Tajiev Javlon Karimboevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning xalq hunarmandchiligi, amaliy san’ati va badiiy loyihalashga oid kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (texnologik ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped999
Ilmiy rahbar: Ruziev Erkin Iskandarovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Gulyamov Komiljon Maxmudovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining xalq hunarmandchiligi, amaliy san’ati va badiiy loyihalash kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
o‘zbek xalq san’ati tushunchalarining mazmuni va ierarxiyasi sodda va an’anaviy san’at turlari, zamonaviy asboblar, materiallar va dizayn tushunchalarini o‘z ichiga olgan an’anaviy va zamonaviy xalq badiiy hunarmandchiligiga ajratilgan holda aniqlashtirilgan;
xalq hunarmandchiligi, amaliy san’ati va badiiy loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish modeli talabalarni g‘oyaviylik, kognitivlik, pedagogik-psixologik kasbiy sifatlariga ko‘ra pedagogik faoliyatga tayyorlash orqali mazmunan takomillashtirilgan;
noyob va zamonaviy san’at asarlarini yaratish kompetentligini rivojlantirish metodikasi bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarga xunarmandchilik soxalarini o‘rgatishda naqqoshlik san’atiga oid amaliy jarayonlarga urg‘u berilgan holda takomillashtirilgan;
talabalarning xalq hunarmandchiligi, amaliy san’at va badiiy loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishda amaliy integratsiyalashga asoslangan o‘qitish metodikasi, kasbga yo‘naltirilgan ijodiy topshiriqlar, shaxsiy sifatlar va umummadaniy nazariy ma’lumotlarni kiritish orqali amaliyotga tatbiq etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining xalq hunarmandchiligi, amaliy san’ati va badiiiy loyihalash kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek xalq san’ati tushunchalarining mazmuni va ierarxiyasini o‘rganish asosida aniqlashtirilgan, sodda va an’anaviy san’at turlari, zamonaviy asboblar, materiallar va dizayn tushunchalarini o‘z ichiga olgan an’anaviy va zamonaviy xalq badiiy hunarmandchiligiga ajratib o‘qitishga oid ma’lumotlar hamda talabalarni g‘oyaviylik, kognitivlik, pedagogik-psixologik kasbiy sifatlariga ko‘ra pedagogik faoliyatga tayyorlash orqali xalq hunarmandchiligi, amaliy san’ati va badiiy loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishning modelini takomillashtirishga oid takliflar “Xalq hunarmandchiligi va amaliy san’ati” nomli o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘i, 106-141-raqamli guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash” fanini o‘qitish jarayonining o‘quv-metodik ta’minotini hamda talabalarning xalq hunarmandchiligi, amaliy san’ati va badiiy loyihalash kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish metodikasini takomillashtirilishiga erishilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilariga xunarmandchilik soxalarini o‘rgatishda naqqoshlik san’atiga oid amaliy jarayonlarga urg‘u berilib, noyob va zamonaviy san’at asarlarini yaratish kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid nazariy va amaliy ma’lumotlar “Badiiy loyihalash” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘i, 106-142-raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarga xunarmandchilik soxalarini o‘rgatishda naqqoshlik san’atiga oid amaliy jarayonlarga urg‘u berilib, noyob va zamonaviy san’at asarlarini yaratish kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish metodikasi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
talabalarning xalq hunarmandchiligi, amaliy san’at va badiiy loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishda amaliy integrasiyalashga asoslangan o‘qitish metodikasi kasbga yo‘naltirilgan ijodiy topshiriqlar, shaxsiy sifatlar va umummadaniy nazariy va amliy takliflari “Badiiy loyihalash” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022- yil 17-martdagi 106-son buyrug‘i, 106-142-raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning xalq hunarmandchiligi, amaliy san’ati va badiiy loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodikaning samaradorlik darajasi aniqlanib va amaliyotga tatbiq etishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan.