Sodiqov Sardorbek Husanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yangi samarali ftalosianin pigmentlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3597.
Ilmiy rahbar: Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Muzaffar Orifjonovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polietilen va lok-bo‘yoq mahsulotalari uchun geksametilendiamin-1,6 asosida tarkibida metall saqlagan yangi samarali ftalosianin pigmentlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geksametilendiamin-1,6 va ftal angidrid asosida tarkibida mis(II), nikel(II) ionlari bo‘lgan GmCuPc va GmNiPc markali organik pigmentlar sintez qilingan;
geksametilendiamin-1,6 va ftal angidrid asosida yangi tarkibli GmCuPc, GmNiPc organik pigmentlarini sintez qilishda maqbul sharoit tegishlicha sintez davomiyligi 80, 70 minut, harorat 185°C, 190°C ekanligi aniqlangan;
sintez qilingan yangi turdagi ftalosianin pigmentlarining xossalari hamda tuzilishi SEM, IQ-spektroskopiya, TGA, DTA kabi zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida isbotlangan;
lok-bo‘yoq qoplamalari va polimer buyumlarning ekspluatatsion xossalarini maqsadli o‘zgaritirish sintez qilingan geksametilendiamin-1,6 asosidagi ftalosianin pigmentlarining konsentratsiyasiga bog‘liqligi aniqlangan;
yangi organik pigmentlarni ishlab chiqarishning energiya hamda resurs tejamkor va ekologik xavfsiz texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarkibida metall saqlovchi yangi geksametilendiamin-1,6 ftalotsianin pigmentlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metall saqlovchi yangi geksametilendiamin-1,6 ftalotsianin pigmentlar olish texnologiyasi “BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasining 2024 yil 19 martdagi 13-son ma’lumotnomasi). Natijada, metall saqlovchi yangi geksametilendiamin-1,6 asosidagi ftalotsianin pigmentlar olish imkonini bergan;
sintez qilingan metall saqlovchi yangi ftalotsianin pigmentlar “BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasining 2024 yil 19 martdagi 13-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi ftalotsianin pigmentlari yordamida rangli polimerlar va lok-bo‘yoq qoplamalar olish imkonini bergan.