Umarova Farangiz baxriddin qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy ingliz va o‘zbek nasrida jamiyat va ayol munosabatlarining badiiy talqini (Devid Nikollsning “One day” va Iqbol Mirzoning “Bonu” asarlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (ingliz tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil5142.
Ilmiy rahbar: Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sadiqov Zohid Yaqubjanovich filologiya fanlari doktori, professor (kengash a’zosi), Ko‘chimov Ulug‘bek Qo‘chqorovich filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxora davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy ingliz va o‘zbek nasrida jamiyat va ayol munosabatlarini badiiy tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy nasrda ayol va jamiyat munosabatlarini qiyosiy-tipologik tahlil qilish asnosida ijtimoiy muhit, madaniy va milliy mentalitetni ochib beruvchi muhim nazariy yondashuvlar ayol obrazi poetikasi asosida dalillangan;
ingliz va o‘zbek nasrida ayol obrazi tasvirini yaratishda ijtimoiy-tarixiy sharoitdagi mushtaraklik, ayollarning jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy maqomi borasidagi g‘oyaviy yaqinlikni ifodalovchi adabiy-estetik va ijtimoiy omillar asoslangan;
o‘zbek va ingliz ayollarining xarakteriga xos farqli tomonlar, ya’ni Bonu tabiatidagi sharqona andisha, hokisorlik, jur’atsizlik hamda Emma timsolidagi erkin fikrlash, qat’iyat, jasorat ijodkorlar uslubining universal jihatlari va ijodiy individualligi asosida qahramonlar ichki dunyosini mahorat bilan ochib berish mezoni negizida isbotlangan;
Devid Nikollsning ”One day” va Iqbol Mirzoning ”Bonu” asarlarida jamiyatning ayol shaxsiyatiga ta’sirini qiyoslash orqali ayol timsolidagi umuminsoniy va milliy xususiyatlari aniqlanib, bosh qahramonlar Bonu va Emma obrazlarini yaratishda muallif g‘oyasining mantiqiyligi va ijodiy fantaziyasining kengligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Devid Nikollsning “One day” va Iqbol Mirzoning “Bonu” asarlari misolida zamonaviy ingliz va o‘zbek nasrida jamiyat va ayol munosabatlarining badiiy talqinini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
zamonaviy nasrda ayol va jamiyat munosabatlarini qiyosiy-tipologik tahlil qilish asnosida ijtimoiy muhit, madaniy va milliy mentalitetni ochib beruvchi muhim nazariy yondashuvlar ayol obrazi poetikasi asosida dalillangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-oktyabrdagi 283-son qaroriga asosan tashkil etilgan “O‘zbekistonda xorijiy tillar” elektron ilmiy-metodik jurnalida qiyosiy adabiyotshunoslik yo‘nalishida ilmiy maqolalar chop etishda foydalanilanilgan (“O‘zbekistonda xorijiy tillar” elektron ilmiy-metodik jurnali tahririyatining 17.12.2024 sanasidagi 9- sonli ma’lumotnomasi). Natijada jurnal mundarijasi zamonaviy ingliz va o‘zbek badiiy asarlari qiyosiy tahlil etilgan maqolalar bilan boyitilgan;
ingliz va o‘zbek nasrida ayol obrazi tasvirini yaratishda ijtimoiy-tarixiy sharoitdagi mushtaraklik, ayollarning jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy maqomi borasidagi g‘oyaviy yaqinlikni ifodalovchi adabiy-estetik va ijtimoiy omillar asoslanganiga doir ilmiy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2020-2023-yillarda bajarilgan “Al-Jome’ as-sahih” to‘plami hadislarining zamonaviy talqinini yaratish” nomli MU-FZ-201912073 amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 26.03.2024 sanasidagi 132- sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan manbalarda o‘zbek madaniyatida erkak va ayol noverbal xulq-atvorining gender jihatdan o‘ziga xosliklarini shakllantirishga yordam beruvchi ijtimoiy, madaniy va psixologik omillar tahlili aks etgan.
o‘zbek va ingliz ayollarining xarakteriga xos farqli tomonlar, ya’ni Bonu tabiatidagi sharqona andisha, hokisorlik, jur’atsizlik hamda Emma timsolidagi erkin fikrlash, qat’iyat, jasorat ijodkorlar uslubining universal jihatlari va ijodiy individualligi asosida qahramonlar ichki dunyosini mahorat bilan ochib berish mezoni negizida isbotlangani xususidagi mulohazalardan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan “Xotin-qizlarda liderlik ko‘nikmalari shakllanishi va rivojlanishining ilmiy-amaliy asoslari“ nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek mentaletida ayollarning o‘rni va ijtimoiy maqomi, ularning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalar talqini loyiha doirasida chop etilgan dastur va qo‘llanmalar mazmun-mohiyatini takomillashtirishga xizmat qilgan.