Kayumov Shoxrux Sharof o’g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Temir yo‘llarning stansiya va yuk ishlarini tashkil etish transport jarayonlari texnologiyasi, 05.08.03 – Temir yo’l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/T3751.
Ilmiy rahbar: Rasulov Marufdjan Xalikovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raxmangulov Aleksandr Nelevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Maxkamov Alimjon Xamdamovich, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘llarning stansiya va yuk ishlarini tashkil etish transport jarayonlari texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vagon oqimlarining sutkalik notekisligining vagonlarning turib qolishiga ta’sirini hisobga olgan holda, vagon aylanishini bashorat qilishning ko‘p omilli modeli yordamida ko‘rsatkichlar bog‘liqligini aniqlash uchun ko‘p o‘lchovli obektlarni korrelyasion-regression tahlil qilish usuli ishlab chiqilgan;
yuk obektlariga vagonlarni uzatish-olib chiqishning optimal ketma-ketligini aniqlash usuli texnologik amallarni bajarishni kutish vaqtini minimallashtirish asosida yuk frontlari sig‘imi va manyovr lokomotivlari parkini hisobga olgan holda to‘plamlar nazariyasidan foydalanib ishlab chiqilgan;
temir yo‘l yarim ochiq vagonlari pastki lyuklarini yopish qurilmasini ishlatish parametrlarini aniqlashning matematik modeli yuklarni ko‘tarishda mexanizatsiyalashgan usulga qo‘yiladigan talablarni hisobga olib, kinetik energiyaning o‘zgarish teoremasi asosida ishlab chiqilgan;
sanoat korxonasi va tutash stansiyasi o‘zaro hamkorligi jarayonida temir yo‘l yarim ochiq vagonlari pastki lyuklarini yopishda kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalanishning yuklarni etkazib berish muddatlari va ishchilarning mehnat unumdorligiga ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘llarning stansiya va yuk ishlarini tashkil etish transport jarayonlari texnologiyasini takomillashtirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘plamlar nazariyasidan foydalanib, yuk frontlarining sig‘imi va lokomotivlar parkini hisobga olgan holda texnologik amallarni bajarishga kutish vaqtlarini minimallashtirishga asoslangan vagonlarni yuk obektlariga uzatib-olib chiqishning optimal ketma-ketligini aniqlash usuli Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeliga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 10-fevraldagi 4/E198-sonli ma’lumotnomasi). Vagonlarni yuk obektlariga uzatishni rejalashtirishni avtomatlashtirilgan natijasida bir vagon uzatmasida 12 daqiqa tejash imkoniyatini yaratgan, bu esa vagonaylanmasini 48 daqiqa tezlashtirishga olib kelgan va 266,8 mln. so‘m iqtisodiy samaraga erishish imkonini bergan;
temir yo‘l yarim ochiq vagonlarining pastki lyuklarini yopish usuli, temir yo‘l yarim ochiq vagonlari pastki lyuklarini yopish qurilmasini ishlatish parametrlarini aniqlashning matematik modeli “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJda (“O‘MK” AJ) joriy etilgan (“O‘MK” AJning 2025-yil 10-fevraldagi 01/05-01-01/195-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu model bo‘yicha tajribalarning natijalariga ko‘ra, yarim ochiq vagonlar pastki lyuklarini mexanizatsiyalashgan usulda yopish orqali vagonlarni uzatishlar soni 50% va tegishli amallarni bajarish vaqti qo‘lda bajarilish usuliga nisbatan qisqarib hamda vagonlarni tozalashda band xodimlarning mehnat unumdorligi 35% oshgan, bu esa 351,3 mln. so‘m iqtisodiy samaraga erishish imkonini bergan.