Amanov Abrorjon Abdullaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Axborot xizmati ko‘rsatishni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish», 12.00.03–Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2PhD/Yu63.

Ilmiy rahbar: Narmatov Nuriddin Soatmuradovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, DSc.30.08.2018.Yu.74.01.

Rasmiy opponentlar: Boboqulov Sotiboldi Bobonazarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Babaev Djaxongir Ismailbekovich,yuridik fanlar nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: axborot xizmati ko‘rsatishni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolarning ishtiroki zarurati asoslantirilgan;

normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini yuborish, rasmiy e’lon qilish, norasmiy e’lon qilish, huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarga ularning so‘rovlariga ko‘ra huquqiy axborot taqdim etish kabi huquqiy axborotni tarqatish usullari asoslantirilgan;

«axborot xizmati» va «axborot xizmati ko‘rsatish» kabi atamalarga ilmiy-doktrinal ta’rif ishlab chiqilgan va ushbu ta’riflarning qonun normalariga kiritish lozimligi asoslantirilgan;

haq evaziga axborot xizmati ko‘rsatish shartnomasi tushunchasining ta’rifi ishlab chiqilgan va qonunda hamda shartnomalar mazmunida aks ettirish lozimligi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Axborot xizmati ko‘rsatishni fuqarolik-huquqiy  tartibga solishni takomillashtirish tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan  O‘zbekiston Respublikasining «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida»gi O‘RQ-443-son Qonuni 12-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 29 noyabrdagi 06/1-05/488 vjx-son ma’lumotnomasi). Takliflarning inobatga olinishi huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashga, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, fuqarolarning huquqiy axborot fondidan foydalanishini ta’minlashga xizmat qilgan;

bolalarning sog‘ligiga zarar etkazuvchi axborotlarni tasniflashga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining «Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘RQ-444-son Qonuni 17-moddasini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2017 yil 29 dekabrdagi 05/2-01178-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash bilan bog‘liq xizmatlarning haqini to‘lash va xarajatlarning o‘rnini qoplash, ushbu xizmatlarga buyurtma bergan axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar yoki tarqatuvchilar hisobidan amalga oshirish tartibini belgilanishiga xizmat qilgan;

huquqiy axborotni tarqatish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga ularning so‘rovlariga huquqiy axborot taqdim etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasining «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida»gi O‘RQ-443-son Qonuni 13- va 20-moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2017 yil 29 dekabrdagi 05/2-01178-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar jismoniy va yuridik shaxslarga ularning so‘rovlariga ko‘ra huquqiy axborot taqdim etishga, ularning o‘z faoliyatiga taalluqli huquqiy axborotni taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rov bilan davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilish huquqining kafolatlanishiga hamda huquqiy axborotni elektron tarzda taqdim etish bepul amalga oshirilishiga, huquqiy axborotni qog‘ozda taqdim qilganlik uchun tomonlarning kelishuviga ko‘ra haq olinishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish