Rajabov Voxid Bafoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diffuz peritonit bilan og‘rigan bemorlarda davolash usulini takomillashtirish», 14.00.27- Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4338.
Ilmiy rahbar: Safoev Bakodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxaro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziboev Sanjar Abdusalomovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Saraev Alisher Raxmatulloevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi)
Yetakchi tashkilot: Akademik V.V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
II. Tadqiqotning maqsadi: qorin bo‘shlig‘ini drenajlashning maqbul usulini ishlab chiqish orqali diffuz peritonit bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iboratn.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diffuz peritonitni an’anaviy usulda davolashda qorin bo‘shlig‘ini sanatsiya qilish orqali infeksiya bilan kurashish usullari peritonitni qisqa muddatlarda bartaraf etilishiga ijobiy ta’sir etmasligi aniqlangan;
ilk bor diffuz peritonitni davolashning jarrohlik bosqichida qorin bo‘shlig‘iga antibakterial vositalarni yuborish uchun bugungacha ma’lum bo‘lgan qorin bo‘shlig‘ini an’anaviy drenajlash usullaridan ko‘ra samaraliroq bo‘lgan yangicha takomillashtirilgan polikanalli moslama ishlab chiqilgan;
an’anaviy usulda qorin bo‘shlig‘ini drenajlash orqali diffuz peritonitni davolash natijalari xamda yangicha ishlab chiqilgan korin bushligini drenajlash usuli  natijalarini ilmiy-statistik taqqoslash yuli bilan yangi davolash usulining samaradorligi  isbotlangan;
diffuz peritonitni davolashning jarrohlik bosqichida polikanalli drenaj moslamasidan foydalanib, qorin pardaning yallig‘langan sohalarini to‘liq qamrab olish maqsadida, qorin bo‘shlig‘ining anatomik xususiyatlaridan kelib chiqib mikroirrigatorlarni o‘rnatish usulini qo‘llash, davolash natijalariga ijobiy  ta’sir qilishi o‘rganilgan hamda asoratlar, o‘lim ko‘rsatgichining kamayishi, pertionitni bartaraf bo‘lish muddatining tezlashishi, shu bilan birgalikda statsionar davolanish kunlarining qisqarishiga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/90– son xulosasi asosida:
birinchi ilmiy yangilik: diffuz peritonitni an’anaviy usulda davolashda qorin bo‘shlig‘ini sanatsiya qilish orqali infeksiya bilan kurashish usullari peritonitni qisqa muddatlarda bartaraf etilishiga ijobiy ta’sir etmasligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: antibakterial vositalarni polikanalli moslama orqali qorin bo‘shlig‘iga jo‘natish orqali, jarohatni yiringlashi, ichaklararo abssesslar, diffuz peritonitni sekin kechuvchi tarqalgan peritonitga o‘tishi kabi asoratlar sezilarli darajada kamayishiga erishilgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliyot ma’lumotlari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga (05.04.2024 yil, №42 buyrug‘i) va Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga (15.07.2024 yildagi 2332-2-208-TV/2024–sonli buyrug‘i) amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu yangi davolash usulini qo‘llash, asoratlar sonini kamaytirish, davolash sifatini yaxshilash va bemorlarda o‘lim xavfini kamaytirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorlik: bemorlarni kasalxonada yotish  o‘rtacha davomiyligini 3-4 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 480000 so‘mga, budjetdan tashqari mablag‘larni esa 150000 so‘mga tejalishiga erishilgan. Xulosa: diffuz peritonit bilan og‘rigan bemorlarda an’anaviy davolash usulidagi kamchiliklarni o‘rganish orqali asoratlarni, o‘rtacha davolanish kunini, qorin bo‘shlig‘ini infeksiyadan tozalanish vaqtini kamaytirishga, davolash natijalarini yaxshilashga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor diffuz peritonitni davolashning jarrohlik bosqichida qorin bo‘shlig‘iga antibakterial vositalarni yuborish uchun bugungacha ma’lum bo‘lgan qorin bo‘shlig‘ini an’anaviy drenajlash usullaridan ko‘ra samaraliroq bo‘lgan yangicha takomillashtirilgan polikanalli moslama ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: olingan natijalar o‘zining nazariy ahamiyatiga ega bo‘lib, qorin bo‘shlig‘ining antibakterial vositalar etib borishi qiyin sohalariga mazkur vositalarni maqsadli kiritishga katta hissa qo‘shadi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga (05.04.2024 yil, №42 buyrug‘i) va Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga (15.07.2024 yildagi 2332-2-208-TV/2024–sonli buyrug‘i) amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yangicha davolash usuli fonida bemorlar erta muddatlarda odatdagi turmush tarziga qaytgan. Iqtisodiy samaradorlik: kasalxonada yotishning o‘rtacha davomiyligini 3-4 kunga kamaytirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 480000 so‘mga, budjetdan tashqari mablag‘larni 150000 so‘mga kamaytirilgan. Xulosa: qorin bo‘shlig‘iga antibakterial vositalarni yuborish uchun takomillashtirilgan polikanalli moslama diffuz peritonit bilan og‘rigan bemorlarni davolanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. 
