Xalmuradova Zebiniso Shavkatovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va rus badiiy matnlarida qo‘llanilgan fransuz lisoniy birliklarning semantik va pragmatik xususiyatlari” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4898
Ilmiy rahbar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil.83.01 
Rasmiy opponentlar: Qarshibaeva Uljon Davirovna, filologiya fanlari doktori, professor;  Buzrukova Mahina, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va rus badiiy matnlarida qo‘llanilgan fransuz lisoniy birliklarning struktur-semantik va pragmatik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va rus badiiy adabiyotiga fransuz madaniyatining ta’siri o‘rganilgan hamda personajlarning nutqi, tashqi ko‘rinishi, turmush tarzi, taomnomalar va intererlar tasvirlashida qo‘llanilgan fransuz lisoniy birliklarning pragmatik va semantik jihatlari yoritilgan;
ingliz va rus tillarida yozilgan badiiy asarlarda fransuz lisoniy birliklarining so‘z, birikma yoki gap shakli bo‘yicha struktur, ijobiy / salbiy konnotatsiya, denotativ va ko‘chma ma’no bo‘yicha semantik xususiyatlari yoritilgan hamda ikkala tilda ularning allomorf va izomorf xususiyatlari aniqlangan;
ingliz va rus badiiy matnlarda fransuzcha so‘z, ibora va paremiyalarning murojaat, maslahat berish, tanbeh berish, inkor qilish va taklif berish kabi pragmatik vazifalari asoslangan, ularning fransuz tarixi, jug‘rofiyasi, milliy madaniyati bilan bog‘liq lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda ochib berilgan; 
ingliz va rus badiiy mantlarda fransuz lisoniy birliklarining his-tuyg‘ularni ifodalashda undov so‘zlar, evfemizm, takrorlash, antiteza va kinoya kabi ekspressiv-stilistik vositalari aniqlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va rus badiiy asarlarida qo‘llanilgan fransuz birliklarining semantik, stilistik va pragmatik xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida:
tarjima matnida badiiy asarning semantik va pragmatik ma’nosini tahlil qilish natijalari Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+ dasturining 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida qo‘llanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 14-avgustdagi 1559/02-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya materiallari o‘qituvchilarning badiiy asarlarni talqin qilish, ulardagi fransuz lisoniy birliklarining struktur-semantik xususiyatlarini yoritish, badiiy matnni tarjima qilish, qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik sohalaridagi bilimini oshirish hamda stilistik va pragmatik vositalarni chuqur o‘rganish uchun xizmat qilgan;
ingliz badiiy matnlarda qo‘llanilgan fransuz birliklarining tarjimasi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 14-avgustdagi 1558/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz badiiy matnlarda qo‘llanilgan fransuz lisoniy birliklarining pragmatik vazifalari va lingvomadaniy jihatlarini tahlil qilish, talabalarning inglizzabon badiiy asarlarni o‘qish va tarjima qilish, asliyat va tarjima matnni qiyoslash hamda turli pragma-stilistik vositalarni o‘rganish ko‘nikmalari til aspektlari amaliyoti va adabiyotshunoslik fani doirasida takomillashtirilgan;
dissertatsion tadqiqot bo‘yicha erishilgan natijalar va ishlab chiqilgan tavsiyalardan Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” xalqaro loyihani  amalga oshirishda va uning o‘quv jarayonida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 25-noyabrdagi 2587/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanilgan material oʼqituvchilarning badiiy asarlarni talqin qilish va badiiy matnlarni tarjima qilish qobiliyatini oshirish, badiiy matnlarda fransuz lisoniy birliklarning qoʼllanilishini oʼrganish, ularning struktur-semantik xususiyatlarini aniqlash, qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik sohalaridagi bilimini oshirish hamda stilistik va pragmatik vositalarni chuqur oʼrganish uchun xizmat qilgan;
dissertatsiyaning ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2024-yil 21-avgust kuni efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvining navbatdagi sonini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 01-07/238-sonli guvohnomasi). Dissertatsiya materiallarida tadqiqotning badiiy mantlarda fransuz lisoniy birliklarning ekspressiv-stilistik jihatlari va badiiy usullarni oʼrganish xulosalari orqali yoshlarning kitobxonlik saviyasini va badiiy asarlarni oʼqish qobiliyatini oshirishga, ilg‘or chet el tilshunosligi va jahon adabiyoti mazmunini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish