Qurolov Maqsud Obitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi) “Raqamli marketing texnologiyalari asosida xizmatlar sohasini rivojlantirish (sog‘iqni saqlash tizimi misolida)”, ”08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt2269
Ilmiy rahbari: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor B.O.Tursunov va iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori dotsent A.R.Ashurov
Yetakchi tashkilot:Toshkent Kimyo-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli marketing texnologiyalari asosida sog‘liqni saqlash muassasalarida xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «raqamlashtirish» tushunchasining mazmuni sog‘liqni saqlash tashkilotlarining bemorlar bilan ishlash jarayonlarini optimallashtirish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimi faoliyati ko‘rsatkichlarini izlash, taqqoslash, eksperiment, sintez va baholash orqali sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotida foydalanish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan usul va uslublar majmui nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
raqamli marketing elementlari bo‘lgan qidiruv optimizatsiya (SEO) orqali izlash, shifoxonaga murojaat qilish, poliklinikalarning veb sahifasiga kirish va mobil ilova orqali murojaat etish, blogerlar reklamasi va ijtimoiy media orqali beriladigan reklamalardan klinikalar tizimini «past» (Ri=0,3%), «o‘rtacha» (Ri=0,7%) va «yuqori» (Ri=0,9%) mezonlariga ko‘ra samarali qaror qabul qilish taklifi asoslangan;
raqamli marketing tadqiqotlari samaradorligini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibiga kiruvchi tibbiyot birlashmalarining raqamli marketing faoliyatini tashkil etish orqali mahalliy sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish taklifi asoslangan
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalariga qarashli davlat va xususiy poliklinikalar tizimini raqamli marketing bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ekonometrik modellari asosida 2030-yilga qadar klinikalar rivojlanishining prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli marketingdan foydalanish asosida sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «raqamlashtirish» tushunchasining mazmuni sog‘liqni saqlash tashkilotlarining bemorlar bilan ishlash jarayonlarini optimallashtirish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimi faoliyati ko‘rsatkichlarini izlash, taqqoslash, eksperiment, sintez va baholash orqali sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotida foydalanish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan usul va uslublar majmui nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarilgan takliflar sog‘liqni saqlash tizimi tarkibidagi tibbiyot muassasalarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi 2024 yil “28” noyabr 02-28/27833-sonli ma’lumotnoma, Toshkent shahar hokimligi Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi 2024-yil “1” iyul №01/1456-sonli ma’lumotnoma). Natijada, sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibiga kiruvchi klinikalarda bemorlarning ortiqcha navbat kutish vaqti mavjud uch-to‘rt soatdan 30 daqiqagacha qisqargan;
raqamli marketing elementlari bo‘lgan qidiruv optimizatsiya (SEO) orqali izlash, shifoxonaga murojaat qilish, poliklinikalarning veb sahifasiga kirish va mobil ilova orqali murojaat etish, blogerlar reklamasi va ijtimoiy media orqali beriladigan reklamalardan klinikalar tizimini «past» (Ri=0,3%), «o‘rtacha» (Ri=0,7%) va «yuqori» (Ri=0,9%) mezonlariga ko‘ra samarali qaror qabul qilish taklifi sog‘liqni saqlash tizimi tarkibidagi muassasalarda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi 2024 yil “28” noyabr 02-28/27833-sonli ma’lumotnoma, Toshkent shahar hokimligi Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi 2024-yil “1” iyul №01/1456-sonli ma’lumotnoma). Natijada, sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibiga kiruvchi klinikalar faoliyatini samarali baholash imkoniyati yaratilgan;
raqamli marketing tadqiqotlari samaradorligini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibiga kiruvchi tibbiyot birlashmalarining raqamli marketing faoliyatini tashkil etish orqali mahalliy sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish taklifi asoslangan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi 2024 yil “28” noyabr 02-28/27833-sonli ma’lumotnoma, Toshkent shahar hokimligi Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi 2024-yil “1” iyul №01/1456-sonli ma’lumotnoma). Natijada, sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibiga kiruvchi klinikalarda raqobat muhitini yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalariga qarashli davlat va xususiy poliklinikalar tizimini raqamli marketing bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ekonometrik modellari asosida 2030-yilga qadar klinikalar rivojlanishining prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi 2024 yil “28” noyabr 02-28/27833-sonli ma’lumotnoma, Toshkent shahar hokimligi Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi 2024-yil “1” iyul №01/1456-sonli ma’lumotnoma).Natijada, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida ambulator-poliklinikalarning 2030-yilgacha rivojlanish prognoz senariylari bo‘yicha chora tadbirlar yo‘l xaritasini shakllantirishda qo‘llanilgan.