Salimova Dilnavoz Akmalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «She’riy tarjimada badiiy niyat va poetik mahoratning qayta ifodalanishi», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil77.
Ilmiy rahbar: Karimov Naim Fotihovich, filologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori; Ismoilov Hamdam, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asro‘zbekshe’riyatining taniqli namoyandalari Oybek va G‘afur G‘ulom she’rlarining ruscha tarjimalarida shoir badiiy niyati va poetik mahoratining qayta ifodalanishini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
shoir badiiy niyatining ifodalanishi ijodkor poetik mahoratini namoyon ettiruvchi omillar bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan:
poetik mahoratning badiiy niyatni yuzaga keltiruvchi ustuvor omili ekanligi tarjimada ham shunday ustuvor omil bo‘lib qolishi lozimligi ochib berilgan;
o‘zbek she’riyatining XX asr 30-yillaridan 80-yillarigacha tarjima amaliyotida kechgan tamoyillari satriy (podstrochnik) tarjima qilish, tilni bilmay turib tarjima qilish, asliyat vatanida yashab tarjimaga kirishish, tarjimada siyosiy mafkuraga bo‘ysunish, qayta tarjima qilish, she’riy tarjimalarni bir to‘plamga kiritish tamoyillari aniqlangan;
she’riy asarda muallif badiiy niyatiga xizmat qiluvchi so‘zlar tayanch so‘z va jumlalar sifatida belgilab olinishi tarjimon uchun tarjima qilish imkoniyatlarini kengaytirishi asoslab berilgan;
she’r uchun epigrafning keltirilishi ma’lum darajada muallif badiiy niyatini oshkor etishi dalillangan;
realistik tarjima metodining maqsadi tarjima resepsiyasi, ya’ni qabul qiluvchi – rus kitobxoniga ta’siri tarjimon mahoratiga bog‘liq ekanligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
She’riy tarjimada badiiy niyat va poetik mahoratning qayta ifodalanish xususiyatlarini ochib berish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tadbirlar asosida:
Davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasida F-1-06 raqamli «Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb an’analari sintezi» fundamental loyihasida dissertatsiya xulosalari Istiqlol davri adabiyotida tarjima muammolari o‘rganilganda, shu davrgacha ijod qilgan Oybek va G‘afur G‘ulom kabi shoirlar she’rlari tarjimalari misolida o‘zbek tarjimachiligida erishilgan tajribalarni umumlashtirishda faktik ma’lumot bera olgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 avgustdagi 89-03-2857-son ma’lumotnomasi). Shu asosda tarjimada shoir badiiy niyati va poetik mahoratini qayta ifodalashga xizmat qila oladigan zamonaviy usullar, tarjimachilik an’analari bo‘yicha aniq to‘xtamga kelish imkonini bergan;
asliyatdagi murakkab so‘zning izohini tushunolmaganda, mavjud lingvistik lug‘atlarning etarli emasligi, tarjimon ishini osonlashtirish uchun shoir uslubiga xos poetik so‘zlar lug‘atini yaratishga oid nazariy fikrlardan FA – F1 – GO40 raqamli «O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir” fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 2 oktyabrdagi 3/1255-2594-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar Oybek va G‘afur G‘ulom she’rlarida uchraydigan tunj, ortaroq, bo‘laroq, yarataroq, turaroq, buloqlanar, jilvalanar, oltinlanar kabi lisoniy shakllarning ruscha muqobillarini keltirish uchun she’riyat tarjimoniga shoirlar uslubiga xos so‘zlar lug‘atini yaratish qanchalik muhim ekanligi qiyosiy adabiyotshunoslikning o‘ziga xos masalalaridan biri ekanligini echishga xizmat qilgan;
tadqiqotda tahlilga tortilgan «Xotin», «Bizning uyga qo‘nib o‘ting, do‘stlarim» she’rlarining L.Pen`kovskiy va K.Simonov tarjimalaridagi badiiy niyat, tarjimon mahorati va milliylik masalalari «G‘afur G‘ulom she’rlari tarjimalarida milliylikning saqlanishi» mavzusi orqali O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston» telekanali «Assalom, O‘zbekiston!» dasturining rus tilidagi adabiy sahifasini tayyorlashda tadqiqot xulosalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi «O’zbekiston» telekanalining 2018 yil 11 apreldagi 01-11-552-son ma’lumotnomasi). Natijada G‘afur G‘ulom she’rlari mazmun-mohiyatining ruscha tarjimalarida qayta ifodasi ochib berilganligi mazkur ko‘rsatuv orqali yoshlarning she’riyat dunyosiga qiziqishlari ma’lum darajada oshirilishiga xizmat qilgan.