Yuldashev Sanjar Keldiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon miomasi ko‘zatilgan reproduktiv yoshdagi ayollarni jarrohlik yo‘li bilan davolashni takomillashtirish», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib13.
Ilmiy rahbar: Alieva Dilfuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Sultanov Said Nasirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ayupova Farida Mirzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: reproduktiv funksiyani saqlab qolish uchun bachadon miomasini jarrohlik usuli bilan davolashning yangi usullarini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reproduktiv funksiyani saqlab qolish imkonini beradigan, qo‘pol chandiqlar hosil bo‘lish xavfining oldini oluvchi, miomatoz tugun o‘rnini tikishning yangi texnologiyasi yaratilgan;
miomektomiyani amalga oshirishda bachadonning ikki juft magistral qon tomirini jarrohlik vaqtida bog‘lash, jarrohlik vaqtida va undan keyingi qon yo‘qotishni, jarrohlik jarayonini takomillashtiruvchi sabablar isbotlangan;
IL-6 va FNO-α miqdori ortishining miomatoz tugun soni va hajmiga bog‘liqligi isbotlangan hamda operatsiyadan so‘ng yallig‘lanishga xos sitokinlar induksiyasi kuchayishi aniqlangan;
jarrohlik aralashuvlaridan so‘ng IL-1 induksiyasi asosida miometriyda yallig‘lanish jarayonlarini erta tashxislash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi miomektomiya usulini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Bachadon miomatoz tuguni o‘rnini tikish usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (IAP 05170) olingan. Mazkur ixtirolar natijasida bachadondagi jarohatni tavsiya etilgan usulda tikish orqali jarrohlik vaqtida va undan keyingi asoratlarning oldini olishga imkon yaratilgan;
«Bachadon miomasi bo‘lgan faol reproduktiv yoshdagi ayollarda laparotomik yo‘l bilan konservativ miomektomiyaning yangi usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 1 fevraldagi 8n-m/1-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bachadonida mioma bo‘lgan bemorlarni davolashda asosiy qo‘llanma sifatida xizmat kilgan;
bachadon miomasini jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologiya Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Jizzax, Navoiy, Nukus va Namangan viloyatlari perinatal markazlari klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining yil 10 noyabrdagi 8n-d/50-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bachadon miomasini jarrohlik yo‘li bilan davolash sifati oshgan, jarrohlikdan keyingi asoratlar va davolash xarajatlari kamaygan hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilashga erishilgan.