Jalolov Abbosxon Ravshanxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektrotexnika sanoati mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4328.
Ilmiy rahbar: Xotamov Ibodullo Sadulloevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Muratova Shoxista Nigmatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunxo‘jaev Sardor Jamoliddin o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektrotexnika sanoati mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxona raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxonaning raqobatbardoshligini ta’minlash tizimi va korxonaning raqobatbardoshligini boshqarish darajalarini tasniflash, ichki va tashqi muhit ta’sirida unga moslashish qobiliyatini aks ettiruvchi o‘zgaruvchan qiymat sifatida ko‘rib chiqish asosida takomillashtirilgan;
elektrotexnika sanoati korxonalarida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish holatini baholash mahsulot sifatini oshirish (MS = 0,36), ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish (IChX = 0,21), innovatsiyalarni joriy etish (IJE = 0,29), mahsulotning bozor ulushini tahlil qilish (MBU = 0,14) jarayonlari o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
elektrotexnika sanoati korxonalarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini “yashil” loyihalarni amalga oshirish orqali namoyon bo‘luvchi ekologik yo‘naltirilgan jarayonlar bilan muvofiqlashtirishdan foydalanish taklifi asoslangan;
“Uzkabel” AJ qo‘shma korxonasida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi asosida 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektrotexnika sanoati mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxona raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini korxonaning raqobatbardoshligini ta’minlash tizimi va korxonaning raqobatbardoshligini boshqarish darajalarini tasniflash, ichki va tashqi muhit ta’sirida unga moslashish qobiliyatini aks ettiruvchi o‘zgaruvchan qiymat sifatida ko‘rib chiqish asosida takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Korxona iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2022 yil 19 dekabrdagi 390-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda korxonaning raqobatbardoshligini o‘zgaruvchan qiymat sifatida ko‘rib chiqish asosida takomillashtirilgan “korxona raqobatbardoshligi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
elektrotexnika sanoati korxonalarida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish holatini baholash mahsulot sifatini oshirish (MS = 0,36), ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish (IChX = 0,21), innovatsiyalarni joriy etish (IJE = 0,29), mahsulotning bozor ulushini tahlil qilish (MBU = 0,14) jarayonlari o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash orqali takomillashtirish taklifi “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining 2024 yil 22 fevraldagi 03-2/281-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish natijasida xalqaro tajribalarni joriy etish, yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘nalishlarida faoliyat olib borishga erishish imkoni yaratilgan;
elektrotexnika sanoati korxonalarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini “yashil” loyihalarni amalga oshirish orqali namoyon bo‘luvchi ekologik yo‘naltirilgan jarayonlar bilan muvofiqlashtirishdan foydalanish taklifi “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining 2024 yil 22 fevraldagi 03-2/281-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mamlakatda yashil investision jozibadorlikka qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoni yaratilgan;
“Uzkabel” AJ qo‘shma korxonasida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi asosida 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining 2024 yil 22 fevraldagi 03-2/281-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida sanoat korxonasida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkoni yaratilgan.