Xaytbaev Aybek Fayzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Simsiz sensor tarmog‘ining ishlash samaradorligini oshirish modellari va algoritmlari”, 05.04.01 – “Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T4684.
Ilmiy rahbar:Madaminov Haydar Xudayarovich, PhD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Parsiev Saydiaxat Solixodjaevich, texnika fanlari doktori, professor; Djabbarov Shuxrat Yuldashovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Simsiz sensor tarmoqlarning yashash vaqtini uzaytirish, ma’lumotlarni uzatishda kechikishni kamaytirish hamda ishonchlilikni oshirish imkonini beruvchi model va algoritmlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
simsiz sensor tarmoqlar xarakteristikalarini hisoblashning matematik modellari asosida ma’lumotlarni uzatishda, aloqa kanallarini tekshirishda hamda boshqa tugunlardan paketlarni qabul qilishda sarflanganadigan energiyani hisobga olish imkonini beruvchi baholash modeli ishlab chiqilgan;
mobil yo‘l uzunligini minimallashtirish va tarmoqning ishonchliligini oshirish asosida  simsiz sensor tarmoqlarida ma’lumotlarning kechikish vaqtini kamaytirish imkonini beruvchi klaster tizimida bosh tugunni tanlash algoritmi ishlab chiqilgan; 
simsiz sensor tarmog‘ida ma’lumotlarni boshqarish moduli va generatsiyalash to‘plamini qo‘llash asosida aloqa tugunlari orasidagi xalaqitlarni, yuklanishlarni va kanallar o‘tkazuvchanliklarini hisobga olish imkonini beruvchi tarmoq ishonchliligini baholash modeli ishlab chiqilgan;
ma’lumotlarni samarali va tejamkor uzatish mexanizmlari asosida sensor tarmoqlarida energiya iste’molini tahlil qilish imkonini beruvchi ko‘p bosqichli marshrutlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Simsiz sensor tarmog‘ining ishlash samaradorligini oshirish modellari va algoritmlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
simsiz sensorlar tarmoqlari uchun xizmat ko‘rsatish muddati va aloqaning kechikishini bashoratlash uchun taklif etilgan  analitik modeli, ma’lumotlarni uzatishda  simsiz sensor  tarmoqlarining ishonchliligini baholash modeli Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan “UNICON.UZ” MChJga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 16-maydagi 33-8/3199-son ma’lumotnomasi). Ishonchlilikni optimallashtirish takroran uzatish va ko‘p nurli marshrutlashtirish kabi ishonchli uzatish mexanizmlarining energiya iste’molini kamaytirishi va takroran uzatish keltirib chiqaradigan kechikishlarni boshqa keng qo‘llaniladigan algoritmlarga qaraganda o‘rtacha 10 % ga kamaytirishga erishildi;
ko‘p bosqichli elektr samarador marshrutlash algoritmining o‘tkazuvchalik qobiliyati hamda energiya iste’molining analitik modeli O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan, Elektromagnit moslashuv markazi DUKga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 16-maydagi 33-8/3199-son ma’lumotnomasi). Ko‘p bosqichli elektr samarador marshrutlash algoritmining LEACh marshrutlashtirish algoritmiga nisbatan 11 % gacha va MODLEACh marshrutlashtirish algoritmiga nisbatan 6 % gacha eng yaxshi o‘tkazish qobiliyatiga erishilgan;
tadqiqot ilmiy yangiliklari “Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti” dala maydonlarida joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 16-maydagi 33-8/3199-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan ko‘p bosqichli elektr samarador marshrutlash algoritmida 1000 ta bajarilish raundlaridan so‘ng tarmoqdagi kechikishlar LEACh algoritmiga qaraganda 9,4 % ga, MODLEACh algoritmiga qaraganda 7,1 % ga kamayishiga erishildi;
ishlab chiqilgan ko‘p bosqichli marshrutlash algoritmi “MASTER ADMIN” MChJ da joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 16-maydagi 33-8/3199-son ma’lumotnomasi). Ko‘p bosqichli marshrutlash algoritmi qo‘llash jarayonida  simsiz sensor tarmoqda marshrutlashtirish natijalariga ko‘ra taklif etilayotgan ko‘p bosqichli marshrutlash algoritmi boshqa keng qo‘llaniladigan marshrutlash algoritmlariga qaraganda energiya iste’moli kamroq bo‘lishi kuzatilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish