Sattarov Oybek Toxirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Abdominal churralar xirurgiyasida endovizual texnologiyalarni optimallashtirish», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Tib315.
Ilmiy maslahatchi: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Gorskiy Viktor Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori; Aripova Nazira Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «A.V. Vishnevskiy nomidagi Xirurgiya milliy tibbiy tekshirish markazi» federal davlat byudjet tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: endovizual texnologiyalarni optimallashtirish va churralar qaytalanishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish yo‘li bilan qorin churrasi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alloprotezning eng mos o‘lchamini hisoblash imkonini beruvchi, gernioplastikada implantat joylashtirilishining maqbul anatomik chegaralari aniqlangan;
TARRda parietal qorin pardasini ajratish usuli takomillashtirilgan va u minimal invaziv jarrohlik amaliyotining xavfsiz bajarilishini ta’minlagan;
TER muolajasi vaqtida parietal qorin parda zararlangan holda qorin ichki bosimini tuzatish usuli ishlab chiqilgan;
“Endoskopik ilgak-igna” yordamida qorin to‘g‘ri mushagi diastazini laparoskopik tarzda bartaraf etish usullari takomillashtirilgan;
laparoskopik gernioplastika amaliyotining klinik samaradorligini oshirish imkonini beruvchi kindikni endoprotezga ekstraperitonal biriktirish usuli ishlab chiqilgan;
laparoskopik gernioplastika usulini tanlash va uni amalga oshirishning texnik jihatlarini asoslash uchun chov churrasining L.Nyhus tasnifidan foydalanish maqsadga muvofiqligi tasdiqdangan;
amaliyotdan keyingi davrda yosh erkaklarda bepushtlik rivojlanish xavfini oldini olish maqsadida laparoskopik gernioplastikning taktik yondashuvi va optimal texnikasini tanlash aniqlangan;
antropometrik ma’lumotlarni hisobga olgan holda endovizual amaliyotlarni amalga oshirishda troakarlarni kiritishning optimal nuqtalarini aniqlash uchun stereometrik hisob-kitoblarga asoslangan matematik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Abdominal churrali bemorlarni jarrohlik usulida davolashni takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalariga ko‘ra:
“Qorin to‘g‘ri mushagi diastazini laparoskopik bartaraf etish usuli” tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 31 oktyabrdagi 8n-d/229-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan usul qorin to‘g‘ri mushagi diastazini laparoskopik usulda bartaraf etishning bajarilish texnikasini soddalashtirishga imkon bergan;
“Laparoskopik gernioplastikada instrumentlarning kiritish parametrlarini hisoblash usuli” tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 31 oktyabrdagi 8n-d/229-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan usulning tatbiq etilishi endoskopik asboblarni jarrohlik sohasiga kiritish burchagini optimallashtirishga imkon bergan;
“Qorin oldingi devorini davolashning tushunchasi, klassifikatsiyalari va standartlari” va “Chov churralarining xirurgik bartaraf etishning zamonaviy tamoyillari” uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 31 oktyabrdagi 8n-d/229-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar endovizual amaliyot usulini tanlashni optimallashtirish va qorin devori churralarini davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
“Laparoskopik gernioplastikaning TARR va TER-texnikalari” tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 31 oktyabrdagi 8n-d/229-son ma’lumotnomasi). Takomillashtirilgan usullarni joriy etish minimal invaziv amaliyotlar samaradorligini oshirish, amaliyot ichi va undan keyingi asoratlarni 10,3%dan 5,0%gacha kamaytirish, kasallikning qaytalanishi va keksa yoshdagi bemorlarda qarama-qarshi tomonda churra rivojlanish ulushini kamaytirish imkonini bergan;
abdominal churralarni davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyat filiallari jarrohlik bo‘limlari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 20 iyuldagi 8n-d/163-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tavsiya etilgan algoritmlar va endovizual amaliyotlarning yangi usullari asosida qorin devori churralari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi sezilarli darajada kengaytirilgan va usulning samaradorligini 81,4%dan 93,6%gacha ko‘tarish imkonini bergan.