Hayitov Jamshid Xolvoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Obodonlashtirish xizmatlarini rivojlantrishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt1782 
Ilmiy rahbar:  Mirzaev Qulmamat Janzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyunovich,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Murtazaev Olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro Davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyatida obodonlashtirish xizmatlarini rivojlantrishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “obodonlashtirish xizmati samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni hududlarda obodonlashtirish (ko‘kalamzorlashtirish, qattiq chiqindi va chiqindixonalar bilan bog‘liq xizmatlar, tungi yoritish tizimlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalardan foydalanishni rivojlantirish, piyodalar yo‘laklarini qurish va ta’mirlash, ichki irrigasiya tarmoqlarini qurish va ta’mirlash) xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlar va ulardan olinadigan daromadlar natijasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
obodonlashtirish xizmatlari korxonalari samaradorligini baholash obodonlashtirish xizmatlari sohasining moddiy-texnik bazasi (MTB = 0,37), mehnat resurslari ta’minoti (MRT = 0,24) va malakalarini oshirish (MO = 0,39) omillarining sohaga yo‘naltirilgan xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlari darajasini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
obodonlashtirish xizmatlarini rivojlantirishning muhim tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi tarkibiga ekologik va obodonlashtirish muammolarini tadqiq etishga yo‘naltirilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini hudud muvofiqlashtiruvchi kengashi orqali uyg‘unlashtirilgan “Samarqand viloyati obodonlashtirish hududiy klasteri” tashkiliy tuzilmasi taklif etilgan; 
obodonlashtirish xizmatlariga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida Samarqand viloyatida 2028 yilga qadar obodonlashtirish xizmatlarini rivojlantirishning  prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Obodonlashtirish  xizmatlarini rivojlantrishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “obodonlashtirish xizmati samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini hududlarda obodonlashtirish (ko‘kalamzorlashtirish, qattiq chiqindi va chiqindixonalar bilan bog‘liq xizmatlar, tungi yoritish tizimlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalardan foydalanishni rivojlantirish, piyodalar yo‘laklarini qurish va ta’mirlash, ichki irrigasiya tarmoqlarini qurish va ta’mirlash) xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlar va ulardan olinadigan daromadlar natijasi nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Tabiiy resurslar iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 avgustdagi 
284-sonli buyrug‘i hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 
2024 yil 30 avgustdagi 1-sonli qarori). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda hududlarda obodonlashtirish xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlar va ulardan olinadigan daromadlar natijasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “obodonlashtirish xizmati samaradorligi” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
obodonlashtirish xizmatlari korxonalari samaradorligini baholash obodonlashtirish xizmatlari sohasining moddiy-texnik bazasi (MTB = 0,37), mehnat resurslari ta’minoti (MRT = 0,24) va malakalarini oshirish (MO = 0,39) omillarining sohaga yo‘naltirilgan xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlari darajasini hisobga olgan holda takomillashtirish taklifi Samarqand viloyati Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 21 fevraldagi №04-07-27-2088-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida obodonlashtirish xizmatlari sohasi omillarining sohaga yo‘naltirilgan xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlari darajasini hisobga olish imkoni yaratilgan;
obodonlashtirish xizmatlarini rivojlantirishning muhim tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi tarkibiga ekologik va obodonlashtirish muammolarini tadqiq etishga yo‘naltirilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini hudud muvofiqlashtiruvchi kengashi orqali uyg‘unlashtirilgan “Samarqand viloyati obodonlashtirish hududiy klasteri” tashkiliy tuzilmasiga oid taklifi Samarqand viloyati Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 21 fevraldagi №04-07-27-2088-sonli ma’lumotnomasi. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Samarqand viloyati obodonlashtirish hududiy klasteri” tashkiliy tuzilmasi yordamida ekologik va obodonlashtirish muammolarini tadqiq etishga yo‘naltirilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini hudud muvofiqlashtiruvchi kengashi orqali uyg‘unlashtirish imkoni yaratilgan; 
obodonlashtirish xizmatlariga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida Samarqand viloyatida 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan obodonlashtirish xizmatlarini rivojlantirishning  prognoz ko‘rsatkichlari Samarqand viloyati Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 21 fevraldagi №04-07-27-2088-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Samarqand viloyatida o‘rta muddatli istiqbolda obodonlashtirish xizmatlarini rivojlantirishning asosiy parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish