Pulatov Azad Artikovichning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Voleybolchilarda maqsadli harakatlar aniqligi va uni turli yuklamalar ta’siriga barqarorlashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8886.
Ilmiy rahbar: Kerimov Fikrat Azizovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01. 
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Talipjanov Asqar Imamjanovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malakali voleybolchilarda maqsadli harakatlar aniqligini vestibulokinetik va keskin o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab mokkisimon yugurish mashqlari yordamida barqarorlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
voleybolchilarda tinch holatda, vestibulokinetik va aylanma-burilma elementlaridan iborat yugurish yuklamalari ta’sirida ijro etiladigan maqsadli harakatlar (to‘p uzatish, zarba berish, to‘p kiritish kabi) aniqligini oshirishga mo‘ljallangan kompleks mashqlar majmuasini kiritish hisobiga voleybolchilarni tezkorligini baholovchi kompyuterlashtirilgan o‘lchov uskuna yordamida andozalashtirilgan tartibda takomillashtirilgan;
malakali voleybolchilarda vestibulokinetik va o‘zgaruvchan yo‘nalishli yugurish yuklamalari ta’sirida kardiorespirator reaksiyalar ritmining tezlashishi, muvozanatning izdan chiqishi va harakatlar aniqligining tushib ketishi vestibulyar analizatorining “zaif” mashqlanganligi va organizmda gipoksik-giperkopnik (O2 tanqisligi va SO2ning ortib ketishi) holatning kuchayishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
voleybolda vestibulokinetik va o‘zgaruvchan yo‘nalishli yugurish yuklamalari ta’sirida ijro etiladigan maqsadli harakatlar aniqligini, baholashga mo‘ljallangan (10 balini ekspert tizimi bo‘yicha) muvozanat saqlash turg‘unligini rivojlantirishga mo‘ljallangan vestibulosomatik va anaerob mashqlar majmualarini ishlab chiqish hisobiga ularni ierarxik tartibda qo‘llash andozalari yaratilgan;
voleybolchilarda maqsadli harakatlar aniqligini oshirish uchun muvozanat saqlash turg‘unligi, gipoksik imkoniyati, yurak va nafas olish funksiyalarining tejamli ishlash rejimiga moslashtirishga qaratilgan mashqlar majmualarini kiritish hisobiga harakatlar aniqligini barqarorlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Voleybolchilarda maqsadli harakatlar (to‘p uzatish, zarba berish, to‘p kiritish) aniqligi va uni turli yuklamalar ta’sirida barqarorlashtirish” mavzusi doirasida uzoq yillar davomida o‘tkazilib kelingan tadqiqotlar natijalariga asosan:
voleybolchilarda tinch holatda, vestibulokinetik va aylanma-burilma elementlaridan iborat yugurish yuklamalari ta’sirida ijro etiladigan maqsadli harakatlar (to‘p uzatish, zarba berish, to‘p kiritish kabi) aniqligini oshirishga mo‘ljallangan kompleks mashqlar majmuasini kiritish hisobiga voleybolchilarni tezkorligini baholovchi kompyuterlashtirilgan o‘lchov uskuna yordamida andozalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati, Qibray tumani 1-sonli Sport maktabiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 10-dekabrdagi №03-16/12690-son ma’lumotnomasi). Natijada tinch holatda qayd etilgan maqsadli harakatlar aniqligi vestibulokinetik yuklamalar ta’sirida tinch holatda qayd etilgan ko‘rsatkichga (44,8%) nisbatan 21,8-15,6% gacha tushib ketgan, “Archasimon” yugurish – 92 m. ta’sirida 28,6% gacha, “Yulduzsimon” yugurish – 68,4 m. ta’sirida esa 26,4% gacha tushib ketgan;
malakali voleybolchilarda vestibulokinetik va o‘zgaruvchan yo‘nalishli yugurish yuklamalari ta’sirida kardiorespirator reaksiyalar ritmining tezlashishi, muvozanatning izdan chiqishi va harakatlar aniqligining tushib ketishi vestibulyar analizatorining “zaif” mashqlanganligi va organizmda gipoksik-giperkopnik (O2 tanqisligi va SO2ning ortib ketishi) holatning kuchayishi bilan bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi malakali voleybolchilari mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 10-dekabrdagi №03-16/12690-son ma’lumotnomasi). Natijada maqsadli harakatlar aniqligini barqarorlashtirishga zamin yaratuvchi statik muvozanatni saqlash 12,2% dan 78,7% gacha, gavdani oldinga egib, tanani chap tomonga aylantirish ta’sirida dinamik muvozanatni saqlash 9,63% dan 40,4% gacha, shu holatda tanani o‘ng tomonga aylantirish ta’sirida bunday muvozanatni saqlash 13,7% dan 69,8% gacha o‘sgan; gipoksik-giperkapnik turg‘unlik 49,3% dan 72,1% gacha o‘sgan; 
voleybolda vestibulokinetik va o‘zgaruvchan yo‘nalishli yugurish yuklamalari ta’sirida ijro etiladigan maqsadli harakatlar aniqligini, baholashga mo‘ljallangan (10 balini ekspert tizimi bo‘yicha) muvozanat saqlash turg‘unligini rivojlantirishga mo‘ljallangan vestibulosomatik va anaerob mashqlar majmualarini ishlab chiqish hisobiga ularni ierarxik tartibda qo‘llash andozalari yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti malakali voleybolchilari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 10-dekabrdagi №03-16/12690-son ma’lumotnomasi). Natijada (to‘p uzatish, zarba berish, to‘p kiritish) aniqligini tinch holatda 10,24% dan 42,5% gacha, tanani chap tomonga aylantirish ta’sirida 12,6% dan 69,6% gacha, tanani o‘ng tomonga aylantirish ta’sirida 12,3% dan 61,3% gacha o‘sgan. “Archasimon” yugurish – 92 m. ta’sirida 11,9% dan 71,3% gacha, “Yulduzsimon” yugurish – 68,4 m. ta’sirida 10,9% dan 77,1% gacha o‘sgan; 
voleybolchilarda maqsadli harakatlar aniqligini oshirish uchun muvozanat saqlash turg‘unligi, gipoksik imkoniyati, yurak va nafas olish funksiyalarining tejamli ishlash rejimiga moslashtirishga qaratilgan mashqlar majmualarini kiritish hisobiga harakatlar aniqligini barqarorlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Voleybol nazariyasi va uslubiyati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 4-maydagi 285-son buyrug‘iga asosan 285-061-son nashr guvohnomasi). Natijada voleybolchilar tayyorgarligida mashg‘ulot hamda sxematik andozalarda foydalanilgan, yurak va nafas olish funksiyalarining tejamli ishlash rejimiga moslashish ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish