Abdiraxmanova Dono Ikramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Metallashtirilgan bo‘yoqlarni modifikatsiyalash orqali qadoqlash mahsulotlarini chop etish sifatini yaxshilash” mavzusidagi dissertatsiya ishi 05.02.03 –Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnik tizimlar (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2024.4. PhD/T5092
Ilmiy rahbar: Babaxanova Xalima Abishevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Shin Illarion Georgievich, texnika fanlari doktori, professor; Gromiko Irina Grigor`evna, t.f.n., dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metallashtirilgan bo‘yoqlarni modifikatsiyalash yo‘li bilan qadoqlash mahsulotlarini chop etish sifatini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qadoqlash mahsulotlarini chop etish uchun gilos daraxti qatronidan foydalanish asosida metallashtirilgan ofset bo‘yog‘ini olish texnologiyasi takomillashtirilgan;
metallashtirilgan bo‘yoqlarda yopishqoqlikni va mustahkamlanish vaqtini kamaytirish uchun gilos daraxti qatronini qo‘shish asosida bog‘lovchi modda olish usuli ishlab chiqilgan;
metallashtirilgan bo‘yoq bosma-texnik xossalarining gilos daraxti qatronining tarkibi va qo‘shilish miqdoriga bog‘liqligi spektrodensitometr usuli orqali aniqlangan;
qadoqlash mahsulotlarini chop etishda sifatni ta’minlash uchun bo‘yoqning tarkibi, xossalari va tuslarning o‘sish ko‘rsatkichi orasidagi o‘zaro bog‘liqlik qonuniyati regression tenglamalar qurish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Gilos daraxti qatroni qo‘shib olingan metallashtirilgan bo‘yoqlarning bosiluvchi materialning yuzasi bilan o‘zaro ta’sirlashuvi xususiyatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
gilos daraxti qatronidan bog‘lovchi olish usuliga Belorussiya Respublikasi intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (BY № 20230298). Natijada mahalliy homshyodan olingan metallashtirilgan ofset bosma bo‘yoq uchun bog‘lovchi komponenti bo‘yoqning yopishqoqligi va qog‘oz yuzasida qurish tezligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
gilos daraxti qatronini qo‘shib metallashtirilgan bo‘yoq «Credo Print» MChJ va «Standart Poligraf servic» MChJ korxonalarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025 yil 7 yanvardagi 06-02-16-93-son ma’lumotnomasi). Natijada, gilos daraxti qatronini kiritish bilan metalllashtirilgan bo‘yoqni joriy etish ichki bozorni mahalliy materiallar bilan ta’minlashga va mahsulotlarning assortimenti va hajmini oshirishga yordam beradi, metalllashtirilgan bo‘yoqning ma’lum bir ratsional tarkibi standart doirasida muqobil bo‘lgan 2,19 qiymatga erishilgan.