Omonova Nilufar Omon qizining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kooperativ yondashuv asosida talabalarda affiliativ motivatsiyani rivojlantirishning pedagogik tizimi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4016
Ilmiy rahbar: Bozorova Muslima Qodirovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023. Ped.173.01
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Pozilova Shaxnoza Xaydaralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi koorerativ yondashuv asosida talabalarda affiliativ motivatsiyani rivojlantirishning redagogik tiziminini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda kooperativ yondashuvni shakllantirishning psixologik-pedagogik tizimini rivojlantiruvchi omillar (affiliatsiyaga yo‘nalganlik, affiliativ motivatsiyani bilish, hamkorlikka intilish, muloqot uchun muomalani to‘g‘ri yo‘naltira olish), guruh ishini tashkil etish, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, aniqlik va tushunarlilik, muammoni hal qilishga qaratilgan echimlar, hamkorlik va o‘zaro yordamni rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash va ishonch muhitini o‘rnatish, xulosa va mulohazalar kabi sifatlar aniqlashtirilgan;
talabalarda affiliativ motivatsiyani rivojlantirish komponentlari (kognitiv, hissiy, dunyoqarash va xulq-atvorga doir) kasbiy sifatlar (insonparvarlik, fuqarolik va kompetentlik) va shaxsiy ijtimoiy tajriba (fikrni mustaqil ifodalay olish, fikrlashdagi moslashuvchanlikning namoyon bo‘lishi, o‘z-o‘zini ishontirish) bilan uyg‘unlashtirishning uslubiy imkoniyatlari kooperativ yondashuv asosida dalillangan;
kooperativ yondashuv asosida talabalarda affilliativ motivatsiyani rivojlantirishning maqsadli, metodik, operativ-mazmunli, o‘quv, nazorat-baholash bloklarini o‘z ichiga oladigan tashkiliy-funksional modeli shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli va kompetensiyaviy yondashuvlar asosidagi o‘quv faoliyatining komponent (qiymatli-motivatsion, mazmunli-protsessual, shaxsiy-refleksiv)lariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
talabalar ijtimoiy faolligi orqali affiliativ motivatsiyani rivojlantirishning tarkibiy qismlari (hissiy-irodaviy, mazmunli-operatsion, motivatsion) amaliy-kasbiy faoliyatning axloqiy bilimlar, shaxsiy-ijtimoiy tajriba, mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik kabi xususiyatlarini integratsiyalashga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Koorerativ yondashuv asosida talabalarda affiliativ motivatsiyani rivojlantirishning redagogik tizimi rivojlantirish imkoniyatlariga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
talabalarda kooperativ yondashuvni shakllantirishning psixologik-pedagogik tizimini rivojlantiruvchi omillar (affiliatsiyaga yo‘nalganlik, affiliativ motivatsiyani bilish, hamkorlikka intilish, muloqot uchun muomalani to‘g‘ri yo‘naltira olish), guruh ishini tashkil etish, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, aniqlik va tushunarlilik, muammoni hal qilishga qaratilgan echimlar, hamkorlik va o‘zaro yordamni rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash va ishonch muhitini o‘rnatish, xulosa va mulohazalar kabi sifatlarga doir amaliy taklif va tavsiyalardan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunida aks etgan. (Termiz davlat universiteti rektorining 2024-yil 25-maydagi 250-PO‘-son buyrug‘i, 250-PO‘-013 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda kooperativ yondashuv asosida affiliativ motivatsiyani rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishga erishilgan;
talabalarda affiliativ motivatsiyani rivojlantirish komponentlari (kognitiv, hissiy, dunyoqarash va xulq-atvorga doir) kasbiy sifatlar (insonparvarlik, fuqarolik va kompetentlik) va shaxsiy ijtimoiy tajriba (fikrni mustaqil ifodalay olish, fikrlashdagi moslashuvchanlikning namoyon bo‘lishi, o‘z-o‘zini ishontirish) orqali uyg‘unlashtirishning uslubiy imkoniyatlari va tarkibiy qismlari (hissiy-irodaviy, mazmunli-operatsion, motivatsion) amaliy-kasbiy faoliyatning axloqiy bilimlar, shaxsiy-ijtimoiy tajriba, mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik kabi xususiyatlarini integratsiyalashga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan FZ-2020010829 raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatini monitoring qilishning dasturiy taʼminotini yaratish” (2020-2022-yy.) amaliy loyihada foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 07-iyundagi 04/11-4956-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda affiliativ motivatsiya rivojlantirish orqali kasbiy sifatlar va shaxsiy ijtimoiy tajriba samaradorligi oshgan;
kooperativ yondashuv asosida talabalarda affilliativ motivatsiyani rivojlantirishning maqsadli, metodik, operativ-mazmunli,o‘quv, nazorat-baholash bloklarini o‘z ichiga oladigan tashkiliy-funksional modeli shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli va kompetensiyaviy yondashuvlar asosidagi o‘quv faoliyatining komponent (qiymatli-motivatsion, mazmunli-protsessual, shaxsiy-reflektiv)lariga ustuvorlik berishga doir taklif va tavsiyalardan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy taʼlim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” (2018-2020-yy.) amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 07-iyundagi 04/11-4955-son ma’lumotnomasi) Natijada, kooperativ yondashuv asosida talabalarda affiliativ motivatsiyani rivojlantirishning pedagogik tizimining samaradorligini oshirishga erishilgan.