uchinchi ilmiy yangilik: an’anaviy usulda qorin bo‘shlig‘ini drenajlash orqali diffuz peritonitni davolash natijalari xamda yangicha ishlab chiqilgan korin bushligini drenajlash usuli  natijalarini ilmiy-statistik taqqoslash yuli bilan yangicha davolash usulining samaradorligi  isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: antibakterial vositalarni polikanalli moslama orqali qorin bo‘shlig‘iga jo‘natish natijasida, qorin bo‘shlig‘ini infeksiyadan tozalanish vaqtining qisqarishi va ichaklar peristal`tikasi tiklanish muddatlarining tezlashishi kabi samaradorlikni ko‘rsatgan. Amaliyotga joriy etish: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga (05.04.2024 yil, №42 buyrug‘i) va Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga (15.07.2024 yildagi 2332-2-208-TV/2024–sonli buyrug‘i) amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: qorin bo‘shlig‘iga antibakterial vositalarni polikanalli moslama orqali jo‘natish diffuz peritonit bilan og‘rigan bemorlarni samarali davolanishiga, asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorlik: diffuz peritonit bilan og‘rigan bemorlarni davolashning operatsiya etapida polikanalli moslamani qo‘llash, davolash xarajatlarini qisqartirishga yordam bergan, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 480000 so‘mga, budjetdan tashqari mablag‘larni 150000 so‘mga kamaytirilgan. Xulosa: diffuz peritonit bilan og‘rigan bemorlarni davolashning operatsiya etapida polikanalli moslamani qo‘llash, ko‘ndalang chambar ichak tutqichi osti, ingichka ichak tutqichining ildizi va qorin bo‘shlig‘ining har bir peritonit hisobiga zararlangan sohalarini alohida-alohida drenajlanishiga, shuningdek an’anaviy davolash usuliga qaraganda operatsiyadan keyingi asoratlar va o‘lim ko‘rsatgichini kamayishiga yordam bergan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: diffuz peritonitni davolashning jarrohlik bosqichida polikanalli drenaj moslamasidan foydalanib, qorin pardaning yallig‘langan sohalarini to‘liq qamrab olish maqsadida, qorin bo‘shlig‘ining anatomik xususiyatlaridan kelib chiqib mikroirrigatorlarni o‘rnatish usulini qo‘llash, davolash natijalariga ijobiy  ta’sir qilishi o‘rganilgan hamda asoratlar, o‘lim ko‘rsatgichining kamayishi, pertionitni bartaraf bo‘lish muddatining tezlashishi, shu bilan birgalikda statsionar davolanish kunlarining qisqarishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: polikanalli moslama mikroirrigatorlari orqali antibakterial vositalar xar 5-6 soatda  ko‘ndalang chambar ichak tutqichi osti, ingichka ichak tutqichi ildizi va qorin bo‘shlig‘ining har bir peritonit hisobiga zararlangan sohalariga maqsadli yuborilishi samarali usul ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga (05.04.2024 yil, №42 buyrug‘i) va Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga (15.07.2024 yildagi 2332-2-208-TV/2024–sonli buyrug‘i) amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan davolash usuli asoratlar foizini sezilarli darajada kamaytirishga, davolash sifatini yaxshilanishiga va bemorlarning tiklanish muddatlarini qisqartirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorlik: bemorning kasalxonada yotish vaqtini o‘rtacha 3-4 kun qisqarishi bilan, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 480000 so‘mga, budjetdan tashqari mablag‘larni 150000 so‘mga kamayishi byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan. Xulosa: diffuz peritonitni davolashning jarroxlik etapida polikanalli moslamadan foydalanish ilmiy yangilikni ahamiyatini oshirgan va bu usulni amalietda tadbiq etilishi  ilmiy ishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish