Xayitov Ilxom Baxodirovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ventral churrasi mavjud osilgan qorinli bemorlarni xirurgik davolashni tanlash usullarini ishlab chiqish», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib116.

Ilmiy rahbar: Teshaev Oktyabr Ruxullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori; Qayumxodjaev Abdurashit Abdusalomovich, tibbiyot fanlari doktori;

Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Samara davlat tibbiyot universiteti oliy ta’lim federal davlat byudjet ta’lim muassasasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kompleks tashxislash, amaliyotdan oldingi taktik va texnik tayyorgarlik yo‘li bilan ventral churrasi bo‘lgan qorni osilgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

nafas olish tizimining zaxira holatini baholashning kompleks usullari ishlab chiqilgan va buning asosida spirometriya jismoniy yuklamalar va yuklamalar davomida qorin bo‘shlig‘i bosimini oshirish natijasida takomillashtirilgan;

jismoniy yuklamalar orqali yurak-qon tomir tizimining moslashuvchanligi va metabolik sindromning xususiyatlari aniqlangan;

ventral churrasi bo‘lgan qorni osilgan bemorlarda gernioabdominoplastika rejalashtirilganda, teri va teri osti yog‘ qavati rezeksiyasi hajmini hisoblash usullari ishlab chiqilgan;

amaliyotdan keyingi estetik natijani yaxshilash maqsadida ventral churrali bemorlarda yangi kindik hosil qilish usullari ishlab chiqilgan;

amaliyotdan keyingi va ventral churrasi bo‘lgan qorni osilgan bemorlarda abdominoplastika bajarilganda, ularning hayot tarzi abdominoplastika qilinmagan holatlarga nisbatan yaxshilanganligi isbotlangan;

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ventral churrasi bo‘lgan qorni osilgan bemorlarni xirurgik davolashni tanlash usullarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Qorni osilgan bemorlarda amaliyotdan keyingi ventral churrani tashxislash va davolash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 29 noyabrdagi 8n-d/73-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan uslubiy qo‘llanmada qorni osilgan bemorlarda amaliyotdan keyingi ventral churralarni tashxislash va davolash taktikasi, jarrohlik amaliyotini ishlab chiqish imkonini bergan;

ventral churrasi bo‘lgan qorni osilgan bemorlarni xirurgik davolashni tanlash bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Toshkent shahar 1-sonli shahar klinik shifoxonasi va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 29  noyabrdagi 8n-z/73-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotdan olingan natijalarning klinik amaliyotga joriy qilinishi amaliyotdan keyingi va ventral churrasi bo‘lgan qorni osilgan bemorlarni xirurgik davolash natijasida kasalliklarni erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish, amaliyotdan keyingi asoratlarni 45,6%dan 13,1%gacha kamaytirish, shuningdek hayot sifatini jismoniy ko‘rsatkichlar bo‘yicha 63,7%dan 78,5%gacha, ruhiy holat bo‘yicha 52,2%dan 79,4%gacha yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish