berish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim jarayoniga individual yondashuvni tatbiq etish jarayoni samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari va mezonlarini takomillashtirishga (muammoli, loyihaviy, hamkorlik, pegagogik qonuniyatlar) oid ilmiy amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich ta’lim jarayoniga individual yondashuvni tadbiq etish mexanizmini takomillashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
boshlang‘ich ta’lim jarayoniga individual yondashuvni tadbiq etishga yo‘naltirilgan individual ijodiy-variativ topshiriqlarni kiritish hamda o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalari boshlang‘ich ta’lim yo‘nalish talabalari uchun nashr etilgan “Texnologicheskoe obrazovanie i metodika ego obucheniya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-uil 4-martdagi 55-son buurug‘i; 570267-son ruxsatnomasi) Natijada, boshlang‘ich ta’lim jarayoniga individual yondashuvni tadbiq etish mexanizmi o‘quvchilarga ijodiy-intellektual sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan individual ijodiy-variativ topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini obektiv baholash layoqati psixo-fiziologik xususiyatlari, ekstremal vaziyatlarda individual yondashish, individual faoliyat ko‘nikmalari barqarorligini izchil ta’minlashga  doir takliflar va o‘quvchilarning turli shakldagi individual topshiriqlarni intensiv bajarish hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchisining bilish ko‘nikmasini dinamik rivojlantirishga oid takliflar “Texnologiya ta’limi va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-uil 4-martdagi 55-son buurug‘i; 55236-son ruxsatnomasi) Natijada, boshlang‘ich ta’lim jarayoniga individual yondashuvni tadbiq etish modelining o‘zaro ta’sirchan kolloborativ komponentlari mazmuni aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining individual ijtimoiy ko‘nikmasini bosqichma-bosqich rivojlantirish, hayotiy va ijtimoiy-madaniy tajribalarni mazmunan qulaylashtirish hamda individual imkoniyatlarini kengaytirib  beruvchi subektiv muammolarni hissiy tushunishga doir tavsiyalar “Texnologicheskoe obrazovanie i metodika ego obucheniya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-uil 4-martdagi 55-son buurug‘i; 570267-son ruxsatnomasi) Natijada, boshlang‘ich ta’lim jarayoniga individual yondashuvni tadbiq etish samaradorligini belgilash mezonlari va baholash ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish