Shermuxamedova Dilnozaxon Raximdjanovanning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Ta’limni raqamlashtirish sharoitida talabalarning individual ishlashini tashkil etish metodikasi” (iqtisodiyot ta’lim yonalishlarida ingliz tilini organish misolida)”  13.00.02 – “Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.3.PhD/Ped5205.
Ilmiy rahbari: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Xilolaxon Maxmudovna pedagogika fanlari doktori, professor, Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’limni raqamlashtirish sharoitida iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishining ingliz tili bo‘yicha talabalar individual ishlashini tashkil  etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ingliz tili darslarida individual ishlashini tashkil etish samaradorligini idientiv va metodik ta’minotni kasbiy istiqbol maqsadlariga yo‘naltirish, kontentni sindikatsiyalash va harakatlar algoritmini individual ishlash natijalari maqsadli parametrlarga ko‘ra toifalash asosida oshirish mumkinligi asoslangan;
talabalarning individual ishlashini tashkil etish metodikasi ta’limiy ta’lim sub’ekti imkoniyati va ehtiyojini oraliq baholashga ko‘ra korrek-siyalab berish, empatiyani rivojlantirish va shularga ko‘ra o‘quv bloglari sharhini ierarxik tartiblash asosida  takomillashtirilgan;
ingliz tilida individual ishlashni tashkil etishda internet hizmat-larini qo‘llash algoritmi o‘quv materiallarni kasbiy istiqbol maqsadlari va ta’limiy o‘zaro ta’sir imidjiga ko‘ra bosqichma-bosqich tizimli strukturalash asosida takomillashtirilgan;
talabalar bilan individual ishlashini tashkil etish metodikasining didaktik imkoniyatlari raqamli o‘quv materiallarini tezkor o‘zaro aloqa natijadorligiga ko‘ra loyihalash, individual ishlashning maqsadli parametrlariga erishish talablariga ko‘ra ta’lim dasturlarini takomillashtirish asosida kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’limni raqamlashtirish sharoitida talabalarning ingliz tilida individual ishlashini tashkil etish metodikasiga doir tadqiqot natijalari:
talabalarning ingliz tili darslarida tili darslarida individual ishlashini tashkil etish samaradorligini idientiv va metodik ta’minotni kasbiy istiqbol maqsadlariga yo‘naltirish, kontentni sindikatsiyalash va harakatlar algoritmini individual ishlash natijalari maqsadli parametrlarga ko‘ra toifalash asosida oshirish mumkinligi oid tavsiyalar “Xorijiy til (Learn English for Banking and Finance)” mavzusidagi o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023 yil 28 avgustdagi 272-sonli buyrug‘iga asosan nashr ruxsatnomasi). Ushbu taklif talabalarning ingliz tilida individual ishlashini tashkil etish samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
talabalarning individual ishlashini tashkil etish metodikasi ta’limiy ta’lim sub’ekti imkoniyati va ehtiyojini oraliq baholashga ko‘ra korreksiyalab berish, empatiyani rivojlantirish va shularga ko‘ra o‘quv bloglari sharhini ierarxik tartiblash asosida takomillashtirish taklifi “Xorijiy til (Learn English for Banking and Finance)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023 yil 28 avgustdagi 272- sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashri ruxsatnomasi). Natijada, “Xorijiy til” fanini o‘rganish jarayonida talabalarning ingliz tilida individual ishlashini tashkil etishning metodik tiziminini shaxsiy va individual o‘qitish strategiyalariga ko‘ra rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
ingliz tilida individual ishlashni tashkil etishda internet hizmat-larini qo‘llash algoritmi o‘quv materiallarni kasbiy istiqbol maqsadlari va ta’limiy o‘zaro ta’sir imidjiga ko‘ra bosqichma-bosqich tizimli strukturalash asosida takomillashtirish taklifi “Xorijiy til (Learn English for Banking and Finance)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023 yil 28 avgustdagi 272- sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashri ruxsatnomasi). Taklif talabalarning ingliz tilini individual o‘zlashtirish samaradorligini oshirish, ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish orqali o‘quv materiallarini yaxshiroq tushunish va ta’lim jarayonining interaktivligini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
talabalar bilan individual ishlashini tashkil etish metodikasining didaktik imkoniyatlari raqamli o‘quv materiallarini tezkor o‘zaro aloqa natijadorligiga ko‘ra loyihalash, individual ishlashning maqsadli parametr-lariga erishish talablariga ko‘ra ta’lim dasturlarini takomillashtirish asosida kengaytirish bo‘yicha taklif “Xorijiy til (Learn English for Banking and Finance)” mavzusidagi o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023 yil 28 avgustdagi 272-sonli buyrug‘iga asosan nashr ruxsatnomasi). Mazkur taklif talabalarning ingliz tilida individual ishlashini tashkil etish darajasini baholashning metodik imkoniyatlarini yanada kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.


Ilmiy kengash raisi,
i.f.d., professor
    
G.Q.Abduraxmanova
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy
kengash kotibi, i.f.f.d. (PhD)    
O.Dj.Djurabaev

Ilmiy rahbar,
p.f.d., professor    
M.Xakimova


Talabgor    

D. Shermuxamedova

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish