Akbarov Mansur Muxtorovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yog‘li emul`siya mahsulotlarini uglevodlar bilan boyitish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4604.
Ilmiy rahbar: Ruzibaev Akbarali Tursunboevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Yunusov Obidjon Qodirovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xurmo mevasi asosida tabiiy uglevodlar bilan boyitilgan shokoladli krem olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
20 % kunboqar moyi va 80 % palma yog‘i aralashmalarini pereeterifikatsiyalab olingan kakao moyi o‘rinbosari, shokoladli kremning yog‘li asosi sifatida qo‘llanilib, kakao moyining sarfini 60 % gacha kamaytirish mumkinligi isbotlangan;
kakao moyi o‘rinbosarini olish uchun palma stearini va kungaboqar moyi aralashmasi pereeterifikatsiya qilinib, aralashmadagi palma moyi ulushi ortishi bilan yod soni 115,3 % J2 dan 52,8 % J2 gacha kamayishi, suyuqlanish harorati 24,2 ℃ dan 43,6 ℃ gacha, qattiqligi 58 g/cm dan 274 g/cm gacha ortishi asoslangan;
xurmo mevasidan olingan ekstrakt yoki qiyomdan foydalanib shokoladli krem tarkibidagi shakar miqdorini 50% gacha kamaytirish mumkinligi asoslangan;
xurmo mevasidan foydalanilganda shokoladli krem nafaqat saxaroza bilan, balki glyukoza, fruktoza va boshqa disaxaridlar bilan boyitilishi mumkinligi isbotlangan;
xurmo mevasi asosida tabiiy uglevodlar bilan boyitilgan shokoladli krem olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xurmo mevasi asosida tabiiy uglevodlar bilan boyitilgan shokoladli krem olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xurmo· mevasidan ekstrakt olish texnologiyasi «O‘zyog‘moysanoati» uyushmasining “2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlanmalar ruyxati”ga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoati» uyushmasining 2023 yil 5 dekabrdagi KS/3-531 son ma’lumotnomasi). Natijada, ekstraktning chiqish unumi 33-35%,  uning tarkibidagi uglevodning massaviy ulushi 16,26-17,13 % va qand miqdori 15,09-17,21% ni tashkil etgan ekstrakt olish imkonini bergan;
xurmo mevasidan olingan konsentrlangan suvli ekstrakt va qiyom asosida shokoladli krem olish texnologiyasi «O‘zyog‘moysanoati» uyushmasining “2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlanmalar ruyxati”ga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoati» uyushmasining 2023 yil 5 dekabrdagi KS/3-531 son ma’lumotnomasi). Natijada, shakar, kakao va yog‘ning massaviy ulushlarini 10-15 % ga kamaytirish, biologik faol moddalar bilan boyitilgan shokoladli krem ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish