Ibodullaev Shoxboz To‘lqin o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarining raqobatbardoshligini ta’minlash yo‘llari”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Iqt581
Ilmiy maslahatchi: Karimov Norboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/31.10.2024.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gadoev Suxrob Jumakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muddatsiz depozitlar bilan yuqori likvidli aktivlar o‘rtasidagi miqdoriy mutanosiblikni ta’minlash, transaksion depozitlarning barqaror qoldig‘ini yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investisiya qilish, qisqa muddatli aktivlarning o‘sish sur’ati bilan qisqa muddatli majburiyatlarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash yo‘li bilan banklarning joriy likvidlilik darajasini oshirish taklifi asoslangan;
sof foizli spred ko‘rsatkichining inflyasiya darajasi hisobga olingan holdagi me’yoriy darajasini ta’minlagan holda, sof foizli spred hisobidan muddatli depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi hamda ikkinchi darajali darajali kapitalning miqdorini ko‘paytirish orqali regulyativ kapitalning passivlar hajmidagi salmog‘ini oshirish taklifi asoslangan;
tijorat banklariga o‘zining hisobidan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmini regulyativ kapital summasidan oshib ketmaydigan miqdorda belgilash va investisiya fondlaridagi ishtirokni bank kapitalining 3,0 foizigacha bo‘lgan summaga cheklash taklifi asoslangan;
banklararo kreditlarning passivlar hajmidagi salmog‘ini pasaytirish va regulyativ kapitalning passivlar hajmidagi salmog‘ini oshirish asosida foizli daromadlar bilan foizli xarajatlar o‘rtasidagi barqaror nisbatni ta’minlash, foizsiz xarajatlarning foizsiz daromadlarga nisbatan past va barqaror darajasini ta’minlash, yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar miqdorini ko‘paytirish yo‘li bilan bank aktivlarining riskka tortilgan summasini kamaytirishning zarurligi asoslangan;
TIF Milliy bankida kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining miqdori va darajasining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida::
muddatsiz depozitlar bilan yuqori likvidli aktivlar o‘rtasidagi miqdoriy mutanosiblikni ta’minlash, transaksion depozitlarning barqaror qoldig‘ini yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investisiya qilish, qisqa muddatli aktivlarning o‘sish sur’ati bilan qisqa muddatli majburiyatlarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash yo‘li bilan banklarning joriy likvidlilik darajasini oshirish taklifi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki amaliyotiga joriy etilgan (Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining 2024 yil 15 fevraldagi 02/1-1223/17-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida TIF Milliy bankida 2023 yilning uchinchi choragi yakunida 2023 yilning birinchi choragiga nisbatan kreditlarning o‘sish sur’ati 5,3 foizni tashkil etgani holda, kreditlardan olingan foizli daromadlarning o‘sish sur’ati 3,1 martani tashkil etdi va barqaror passivlarning miqdori, 2023 yilning 1 oktyabr` holatiga shu yilning 1 aprel` holatiga nisbatan 6,8 foizga ko‘paygan.
sof foizli spred ko‘rsatkichining inflyasiya darajasi hisobga olingan holdagi me’yoriy darajasini ta’minlagan holda, sof foizli spred hisobidan muddatli depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi hamda ikkinchi darajali darajali kapitalning miqdorini ko‘paytirish orqali regulyativ kapitalning passivlar hajmidagi salmog‘ini oshirish taklifi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki amaliyotiga joriy etilgan (Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining 2024 yil 15 fevraldagi 02/1-1223/17-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida TIF Milliy bankida 2023 yilni 1 oktyabr` holatiga ko‘ra, yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘i 2023 yilning 1 aprel` holatiga nisbatan 4,2 foizli punktga oshgan.
tijorat banklariga o‘zining hisobidan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmini regulyativ kapital summasidan oshib ketmaydigan miqdorda belgilash va investisiya fondlaridagi ishtirokni bank kapitalining 3,0 foizigacha bo‘lgan summaga cheklash taklifi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki amaliyotiga joriy etilgan (Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining 2024 yil 15 fevraldagi 02/1-1223/17-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida TIF Milliy bankida aktivlarning daromadliligi 2023 yilning uchinchi choragi yakunida 2023 yilning birinchi choragiga nisbatan 7,8 foizli punktga oshgan.
banklararo kreditlarning passivlar hajmidagi salmog‘ini pasaytirish va regulyativ kapitalning passivlar hajmidagi salmog‘ini oshirish asosida foizli daromadlar bilan foizli xarajatlar o‘rtasidagi barqaror nisbatni ta’minlash, foizsiz xarajatlarning foizsiz daromadlarga nisbatan past va barqaror darajasini ta’minlash, yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar miqdorini ko‘paytirish yo‘li bilan bank aktivlarining riskka tortilgan summasini kamaytirishning zarurligi taklifi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki amaliyotiga joriy etilgan (Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining 2024 yil 15 fevraldagi 02/1-1223/17-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida TIF Milliy bankida foizli daromadlar bilan foizli xarajatlar o‘rtasidagi barqaror nisbatni ta’minlash, yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar miqdorini ko‘paytirish yo‘li bilan bank aktivlarining riskka tortilgan summasini kamaytirish imkoni yaratilgan.
TIF Milliy bankida kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining miqdori va darajasining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki amaliyotiga joriy etilgan
(Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining 2024 yil 15 fevraldagi 02/1-1223/17-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida TIF Milliy bankida kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining miqdori va darajasining istiqboldagi ko‘rsatkichlarini ta’minlash shartlari va asosiy parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkonini bergan.