Daminov Muslimbek Asadullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion ta’lim sharoitida molekulyar genetika fanini oʻqitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped5687.
Ilmiy rahbar: Jumanov Muratbay Arepbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.20.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Otenova Farida Tolegenovna biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion ta’lim sharoitida molekulyar genetika fanini oʻqitish metodikasini takomillashtirish va molekulyar genetika fani o‘qitiladigan oliy ta’lim muassasalarida innovatsion ta’lim texnologiyalariga asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
irsiyatning xromosoma mavzularini oʻqitish samaradorligi molekulyar genetikadagi tushunchalar va jarayonlarni tushuntirish videolar, animasiyalar va interaktiv simulyasiyalar, manbalar oʻquv tajribasini qiziqarli va immersiv qilish, hamda murakkab molekulyar tuzilmalar va mexanizmlarni tasavvur qilish va tushunish hamda tahlil qilish asosida takomillashtirilgan;
irsiyatning xromasoma mavzularini oʻqitish metodikasi, gamifikasiya, “Irsiyatning xromasoma nazariyasi” mavzusiga inkulizif tushunchalarni kiritish, oʻquv maqsadlarini mustahkamlash, genetik meros, DNK replikasiyasi va oqsil sintezi jarayonlarini aks ettiruvchi oʻyinlar va boshqotirmalardan hamda genetika sohasida muhim kontekstlarni identiv qoʻllash asosida takomillashtirilgan;
virtual laboratoriyalar va real laboratoriya mashg‘ulotlarida talabalarga eksperimentlar tuzib, ma’lumotlarni tahlil qilish va murakkab genetik ma’lumotlar toʻplamidan xulosa chiqarish, laboratoriya tajribalari taqdim etish, talabalar haqiqiy dunyo tadqiqotlarini taqlid qiluvchi laboratoriya mashg‘ulotlaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
irsiyatning xromasoma mavzularining oʻqitish texnologiyalari genetik, molekulyar genetika tushunchalar, drazafila pashshasi koʻz ranglari va qanotlarining turli darajada irsiylanib oʻzgarishi, hamda genetik test, shaxsiylashtirilgan tibbiyot va genlarni tahrirlash vareal tatbiq etilish jihatlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion ta’lim sharoitida molekulyar genetika fanini oʻqitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalar asosida:
molekulyar genetika fani o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir bilim, nazariy, amaliy, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni aniqlash hamda axborot texnologiyalarining tashkiliy komponentlariga oid berilgan taklif va tavsiyalardan bakalavrlar uchun mo‘ljallangan “Biologiya”, “Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)”, “Tibbiy biologik ish” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari, Malaka talab, o‘quv dasturlari mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 2 dekabrdagi 11-05-6928/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning fanga oid axborotlarni Davlat ta’lim standartida belgilangan Malaka talablari asosida o‘zlashtirish darajasi samaradorligini aniqlash imkonini bergan;
molekulyar genetika fanini o‘qitishni takomillashtirish maqsadida “Irsiyatning xromosoma nazariyasi” mavzularini o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi aloqa ta’minlangan, ta’lim muhitida masala va mashqlar ishlash bo‘yicha o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan, masala va mashqlar echishga asoslangan o‘quv uslubiy tavsiyanoma, uslubiy tavsiyalar, uslubiy tavsiyanoma yaratilgan va ulardan samarali foydalanish metodikasi takomillashtirilgan hamda “Molekulyar genetika” nomli o‘quv qo‘llanma nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 2 noyabrdagi A/F 514-son buyrug‘iga asosan berilgan G/000152-2023-son nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning molekulyar genetika fanidan o‘quv axborotlari bilan ishlash kompetensiyasi rivojlantirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning irsiyat va xromosoma haqida tafakkurini rivojlantirishda irsiyatning xromosoma nazariyasi mavzularini o‘qitish metodikasi mazmuni didaktik tamoyillar asosida integrasion bilimlarni ilmiy-nazariy jihatdan o‘zaro iqtidori, qobiliyati, layoqati va qiziqishlarini aniqlashga yo‘naltirilgan metodik tizimi interfaol dasturiy vositalar «Tushunchalar tahlili», «Interfaol metod»lardan o‘quv jarayonida foydalanish imkoniyatlariga ko‘ra rivojlantirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 2 dekabrdagi 11-05-6928/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning molekulyar genetika fani mavzularini o‘zlashtirish darajalari va ta’lim sifatini oshirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarida molekulyar genetika fani mavzularini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitishni samarali amalga oshirish uchun zamonaviy tavsiyalar ishlab chiqilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 2 dekabrdagi 11-05-6928/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida molekulyar genetika ta’limi mazmunini va fanning talabalar tomonidan o‘zlashtirish imkoniyatlari hamda o‘qitish samaradorligi oshirilgan.