Maxmudov Dilmurod Rozmetovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solish», 12.00.03–Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Yu152.

Ilmiy rahbar: Narmatov Nuriddin Soatmuradovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, DSc.30.08.2018.Yu.74.01.

Rasmiy opponentlar: Nasriev Ilxom Ismailovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ergashev Vosit Yoqubovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi  Akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solish tizimini takomillashtirish bo‘yicha umumnazariy xulosalar va qonunchilikni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishida sug‘urta hodisasi hisoblanmaydigan asoslar qatoriga barcha moddiy madaniy meros ob’ektlariga ham shikast etkazilishi yoki yo‘q qilib yuborilishi mumkinligi holatini kiritish lozimligi asoslantirilgan;

transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini sudlar tomonidan bir xilda va to‘g‘ri qo‘llash maqsadida Sud amaliyoti to‘g‘risidagi qarorni ishlab chiqish asoslab berilgan;

sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga soluvchi normalarni qo‘llash samaradorligini oshirishga qaratilgan qoidalar ishlab chiqilgan hamda milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga unifikatsiyalash, rivojlangan davlatlar qonunchiligi bilan o‘zaro uyg‘unlashtirish zarurati asoslangan;

sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari hamda xodimlarining huquqiy, iqtisodiy, menedjment, marketing kabi sohalar bo‘yicha bilimlarini hamda sug‘urta shartnomalarini tuzish va unga amal qilish madaniyatini yanada oshirish maqsadida ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish  tizimini takomillashtirish zarurati isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solish tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

tranport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelishida sug‘urta hodisasi hisoblanmaydigan asoslar qatoriga barcha moddiy-madaniy meros ob’ektlariga ham shikast etkazilishi yoki yo‘q qilib yuborilishi mumkinligi holatini kiritishga oid takliflardan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2018 yil 18 aprelda qabul qilingan O‘RQ-476-sonli qonunining ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yilning 4 maydagi 06/1-05/7126x-son ma’lumotnomasi). Taklifning inobatga olinishi moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilishga doir normalar bilan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari o‘rtasidagi kollizion holatlarni bartaraf etishga hamda sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchilar o‘rtasidagi turli kelishmovchiliklarning oldini olishga xizmat qilgan;

transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini sudlar tomonidan bir xilda va to‘g‘ri qo‘llash maqsadida Sud amaliyoti to‘g‘risidagi qarori Oliy sud Plenumi tomonidan «Sug‘urta sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari to‘g‘risida»gi 2017 yil 29 noyabrdagi 45-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining 2018 yilning 27 apreldagi PL-22-18-son ma’lumotnomasi). Ushbu qaror asosida sudlar faoliyatida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarining bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;

mamlakatimizda sug‘urta bozori rivojlanayotgan davrda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy illatlarni oldini olish va ularga qarshi samarali kurashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi qoshida Sug‘urta departamentini tashkil qilishga oid takliflardan «O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasining 2018 yilning 1 noyabrdagi SA 16-02-32-20/612-son ma’lumotnomasi). Taklif sug‘urta bozorida qonuniylikni ta’minlashga hamda sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchilar o‘rtasidagi turli kelishmovchiliklarning oldini olishga xizmat qilgan;

sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning huquqiy madaniyatini shakllantirish va tajribasini yanada orttirish maqsadida, ularni o‘qitishga oid takliflardan «O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasining 2018 yilning 1 noyabrdagi SA 16-02-32-20/612-son ma’lumotnomasi). Taklif sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish