Po‘latova Shahnoza Abdirashitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sutni qayta ishlash korxonalarida yashil marketing konsepsiyasidan foydalanish”, 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4198.
Ilmiy rahbar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Eshtaev Alisher Abduganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Solieva Gulbaxor Axmadjanovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sutni qayta ishlash korxonalarida yashil marketing konsepsiyasidan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “yashil marketing” konsepsiyasining mazmuni ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish, barqaror ishlab chiqarish va iste’mol zanjiri, eko-markirovka, resurslarni tejash va energiya samaradorligi, jamoatchilikni xabardor qilish, ta’lim hamda ijtimoiy va ekologik mas’uliyat yo‘nalishlarini e’tiborga olish asosida takomillashtirilgan;
“yashil sertifikatlash”ning bozor ulushiga ta’sirini bozor ulushining o‘zgarishi, yangi mijozlarni jalb qilish darajasi va xalqaro bozorlarga kirish, “ekologik markirovkalash”ning iste’molchilar ishonchiga ta’sir darajasi esa iste’molchilarning ishonch darajasi va mahsulotlarni qayta sotib olish ko‘rsatkichlari asosida baholash taklifi asoslangan;
sut mahsulotlari bozorida “Premium yashil”, “Barqaror yashil”, “Mass-market yashil” va “Standart yashil” kabi yashil marketing strategiyalarini qo‘llash asosida “yashil marketing” strategiyasini tanlash matrisasi ishlab chiqilgan;
iste’molchilar xatti-harakatiga yashil mahsulot ulushi, yashil sertifikatga ega mahsulotlar ulushi, reklama xarajatlari, maqsadli auditoriya ulushining oshishi, brend qadri o‘sishining ta’sirini ekonometrik tahlil qilish asosida iste’molchilarning qoniqish darajasining prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
uslubiy yondashuvga ko‘ra “yashil marketing” konsepsiyasining mazmuni ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish, barqaror ishlab chiqarish va iste’mol zanjiri, eko-markirovka, resurslarni tejash va energiya samaradorligi, jamoatchilikni xabardor qilish,ta’lim hamda ekologik mas’uliyat yo‘nalishlari asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025 yil 4 yanvardagi 06-10-33-49-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida sutni qayta ishlash korxonalarida “yashil marketing” dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan;
“yashil sertifikatlash”ning bozor ulushiga ta’sirini bozor ulushining o‘zgarishi, yangi mijozlarni jalb qilish darajasi va xalqaro bozorlarga kirish, “ekologik markirovkalash”ning iste’molchilar ishonchiga ta’sir darajasini esa iste’molchilarning ishonch darajasi va mahsulotlarni qayta sotib olish ko‘rsatkichlari asosida baholash taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025 yil 4 yanvardagi 06-10-33-49-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida sutni qayta ishlash korxonalari tomonidan “yashil sertifikatlash”ning bozor ulushiga ta’siri va “ekologik markirovkalash”ning iste’molchilar ishonchiga ta’sir darajasini baholash imkoniyati yaratilgan;
sut mahsulotlari bozorida “Premium yashil”, “Barqaror yashil”, “Mass-market yashil” va “Standart yashil” yashil marketing strategiyalarini qo‘llash asosida ishlab chiqilgan “yashil marketing” strategiyasini tanlash matrisasi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025 yil 4 yanvardagi 06-10-33-49-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi “Puremilky works” mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonalari faoliyatida yashil marketing strategiyalarini qo‘llash imkoniyati yaratilgan.
iste’molchilar hatti-harakatiga yashil mahsulot ulushi, yashil sertifikatga ega mahsulotlar ulushi, reklama xarajatlari, maqsadli auditoriya ulushining oshishi, brend qadri o‘sishining ta’sirini ekonometrik tahlil qilish asosida iste’molchilarning qoniqish darajasining prognoz qiymatlari O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025 yil 4 yanvardagi 06-10-33-49-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida “Puremilky works” MChJ korxonasining yashil mahsulot ulushi, yashil sertifikatga ega mahsulotlar ulushi, reklama xarajatlari, maqsadli auditoriya ulushining oshishi, brend qadri o‘sishi iste’molchilar qoniqish darajasining 2024 yilda 78,5 %, 2025 yilda 80,2 %, 2026 yilda 82,9 % va 2027 yilda 85,6 % ga oshishi prognoz qilingan.