Pardaev Rasulbek Islomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm xizmatlarini rivojlantirish va sifatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish”,08.00.17– Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4024.2.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Safarov Bahodirxon Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Alieva Mahbuba Toychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abiev Jahongir Ne’matovich , iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Turizm xizmatlarini rivojlantirish va sifatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, hududlar o‘rtasida turistlar ichki oqimini kengaytirish, ularning sonini yillik 20 milliondan oshirish maqsadida turistik-ekskursion xizmatlar iste’moliga aholining keng qatlamlarini jalb qilish, ichki turizm harakatining ommaviyligini qayta tiklash, zamonaviy turizm xizmatlarini ishlab chiqish asosida “Oilaviy sayohat” turistik paketlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar asoslangan;
turizm sohasida xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish, sohadagi korrupsion omillarni bartaraf etish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida mehmondo‘stlik industriyasida turistik xizmatlarni hamda joylashtirish vositalarini turistlar tomonidan QR-kod orqali baholashni to‘liq raqamlashtirilgan tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar asoslangan;
turizm sohasida tadbirkorlik subektlarini davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish hamda turistik xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan ishlarga moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish asosida yangi turistik tashkilot va muassasalarni davlat-xususiy sheriklikda tashkil etish va ausorsing mexanizmlarini keng joriy qilish bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarning turistik salohiyatidan kelib chiqib, turizm va mehmondo‘stlik industriyasida turizm xizmatlarini rivojlantirish va sifatini oshirish bashorat ko‘rsatkichlarning hisob-kitoblari asosida 2028 yilga qadar o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sohasini rivojlantirish va sifatini oshrish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, hududlar o‘rtasida turistlar ichki oqimini kengaytirish, ularning sonini yillik 20 milliondan oshirish maqsadida turistik-ekskursion xizmatlar iste’moliga aholining keng qatlamlarini jalb qilish, ichki turizm harakatining ommaviyligini qayta tiklash, zamonaviy turizm xizmatlarini ishlab chiqish asosida “Oilaviy sayohat” turistik paketlarini takomillashtirish bo‘yicha asoslangan takliflar 2023 yil 27 iyuldagi PQ-238-son “Turizm sohasini yanada rivojlantirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 12-dekabdagi №03-12-17-9135-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi mamlakatimiz hududlari o‘rtasida turistlar ichki oqimini 30% ko‘paytirgan bo‘lib, mintaqaviy turizm resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirib, ichki va xalqaro turizmni rivojlantirishga xizmat qilgan;
turizm sohasida xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish, sohadagi korrupsion omillarni bartaraf etish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida mehmondo‘stlik industriyasida turistik xizmatlarni hamda joylashtirish vositalarini turistlar tomonidan QR-kod orqali baholashni to‘liq raqamlashtirilgan tizimini takomillashtirish bo‘yicha asoslangan takliflar 2023 yil 26 apreldagi PQ-135-son “Turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 12-dekabdagi №03-12-17-9135-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish, mehmondo‘stlik industriyasida turistik xizmatlarni hamda joylashtirish vositalarini turistlar tomonidan QR-kod orqali baholashning to‘liq raqamlashtirilgan tizimini takomillashtirish va rivojlantirishga xizmat qilgan;
turizm sohasida tadbirkorlik subektlarini davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish hamda turistik xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan ishlarga moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish asosida yangi turistik tashkilot va muassasalarni davlat-xususiy sheriklikda tashkil etish va ausorsing mexanizmlarini keng joriy qilish bo‘yicha asoslangan takliflar 2023 yil 27 iyuldagi PQ-238-son “Turizm sohasini yanada rivojlantirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 12-dekabdagi №03-12-17-9135-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida yangi turistik tashkilotlarni davlat-xususiy sheriklikda tashkil etish va xizmat ko‘rsatishning ausorsing mexanizmlari keng joriy etilishi mamlakatimizga 7,7 mln. nafar xorijiy turistlar tashrifini tashkil etish imkoniyatini yaratdi;
hududlarning turistik salohiyatidan kelib chiqib, turizm va mehmondo‘stlik industriyasida turizm xizmatlarini rivojlantirish va sifatini oshirish bashorat ko‘rsatkichlarning hisob-kitoblari asosida 2028 yilga qadar o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2024–2026 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 12-dekabdagi №03-12-17-9135-sonli ma’lumotnomasi). Prognozning amalga oshirilishi natijasida turizm xizmatlari sohasini jadal rivojlantirish ko‘rsatkichlari asosida 2028-yilga kelib turizm xizmatlari sohasida band bo‘lgan aholi soni 306,3 ming nafarga oshishi dalillangan.